Nok Reja: Nok haqida umumiy tushuncha. Kelib chiqish tarixi. Nok navlari. Nokning shifobaxshligi. Bog’dorchilik. Nashvati


Download 33.44 Kb.
bet4/8
Sana06.02.2023
Hajmi33.44 Kb.
#1170106
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nok

LYUBIMITSA KLAPPA NAVI: Daraxtining bo‘yi o‘rtacha – 6,5 m. Ekilgandan keyin beshinchi yili hosilga kiradi.
Mevasi kalta noksimon, pishganda sariq, yorqin qizil g‘ubori bor. Mevasining o‘rtacha vazni – 136 g. Eti oq, sershira, og‘izda erib ketadigan darajada, mazasi nordon-shirin, xushbo‘y, juda shirin.
Yozda isteʼmol qilinadigan xo‘raki nav. Mevasi iyul oyining uchinchi o‘n kunligida pishadi. Hosildorligi – 72,4 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 110,3 s/ga ni tashkil etadi.
Qayerda yaratilgan: AQSH.
1959-yil Davlat reyestriga kiritilgan.
Mamlakatimizning barcha hududlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

LEVOVASSER NAVI: Daraxtining bo‘yi baland – 7,1 m bo‘lib, yettinchi yili hosilga kiradi.
Mevasi noksimon, meva bandi tomoni juda toraygan, po‘stlog‘i sariq rangda bo‘lib, ko‘p sonli zangsimon nuqtalari bor. Mevasi yirik, o‘rtacha vazni – 180 g. Eti oq, zich, sershira, mazasi nordon-shirin.
Nav qishki, mevasi oktyabrning birinchi o‘n kunligida pishadi. Hosildorligi – 83,6 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 145,2 s/ga ni tashkil etadi.
Qayerda yaratilgan: Fransiya.
1983-yil Davlat reyestriga kiritilgan.
Mamlakatimiz hududida Qashqadaryo viloyatida ekish uchun tavsiya qilingan.

MRAMORNAYA RASSOSHANSK NAVI: Daraxtning bo‘yi baland – 6,2 m bo‘lib, ko‘chati ekilgandan so‘ng yettinchi yili hosilga kiradi.
Mevasi noksimon, o‘rtacha kattalikda, mevaning band tomoni juda toraygan, po‘stlog‘i och-sariq rangda bo‘lib, silliq, mevasi yirik, o‘rtacha vazni – 160-240 g. Eti oq yoki kremsimon, zich, sershira, mazasi shirin.
Nav yozgi, mevasi avgustning birinchi o‘n kunligida pishadi.
Hosildorligi – 163,2 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 181,2 s/ga ni tashkil etadi.
Qayerda yaratilgan: Rossiya Federatsiyasi.
2006-yil Davlat reyestriga kiritilgan.
Mamlakatimiz hududida Toshkent viloyatida ekish uchun tavsiya qilingan.

OLIVYE DE SERR NAVI: Daraxtining bo‘yi past – 3,4 m bo‘lib, shox-shabbasi keng, piramidasimon. Nok daraxti ekilgandan so‘ng beshinchi yili hosilga kiradi.
Mevasi yassi-dumaloq, yuzasi g‘adir-budur, pishganda och sariq, qizil g‘uborli rangga kiradi. Mevasining o‘rtacha vazni – 157 g. Eti oq sarg‘ish, sershira, og‘izda eriydigan darajada yumshoq, moyli, mazasi nordon-shirin.
Bu nav qishki, mevasi sentyabrning uchinchi o‘n kunligida pishadi. Hosildorligi – 223,1 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 333,8 s/ga ni tashkil etadi.
Qayerda yaratilgan: Fransiya.
1959-yil Davlat reyestriga kiritilgan.
Mamlakatimizning barcha hududlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

PODAROK NAVI: Daraxtining bo‘yi o‘rtacha – 2,7 m bo‘lib, keng shox-shabbalidir, daraxti ekilgandan keyin to‘rtinchi yili hosilga kiradi.
Mevasi chiroyli, noksimon, och sariq, qizil g‘uborli, mevasining o‘rtacha vazni – 145 g. Eti oq, sal sarg‘ish, sershira, mayin, moysimon, mazasi nordon-shirin.
Nav yozgi, mevasi avgustning uchinchi o‘n kunligida pishadi. Hosildorligi – 134,4 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 227,1 s/ga ni tashkil etadi.
Qayerda yaratilgan: Akademik M. Mirzayev nomli bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Samarqand ilmiy-tajriba stansiyasi.
Mualliflar: A.K. Pavlov, V.V. Kuznetsov.
1959-yil Davlat reyestriga kiritilgan.
Mamlakatimizning barcha hududlarida ekish uchun tavsiya qilingan.


Download 33.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling