Nok Reja: Nok haqida umumiy tushuncha. Kelib chiqish tarixi. Nok navlari. Nokning shifobaxshligi. Bog’dorchilik. Nashvati
Download 33.44 Kb.
|
Nok
- Bu sahifa navigatsiya:
- ELSARI NAVI
- TALGARSKAYA KRASAVITSA NAVI
- YUBILIYNAYA NAVI
STARKRIMSON NAVI: Daraxtining bo‘yi o‘rtacha 5,1 m bo‘lib, shox-shabbasi o‘rtacha, piramidasimon-yoyiq shaklda, bargi o‘rtacha tuxumsimon, uchli, rangi to‘q yashil, silliq. Ekilgandan keyin 5-chi yili hosilga kiradi.
Mevasi yirik noksimon, silliq, rangi to‘q qizil, o‘rtacha vazni 160-250 g. eti oq, sersuv, mevasi shirin xushbo‘y. Kech yozda pishadi. Mevasi avgust oyida yetiladi. Hosildorligi – 129 s/ga ni tashkil etadi. Qayerda yaratilgan: AQSH. 2005-yil Davlat reyestriga kiritilgan. Mamlakatimiz hududida Toshkent viloyatida ekish uchun tavsiya qilingan. ELSARI NAVI: Daraxtining bo‘yi past bo‘lib, 3,5 m, to‘rtinchi yili hosil bera boshlaydi. Mevasi olmasimon, och sariq rangda. Mevasining o‘rtacha vazni – 134 g. Eti och sarg‘ish, og‘izda erib ketadigan darajada, juda sershira. Nav yozgi, mevasi iyulning uchinchi o‘n kunligida pishadi. Hosildorligi – 57,3 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 68,9 s/ga ni tashkil etadi. Qayerda yaratilgan: Akademik M. Mirzayev nomli bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti. Muallif: S.K. Sharipov. 1988-yil Davlat reyestriga kiritilgan. Mamlakatimiz hududida Toshkent viloyatida ekish uchun tavsiya qilingan. TALGARSKAYA KRASAVITSA NAVI: Daraxtining bo‘yi o‘rtacha 4,8 m bo‘lib, shox-shabbasi o‘rtacha, piramidasimon shaklda, bargi o‘rtacha tuxumsimon, rangi to‘q yashil, silliq. Beshinchi yili hosilga kiradi. Mevasi yirik noksimon, silliq, rangi tillasimon-sarg‘ish, o‘rtacha vazni 145-185 g. Eti oq-sarg‘ish, sersuv, mevasi shirin, xushbo‘y. Kech yozda pishadi. Mevasi avgust oyida yetiladi. Hosildorligi – 169 s/ga ni tashkil etadi. Qayerda yaratilgan: Qozog‘iston. 2004-yil Davlat reyestriga kiritilgan. Mamlakatimiz hududida Toshkent viloyatida ekish uchun tavsiya qilingan. YUBILIYNAYA NAVI: Daraxtining bo‘yi o‘rtacha 6,3 m bo‘lib, keng shox-shabbalidir. Nok ko‘chati ekilgandan so‘ng sakkizinchi yildan hosil bera boshlaydi. Mevasi yirik, mazasi yaxshi, mevasining o‘rtacha vazni – 213 g. Eti mayin, sershira. Nav kuzgi, sentyabrning birinchi o‘n kunligida pishadi. Hosildorligi – 303,1 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 507,2 s/ga ni tashkil etadi. Qayerda yaratilgan: Akademik M. Mirzayev nomli bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Samarqand ilmiy-tajriba stansiyasi. 1982-yil Davlat reyestriga kiritilgan. Mamlakatimiz hududida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Buxoro viloyatida ekish uchun tavsiya qilingan. Download 33.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling