Nokia haqida ixcham ma'lumot


Dastur va dasturlash tillari


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1567072
1   2   3   4
Bog'liq
Hojiakbar mardiyev

Dastur va dasturlash tillari 
Kompyuter texnikasining rivojlanishi bu texnikani boshqaradigan va uning yordamida turli 
masalalarni hal qilish imkoniyatini beradigan muloqot vositalarini yaratish masalasini dolzarb 
vazifa qilib qo'ydi - bunday muloqot vositasisiz istalgan hisoblash texnikasi "qimmatbaho 
o'yinchoq" bo'lib qolaveradi. 
Bugungi kunda bunday muloqot vositalarining mingdan ziyod rusumlari yaratilgan bo'lib, 
ulardan kompyuterlarda turli hayotiy masalalarni hal qilishda foydalanilmoqda. 
Iqtisodiy, boshqaruv masalalarni hal qilish, axborotlarni qayta ishlash, texnik vositalarni 
avtomatik boshqarish jarayonlarini amalga oshirish ana shu muloqot vositalari yordamida 
bajarilmoqda. EHM bilan mazkur muloqot vositalari dasturlash tillari deb ataladi. Dasturlash 
tillari yordamida kompyuterga buyruqlar ketma-ket berilib, pirovard natijaga erishish yo'nalishi 
belgilanadi. Shu sababli kompyuterdan foydalanuvchi qo'yilgan masalani hal qilish usullarini va 
qonun-qoidalarini bilishdan tashqari dasturlash tilini qo'llay olishi ham kerak bo'ladi. 
Ta'kidlash joizki, dasturlash davomida yo'l qo'yilgan biror xato salbiy natijalarga olib kelishi 
ham mumkin. 
1981 yil 10 - aprel. Amerika Qo'shma Shtatlarining Kanaravel kosmodromidan birinchi bor ko'p 
marta qo'llanilishga mo'ljallangan "Shatll" rusumidagi kosmik kemani uchishga tayyorlash 
vaqtida uni boshqarishga mo'ljallangan barcha kompyuterlar xatolik yuzaga kelganligi to'g'risida 
ma'lumot berdilar. Bu kabi xatolikni kema bortida o'rnatilgan kompyuter ishini sinxron ravishda 
takrorlovchi boshqaruv Markazidagi kompyuter ham ko'rsatdi. Bu holatda kosmik kemani 
fazoga uchirish xavfli, albatta. Kemadagi barcha jarayonlar kompyuter yordamida 
boshqarilishga mo'ljallangan bo'lib, ulardagi dastur 500 mingdan ziyod turli buyruqlarni o'z 
ichiga olgan edi. Mutaxassislar tomonidan parvozni boshqarish uchun mo'ljallangan o'ndan ortiq 
sinxron ravishda ishlovchi kompyuterlarning amal bajarishi o'rtasidagi vaqtning farqi 30 mks 
ekanligi aniqlandi hamda buning, umuman olganda, xavfli emasligini hisobga olib, ikki kunga 
kechiktirilgan holda kema parvozi amalga oshirildi. Tomonining uzunligi 10 birlikka teng 
bo'lgan besh qirrali yulduzchani chizish uchun quyidagi amallar bajariladi: 
10 birlikka teng bo'lgan to'g'ri chiziq kesmasi chizish. Soat strelkasi yo'nalishida 144o burilish. 
10 birlikka teng bo'lgan to'g'ri chiziq kesmasi chizish. Soat strelkasi yo'nalishida 144o burilish. 
10 birlikka teng bo'lgan to'g'ri chiziq kesmasi chizish. Soat strelkasi yo'nalishida 144o burilish. 


10 birlikka teng bo'lgan to'g'ri chiziq kesmasi chizish. Soat strelkasi yo'nalishida 144o burilish. 
10 birlikka teng bo'lgan to'g'ri chiziq kesmasi chizish. Soat strelkasi yo'nalishida 144o burilish. 
Ko'rinib turibdiki, 10 birlikka teng bo'lgan to'g'ri chiziq kesmasi chizish 
Soat strelkasi yo'nalishida 144o burilish amallari 5 marta takrorlanmoqda. Agar biz yuqoridagi 
amallarni 5marta: 10 birlikka teng bo'lgan to'g'ri chiziq kesmasi chizish. 
Soat strelkasi yo'nalishida 144o burilish. ko'rinishida tasvirlasak, amallar sonini kam yozishga 
erishamiz-u, ammo berilgan masalani hal qilish uchun kerak bo'lgan amallar soni o'zgarishsiz 
qolaveradi. Yuqoridagi misollardan ko'rinadiki, dasturlash tilini qo'llashda, undagi amallar 
sonini ixchamlash bilan birga, uning foydalanuvchiga tushunarlilik xususiyatiga e'tibor qaratish 
lozim. Mazkur matndagi harflar va so'zlar, tinish va maxsus belgilar ma'lum imlo qoidalari 
asosida yozilganligi sababli bizga tushunarli bo'lmoqda, ya'ni biz mazkur matnni o'qishimiz 
davomida uning mazmunini ham tushunib borayapmiz. Agar yuqorida keltirilgan amallar bizga 
tanish bo'lmagan biror belgilar, masalan, yapon iyerogliflari yordamida ifodalanganida edi, biz 
masalada qo'yilgan maqsadga erishish emas, balki ko'rsatilgan birorta ham amalni bajarish 
imkoniyatiga ega bo'lmas edik. Demak, masalaning pirovard maqsadiga erishish uchun 
amallarni ko'rsatuvchi so'zlar majmui yetarli bo'libgina qolmay, balki bu so'zlar va ular 
yordamida tuzilgan ko'rsatmalarni ham tushunadigan uskuna talab etiladi. Ana shunday uskuna 
elektron hisoblash mashinasining dasturli ta'minoti deb yuritiladi. 
Avvalgi mavzularda masalani kompyuterda hal qilishda kerak bo'ladigan asosiy tushunchalar - 
axborot va uni kodlash, kompyuter va uni qo'llash, blok-sxema, algoritm va boshqalarni 
o'rgangan edik. Ammo kompyuter bilan muloqot qilish uchun, bulardan tashqari, uning "tilini" 
ham bilishimiz zarur. Ma'lumki, kompyuterda biror masalani hal qilish uchun uning algoritmini 
tuzishimiz, so'ng mazkur algoritmni kompyuter tushunadigan ko'rsatmalar va qonun-qoidalar 
asosida "kompyuter tiliga" tarjima qilishimiz zarur. Hosil bo'lgan matn kompyuter tilida 
yozilgan dastur deb ataladi. 
Demak, dastur biror masalani echish uchun kompyuter bajarishi mumkin bo'lgan 
ko'rsatmalarning izchil tartibidan iborat ekan; kompyuter uchun dastur tuzish jarayoni dasturlash 
va dastur tuzadigan kishi dasturchi deb va kompyuter tushunadigan "til" dasturlash tili deb 
ataladi. Dunyo odamlari o'rtasidagi munosabatda yagona til bo'lmaganidek, turli rusumdagi 
kompyuterlarning yaratilishi va ularning turli sohalarda qo'llanilishi yagona dasturlash tilini 
yaratish mumkin emasligini ko'rsatdi. Darhaqiqat, dasturlash tillari, yaratilishi va qo'llanilishi 
bo'yicha uch guruhdan tashkil topgan: Quyi darajadagi dasturlash tillari kompyuter qurilmalari 
bilan bevosita bog'liq bo'lib, buyruqlar maxsus raqamlar (kodlar) yordamida yoziladi. Bu kabi 
buyruqlardan tashkil topgan dasturlar katta hajmli bo'lib, ularni tahrir qilish ancha mushkul ish 
hisoblanadi. Dastlab yaratilgan EHMlarda ("Eniak", "MESM" va boshqalar) masalalar ana shu 
tildagi buyruqlar yordamida hal qilinar edi. 
Dasturlash tili tarixidan. Dasturlash tillari, asosan, ikkinchi jaxon urushidai keyin yaratila 
boshlandi. Ammo uning boshlanishi tarixi ancha olis yillarga borib taqaladi. 
Arxeologik qazilmalarda topilgan sopol taxtachada bundan 3800 yil oldin (eramizdan avvalgi 
1800-yillar) Bobilda foiz bilan bog'liq murakkab amallar algoritmi keltirilgan. Unda aniq masala 
ishlangan bo'lib, agar bug'doy yiliga 20% dan oshib borsa, uning miqdori ikki marta o'sishi 
uchun necha yil va oy kerak bo'lishi algoritmi yozilgan. 
XIX asr fransuz kashfiyotchisi Jozef Mari Jakkard 1804 - yilda yupqa mato ishlab chiqish 
jarayonida stanoklari uchun perfokartani eslatuvchi tasma ishlatgan va shu bilan perfokartaga 


asos solgan edi. 1836 - yilda ingliz olimi Charlz Bebbij hozirgi kompyuterlarning bevosita 
ajdodi bo'lmish analitik mashina ishlab chiqishga kirishdi va bu masalani nazariy hal qildi. Bu 
mashinaning asosiy xususiyati uning dastur asosida ishlashi va hisob-kitob natijalarini "eslab" 
qolishida edi. 
1843 yilda ingliz matematigi Ogasta Ada Bayron (Lavleys) - shoir lord Bayronning qizi analitik 
mashina buyruqlar asosida ishlashi kerakligini ta'kidladi. U berilgan shartlar bajarilmaguncha 
qadamlar ketma-ketligini ta'minlovchp buiruqlarni yozdi. Ana shu holat bilan u dasturlash tiliga 
asos soldi. Mazkur va boshqa kashfiyotlar kompyuter yaratilgach, ularga zarur bo'lgan til 
yaratishni talab etdi. Ko'rinib turibdiki, bu tilda dastur tuzish ancha mashaqqatli ekan. Buning 
asosiy qiyinchiligi - buyruqlarning raqamlar yordamida ifodalanishi, har bir amalni bajarishda 
jamlagichdagi sonli qiymatning qaysi o'zgaruvchiga tegishliligini va boshqa o'zgaruvchilarning 
qiymatlari qaysi adresda joylashganini dastur tuzuvchi hamma vaqt bilishi talab etiladi. Mazkur 
holatdan chiqish va dastur tuzishni osonlashtirish maqsadida inson tiliga yaqin bo'lgan buyruqlar 
tizimini yaratish, ularni qo'llash masalasi qo'yildi va hal qilindi. Bu kabi dasturlash tillari o'rta 
darajadagi dasturlash tillari (ba'zan assemblerlar) deb yuritila boshlandi. Mazkur tillarning ijobiy 
xususiyati shundaki, ular yordamida tuzilgan dastur boshqa tillarda tuzilganidan 10-15 marta 
tezroq ishlaydi. Unda boshqa darajadagi tillarda bo'lmagan amallar mavjud. Bunday tillarga 
AVTOKOD-BEMSH, MADLEN va boshqalar kiradi. Ular BESM-6, Minsk-22, Minsk-32, 
IBM-360 elektron hisoblash mashinalarida ishlatilar edi. Masalan, 
ST 5, BSUM ifodada 5 raqami BSUM deb nomlangan yacheykaga joylashtirilsin (ST-store-
joylashtirish), degan buyruq ko'rsatilgan. 
Assembler tillarida buyruqlar qisqartirilgan so'zlar yoki so'zlar majmuidan iborat bo'lib, ular 
mnemokodlar deb ham yuritiladi. 
Yuqori darajadagi dasturlash tillari ancha rivojlangan tuzilishga ega bo'lib, unda ishlatiladigan 
xizmatchi so'zlar inson nutqiga juda yaqinlashtirilgan. Mazkur tildan foydalanuvchi amallarni 
qadamma-qadam yozib boraveradi, kompyuter esa uni kerakli ko'rinishga, ya'ni o'zi 
tushunadigan raqamlar ketma-ketligiga o'tkazib oladi. 
Yuqori darajali dasturlash tillaridagi ko'rsatmalar inson tiliga yaqin bo'lgan so'zlar majmuidan 
iborat. Ular yordamida amallarni bajarish quyi darajadagilaridan ko'ra engil bo'lib, dasturchi, 
biror maxsus ko'rsatma bo'lmasa, adreslar, qurilmalar bilan bevosita bog'liq axborotlarni 
bilmasligi ham mumkin. 
Kompyutepda axborotlarni qayta ishlash jarayonida dasturlash tilining biror tugallangan amalni 
berish uchun mo'ljallangan buyrug'i operator deb yuritiladi. 
Kompyuter ko'rsatilgan amallarni bajarishi uchun operatorlarni raqamli ko'rinishga keltirishi 
kerak. Bu vazifani translyatorlar deb nomlanadigan maxsus dasturlar bajaradi. 
Keyingi yillarda juda ko'p yuqori darajadagi dasturlash tillari yaratilgan bo'lib, ular qatoriga 
Paskal, dBase, Ada, KARAT, CQQ, Delphi, Visual Basic va boshqa tillarni kiritish mumkin. 
Yaratilayotgan dasturlash tillari biror yo'nalishdagi masalalarni hal qilishga mo'ljallangandir. 
Bugungacha yaratilgan dasturlash tillaridan keng tarqalgani va ko'p foydalanilayotgani Beysik 
dasturlash tilidir. Beysik dasturlash tili 1964 - yili AQShning Dartmut kolleji ilmiy xodimlari 
Jon Kemeni va Tomas Kurts tomonidan turli hisoblashlarga doir masalalarni kompyuter bilan 
muloqotda hal qilishi uchun yaratildi. "BASIC" so'zi Beginners All-purpose Symbolic 


Instruction Code dan olingan bo'lib, o'zbek tilida "boshlovchilar uchun mo'ljallangan ko'p 
maqsadli, belgili ko'rsatmalar tili" ma'nosini bildiradi. Beysik dasturlash tili hozirgi kunda 
maktablarda mavjud bo'lgan Pravets-8, AGAT, YAMAXA, UKNS, IBM va boshqa turdagi 
kompyuterlarda keng qo'llanilmoqda. Beysik dasturlash tilining soddaligi va kompyuter 
xotirasiga qo'yiladigan talablarning juda kamligi sababli bu dasturlash tili boshqa yuqori 
darajadagi dasturlash tillari qatori butun dunyoda shaxsiy kompyuterlar uchun keng 
foydalaniladigan til bo'lib qoldi. 
Shuni ham ta'kidlash kerakki, har bir kompyuter uchun Beysik tilining unga moslashtirilgan 
shakli bo'lib, u boshlang'ich shakldan farq qilishi mumkin. 
 
Blok-sxemalarni tuzishda foydalaniladigan asosiy sodda geometrik figuralar quyidagilardan iborat: 
Nоmi 
Bеlgilаnishi 
Bаjаrаdigаn vаzifаsi 
Jаrаyon 
Bir yoki bir nеchtа аmаllаrni bаjаrilishi 
nаtijаsidа mа’lumоtlаrning uzgаrishi 
Qаrоr 
Birоr shаrtgа bоglik rаvishdа 
аlgоritmning bаjаrilish yunаlishini 
tаnlаsh 
SHаkl 
uzgаrtirish 
Dаsturni uzgаrtiruvchi buyruk yoki 
buyruklаr turkumini uzgаrtirish аmаlini 
bаjаrish 
Аvvаl 
аniqlаngаn
jаrаyon 
Оldindаn ishlаb chikilgаn dаstur yoki 
аlgоritmdаn fоydаlаnish 
Kiritish
Chiqаrish 
Ахbоrоtlаrni kаytа ishlаsh mumkin 
bo’lgаn shаklgа utkаzish yoki оlingаn 
nаtijаni tаsvirlаsh 
Displеy 
EХMgа ulаngаn displеydаn ахbоrоtlаrni 
kiritish yoki chiqаrish 
Хujjаt 
Ахbоrоtlаrni kоgоzgа chiqаrish yoki 
kоgоzdаn kiritish 
Ахbоrоtlаr оkimi 
chizigi 
Blоklаr оrаsidаgi bоglаnishlаrni 
tаsvirlаsh 


Bоglаgich 
Uzilib qоlgаn ахbоrоt оkimlаrini ulаsh 
bеlgisi 
Bоshlаsh 
Tugаtish 
Ахbоrоtni kаytа ishlаshni bоshlаsh, 
vаktinchа yoki butunlаy tuхtаtish 
Izох 
Blоklаrgа tеgishli turli хildаgi 
tushuntirishlаr 
Blok-sxemalar bilan ishlashni yaxshilab o‘zlashtirib olish zarur, chunki bu usul algoritmlarni 
ifodalashning qulay vositalaridan biri bo‘lib programma tuzishni osonlashtiradi, programmalash 
qobiliyatini mustahkamlaydi. Algoritmik tillarda blok - sxemaning asosiy strukturalariga maxsus 
operatorlar mos keladi. 
Shuni aytish kerakni, blok-sxemalardagi yozuvlar odatdagi yozuvlardan katta farq qilmaydi. 
Misol
1-rasm. Kvadrat tenglamani yechish algoritmi 
Chiziqli algoritmlar.Har qanday murakkab algoritmni ham uchta asosiy struktura yordamida 
tasvirlash mumkin. Bular ketma-ketlik, ayri va takrorlash strukturalaridir. Bu strukturalar asosida 
chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi hisoblash jarayonlarining algoritmlarini tuzish mumkin. 
Umuman olganda, algoritmlarni shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin: 
chiziqli algoritmlar; 
tarmoqlanuvchi algoritmlar; 
takrorlanuvchi yoki siklik algoritmlar
ichma-ich joylashgan siklik algoritmlar; 


rekurrent algoritmlar; 
takrorlanishlar soni oldindan no’malum algoritmlar; 
ketma-ket yaqinlashuvchi algoritmlar. 
Faqat ketma-ket bajariladigan amallardan tashkil topgan algoritmlarga-chiziqli algoritmlar 
deyiladi. Bunday algoritmni ifodalash uchun ketma-ketlik strukturasi ishlatiladi. Strukturada 
bajariladigan amal mos keluvchi shakl bilan ko‘rsatiladi. Chiziqli algoritmlar blok-sxemasining 
umumiy strukturasini quyidagi ko‘rinishda ifodalash mumkin: 
Chiziqli algoritmlar blok - sxemasining umumiy strukturasi 

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling