Nok Reja: Nok haqida umumiy tushuncha. Kelib chiqish tarixi. Nok navlari. Nokning shifobaxshligi. Bog’dorchilik. Nashvati
Download 33.44 Kb.
|
Nok
- Bu sahifa navigatsiya:
- SARI GUZAL NAVI
ROYAL ZIMNYAYA NAVI: Daraxtining bo‘yi baland – 10,5 m bo‘lib, keng shox-shabbalidir. Daraxti ekilgandan so‘ng besh yil o‘tib, hosilga kiradi.
Mevasi noksimon, yuzasi g‘adir-budur, rangi sariq, sal sezilarli jigarrang nuqtalari bor, mevasining o‘rtacha vazni – 180 g. Eti och-sarg‘ish, og‘izda erib ketadigan darajada sershira, mazasi nordon-shirin. Nav qishki, mevasi oktyabrning birinchi o‘n kunligida pishadi. Hosildorligi – 68,9 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 100,9 s/ga ni tashkil etadi. Qayerda yaratilgan: Italiya. 1981-yil Davlat reyestriga kiritilgan. Mamlakatimiz hududida Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan. SARI GUZAL NAVI: Daraxtining bo‘yi o‘rtacha balandlikda, yaʼni 5,5-6,0 m bo‘lib, shox-shabbasi keng yumaloq shaklda, bargi yirik ellipssimon, rangi yashil qirrali, silliq. Oltinchi-yettinchi yili hosilga kiradi. Mevasi yirik noksimon, rangi och-yashil, ayrim joylari qizg‘ish, o‘rtacha vazni 230 g. Eti oq-sarg‘ish, sersuv, mevasi nordon-shirin. Yozda pishadi. Mevasi iyul oyida yetiladi. Hosildorligi – 486,4 s/ga ni tashkil etadi. Qayerda yaratilgan: Akademik M. Mirzayev nomli bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti. Muallif: S.K. Sharipov. 2003-yil Davlat reyestriga kiritilgan. Mamlakatimiz hududida Buxoro, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan. RANO NAVI: Daraxtining bo‘yi o‘rtacha, keng shox-shabbalidir. Daraxti ekilgandan so‘ng beshinchi yili hosil bera boshlaydi. Mevasi uzunchoq noksimon, sariq, qizil g‘ubori bor, yirik, mevasining o‘rtacha vazni – 153 g. Eti o‘rtacha sershira, zich, mazasi nordon-shirin. Nav kuzgi, mevasi avgustning uchinchi o‘n kunligida pishadi. Hosildorligi – 200 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 375,6 s/ga ni tashkil etadi. Qayerda yaratilgan: Akademik M. Mirzayev nomli bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Samarqand ilmiy-tajriba stansiyasi. Muallif: U.M. Mirzahidov. 1982-yil Davlat reyestriga kiritilgan. Mamlakatimiz hududida Namangan viloyatida ekish uchun tavsiya qilingan. SALOM NAVI: Daraxtning bo‘yi o‘rtacha 7,0 m bo‘lib, shox – shabbasi bir tekis, bargi o‘rtacha tuxumsimon, rangi to‘q-yashil, silliq. Beshinchi yili hosilga kiradi. Mevasi yirik noksimon, rangi qizg‘ish, o‘rtacha vazni 240 g. Eti oq-sarg‘ish, sersuv, mevasi nordon-shirin. Erta yozda pishadi. Mevasi iyul oyida yetiladi. Hosildorligi – 490 s/ga ni tashkil etadi. Qayerda yaratilgan: Akademik M. Mirzayev nomli bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti. Muallif: S.K. Sharipov. 2003-yil Davlat reyestriga kiritilgan. Mamlakatimiz hududida Buxoro, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan. Download 33.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling