Noma janri haqida Nasimxon Rahmonovning “O`zbek adabiyoti tarixi”


Download 28.72 Kb.
bet1/12
Sana16.03.2023
Hajmi28.72 Kb.
#1279267
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti qoraqalpoq filolo-fayllar.org


Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti qoraqalpoq filologiyasi va jurnalistika fakulteti 2-”V” guruh talabasi Ametova Gulnurning adabiyot nazariyasi va tarixi fanidan “Noma janridagi asarlar tahlili” mavzusida tayyorlagan taqdimoti

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti qoraqalpoq filologiyasi va jurnalistika fakulteti 2-”V” guruh talabasi Ametova Gulnurning adabiyot nazariyasi va tarixi fanidan “Noma janridagi asarlar tahlili” mavzusida tayyorlagan taqdimoti.

Reja:


  • Noma janri haqida tushuncha.

  • “Muhabbatnoma” – turkiy adabiyotdagi noma janridagi ilk asar.

  • “Latofatnoma” haqida.

  • Said Ahmadning “Taashshuqnoma”si to`g`risida.

  • Yusuf Amiriy haqida.

  • Said Qosimiyning noma janridagi asarlari.

Noma janri haqida

Noma janri haqida Nasimxon Rahmonovning “O`zbek adabiyoti tarixi” kitobida keltirgan ma`lumotlari bilan tanishib chiqsak.

“Noma janri uzoq tarixga ega. Noma so`zi xat, maktub ma`nolarini bildiradi. Nomaning ilk ko`rinishlari O`rta Osiyo tarixida yozuv paydo bo`lmasdan ilgari buyumlar vositasida ham ifodalangan. Bunga misol sifatida skiflar shohi Idanfrisning Eron shohi Doroga yuborgan buyumlari – kamon o`qi, baqa, sichqon va qushdan iborat o`ziga xos “maktub”ini eslash kifoya. Bu singari maktublarning tarixi juda qadimiydir.

Nomaning ildizlarini yana xalq og`zaki ijodida ko`ramiz. “Alpomish” dostonida nomaning ilk namunasi bor. Qalmoqlar yurtida qolgan Barchin o`zining nochor ahvolini bayon etib, Hakimbekdan yordam so`rab unga noma yozadi va uni o`nta navkar orqali yuboradi.

Mahmud Koshg`ariy “Devon-u lug`otit turk” asarida irqish so`zini izohlar ekan, “maktub”, “noma” ma`nosida ham qo`llanadi deb izoh beradi. Shuningdek, Koshg`ariy qo`shug` so`ziga izoh berganda ham, lirik qahramon Turkon xotunga noma yo`llab, “xodimi xizmatga tayyor” ekanini bikldiradi. “Qutadg`u bilig”da Kuntug`di elig tog`dagi g`orda zohidona hayot kechirayotgan O`zg`urmishga maktub yuborib, u bilan uchrashib, suhbatlashishni ixtiyor qilganini yozadi. Umuman, noma janri Markaziy Osiyo xalqlarining maishiy, ma`naviy va madaniy hayotida muhim rol o`ynagan.


Download 28.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling