Nokia tarixida ko‘pchilik bilmaydigan yoki unutgan ko‘plab faktlar mavjud. Fin brendining taraqqiyoti bilan bog‘liq 20 ta afsonaviy faktni eslash vaqti keldi
Download 0.56 Mb.
|
yoldosh aka
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16. Apple Nokia texnologiyalaridan nusxa olgan.
- 17. Nokia 3310 — afsona.
- 19. Microsoft Nokiani arzimagan pulga sotib olgan.
- 20. Kompaniya bir necha bor planshetlar chiqargan.
14. Ascending — bu shifr.
«Ascending» melodiyasi ham shifrlangan xabar hisoblanadi. Bu xabar kompaniya shiori «Connecting people»ning aynan o‘zidir. 15. Nokia uzoq vaqt davomida eng yirik telefon ishlab chiqaruvchi bo‘lgan. 1998-yilga kelib, telekommunikatsiya sohasiga GSM'dagi dastlabki investitsiyalarni jalb qilgan holda, Nokia dunyodagi eng yirik mobil telefon ishlab chiqaruvchisiga aylandi. Ushbu yetakchilik 2007-yilgacha davom etdi. Nokia'ning 2007-yilgi noyabr sonida Nokia mobil telefonlar qiroli deb nomlangan. 16. Apple Nokia texnologiyalaridan nusxa olgan. 2009-yilda Nokia Apple kompaniyasi ustidan 10 ta patentni buzganligi bo‘yicha sudda g‘alaba qozondi, ularning yutuqlari birinchi avlod iPhone'da ishlatilgan. Natijada, Apple Nokia'ga kompensatsiya to‘ladi va yaqinda imzolangan patent bitimiga ko‘ra, u hali ham katta foiz to‘lashni davom ettirmoqda. 17. Nokia 3310 — afsona. Nokia 3310 kompaniya tarixidagi eng muvaffaqiyatli modellardan biri sanaladi. Oxirgi 17 yil ichida u 126 mln nusxadan ko‘p sotilgan. 18. Nokia qurilmalari anchadan beri o‘z vatanida tayyorlanmayapti. Uyali aloqa sektorining barcha ishlab chiqarish quvvatlari Osiyo mamlakatlarida joylashgan. Oxirgi marta mobil telefon 2012-yilda Finlyandiya konveyeridan chiqarildi. Endi barcha AA-brendlari o‘z mahsulotlarini osiyolik ishchilar yordamida ishlab chiqarmoqda. 19. Microsoft Nokia'ni arzimagan pulga sotib olgan. 2013-yil 3 sentyabr kuni Microsoft Nokia'ning uyali telefon bo‘limini barcha patentlari bilan sotib olganligini e’lon qildi. Bu darajadagi korporatsiya uchun sotib olish narxi juda past edi - Nokia biznesi 5 milliard dollarga baholangan, yana 2,18 milliard dollarlik patentlar uchun. 20. Kompaniya bir necha bor planshetlar chiqargan. So‘nggi urinish 2014-yilda, uyali telefon bo‘limi sotilganiga qaramay, amalga oshirildi. O‘shanda kompaniya Nokia N1 planshetini taqdim etgan edi. Endi Nokia haqida nima deyish mumkin? Kompaniya Microsoft qo‘l ostiga o‘tgandan so‘ng, foydalanuvchilar katta qismining e’tiboridan qolib ketdi. Ammo, bu vaqtinchalik bo‘lib chiqdi. HMD Global va FIH Mobile kompaniyalari Nokia'ning brendlar va intellektual mulk huquqlarini bosqichma-bosqich, tugmachali telefonlardan boshlab, barcha patentlar va eski dizaynlariga qadar sotib oldi. HMD Global korporatsiyasi eski Nokia'ning quvvati bilan qayta tug‘ildi, FIH Mobile esa Foxconn kompaniyasining tarmog‘i bo‘lib, ularning asosida hozirgi qurilmalar ishlab chiqarilmoqda. Shunday qilib, fin brendi endi to‘gri qo‘llarga o‘tdi deb aytishimiz mumkin. Bunday qisqa vaqt ichida hech bir kompaniya shuncha xilma-xil portfolio bilan start olmagan. Hozir fin korporatsiyasining mahsulotlarini rasmiy ravishda 80 dan ortiq mamlakatlarda sotib olish mumkin. Nokia 8 2017-yilda korporatsiya tomonidan 10 turdagi telefon va smartfon chiqarildi. Qisqacha aytganda, Nokia brendi ulkan qadamlar bilan tobora kuchayib bormoqda. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling