Nokia haqida ixcham ma'lumot
ma’lumotlarni standart kiritish
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Hojiakbar mardiyev
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amallar bajaruvchi blok
ma’lumotlarni standart kiritish
va chiqarish blokining umumiyko‘rinishi parallelogramm shaklida bo‘lishi mumkin. Qaysi o‘zgaruvchilarning qiymatini kiritish kerak bo‘lsa, shu o‘zgaruvchilarning nomlari blokning ichiga yozib qo‘yiladi. Bu blokka kirish va undan chiqish mumkin, ya’ni blok bitta kirish va bitta chiqish ko‘rsatkichiga ega. 3) Amallar bajaruvchi blokning ko‘rinishi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘ladi. Bu ko‘rinishdagi blok chiziqli blok ham deyiladi. Bajarilishi lozim bo‘lgan ish blokning ichiga yozib qo‘yiladi. Blokning ichida bir qancha formulalar ham bo‘lishi mumkin. Blokdan chiqish uchun blok ichidagi hamma buyruqlarni bajarish lozim. Blokni tartibli raqamlash ham mumkin. Bu bloklar ham bitta kirish va bitta chiqish ko‘rsatkichiga ega. Bu turdagi blok ichiga yozilgan tenglik belgisini matematik ma’noda tenglik deb tushunmaslik kerak, balki bu belgining o‘ng tomonida turgan ifodaning qiymati chap tomonda turgan o‘zgaruvchiga jo‘natilyapti yoki o‘zgaruvchiga qiymat berilyapti yoki qiymat ta’minlanayapti deb tushunish zarur. Bloklar bir - birlari bilan yo‘naltirilgan chiziqlar orqali tutashadi. Mantiq yuzasidan bir necha yo‘nalishlar bir joyda tutashadigan bo‘lishsa, bu holda quyidagi tugma belgisini qo‘llash zarur bo‘ladi: masalan, Shartlarni tekshirish uchun romb belgisi qo‘llaniladi, masalan: Shartli shaklda ikki vaziyatdan biri bajariladi, agar undagi ifoda bajarilsa yo‘naltirilgan chiziq ustida + (yoki «ha» so‘zi) , aks holda - ishorasi (yoki «yo‘q» so‘zi) qo‘yiladi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling