Noma janri haqida Nasimxon Rahmonovning “O`zbek adabiyoti tarixi”


Download 28.72 Kb.
bet7/12
Sana16.03.2023
Hajmi28.72 Kb.
#1279267
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti qoraqalpoq filolo-fayllar.org

Axir, Sharqda shoirlar birgina chiroyli ifoda uchun ham olqish olgan, katta shuhrat topgan-da. Keyin o’sha badiiy topildiq shu she’riyatning chinakam mulkiga aylangan, boshqa shoirlar undan foydalangan. Faqat endi bunga yana nimadir yangilik qo’shib ishlatish shart bo’lgan. Navoiy g’azallaridan birida mana bu baytda kun-tun tengligi (bu eski o’zbek tilida “e’tidol” deyilgan) bo’y bilan sochning barobarligiga qiyos qilinadi.

Vasli aro ko`rdim, teng emish bo`yi-yu sochi,

Tun-kun teng ekan, zohir o’lur bo’ldi chu Navro’z.

Bu erda Xorazmiy baytidan ijodiy foydalanilgani ayon. 

Navoiy «Farhod va Shirin» dostonining xoqon o’g’li, ya’ni Farhod uchun yilning fasllariga moslab qurdirgan to’rt qasr ta’rifiga bag’ishlangan 17 -bobini shunday boshlaydi:

Hamal tahvili etkach Mehr gulchehr, Ochar yuz gul zamona ko’rgach ul Mehr.

Qilur mashshotayi sun’ oshkoro Arusi dahrning husniga oro.

Qilur tun birla zulf-u kun bila eng, Etar lekin bo’yi birla sochin teng.

Mazmuni: «Gul yuzli Quyosh hamal burjiga kirganda zamona u Quyoshni ko’rgach, yuz gul ochadi. Yaratish pardozchisi esa zamona kelini husniga oro beradi — tundan soch, kundan chehra yasaydi. Lekin sochi bilan bo’yini teng qiladi, ya’ni bahor boshlanib, gullar ochiladi, olam go’zallashadi, kecha-kunduz barobar (Navro’z) bo’ladi». Navoiy «Muhokamat ul-lug’ atayn»da keltirilgan baytni «Muhabbatnoma»dan olgangina emas, «Farhod va Shirin»da bevosita shu asardan ta’sirlanib qalam surgan. Biroq endi mazmun o’zga muayyanlig-u tasvir o’zgacha go’zallik kasb etgan: Navoiy yil davomidagi kechalar bilan kunduzlar o’rtasidagi tenglikni emas, aynan Navro’zni — kecha bilan kunduzning bab-barobar keladigan paytini ko’zda tutgan. Uni «arusi dahr», ya’ni «dunyo kelinchagi» deb ta’riflaydi. Ilk bahor bilan (ajdodlarimiz bahorni 1-martdan emas, 21-mart, ya’ni Navro’zdan boshlanadi deb hisoblashgan) kelinchak o’rtasida ajib bir uyg’unlik ham bor.

Xorazmiyda dunyoda kecha va kunduzning umumiy tengligi aytilgan. Lekin bu Xudoning Erda hayotni paydo qilishi haqidagi baytlar sirasida kelganligidan unda zimdan Navro’zga ham ishora yo’q emas. Chunki o’sha baytdan keyin mana bu misralarni o’qiymiz:


Download 28.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling