Nomer fondini boshqarish xizmatining tashkiliy prinsiplari. Tozalash ishlarini tashkil etish
Umumiy foydalanish inshootlarini tozalash texnologiyasi
Download 87 Kb.
|
Mehmonxona nomer fondiga xizmat ko‘rsatishni tashkil etish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sanuzelni tozalash (nomer va umumiy foydalanish joyida) Individual foydalanish sanuzelini tozalash
Umumiy foydalanish inshootlarini tozalash texnologiyasi
Umumiy foydalanish joylariga: vestibyull, xoll, yo‘lak(koridor), kiyim yechish xonasi(garderob), administratsiya, bo‘limlar xonasi, zinalar, dam olish joylari va ommaviy tadbirlarni o‘tkazish joylari kiradi.Bunday inshootlarni tozalashning asosiy xususmyati tashrif buyuruvchilar sonining ko‘pligigadir. Umumiy foydalanish joylarini asosiy tozalash vaqti ertalab barvaqt, kechqurun kechroq yoki kechasi.kun davomida bu joylar faqat ifloslangandagina tozalanadi. Umumiy foydalanish joylarini tozalash ishlari hajmiga: polni yuvish vositalari bilan artish; polni mexanik tozalash; metall detallar va uskunalarni maxsus vositalar bilan artish; oyna, eshik, panjara, deraza osti va ko‘zgularni artish; savatlarni chiqindilardan bo‘shatish; - kuldonni tozalash; stol va stoykalar changini artish kiradi. Umumiy foydalanish joylarini tozalash ketma-ketligi: inshoot havosini almashtirish; kreslo, divan, stol, shamdonlar changini artish;changyutgich yordamida parket pol, xoll va mehmonlar joyini(gostinnaya) tozalash. Kunora elektroarmatura setdan o‘chirilib, tozalanadi.Oyida bir marotaba eshik, batareya, kartina, yoritgichlar yuviladi. Har ikki oyda devor, potolok , karnizlar artiladi, pardalar yuviladi.Yilida ikki marotaba barcha oynalar yuvib chiqiladi (bahor va kuzda).Kunduzgi paytda farrosh va shveysarlar vestibyul, kirish eshigi, derazalar, oynalangan joylar tozaligini nazorat qiladilar.Savat va kuldondagi chiqindilarni farroshlar tozalaydilar. Sanuzelni tozalash (nomer va umumiy foydalanish joyida) Individual foydalanish sanuzelini tozalash Nomerda gornichni sanuzelni tozalashni xonalarni tozalagandan so‘ng boshlaydi. Ishni boshlashdan avval maxsus kiyimlar(rezinali fartuk va qo‘lqop , ro‘molcha)kiyishi shart. Sanuzelni tozalashni quyidagi tartibda amlga oshiriladi: ko‘zgu, oynali tualet rastachasi va u yerdagi narsalar (sovun,tish pastasi, odekolon); umivalnik; vanna; kafel plitalar; unitaz; bide; pol. Ko‘zgu avval nam keyin quruq latta bilan artiladi.Rastacha avval sovunli aralashma bilan yuvilib, keyin quruq latta bilan artib olinadi. Umivalnik oldin tozalash pastasi bilan artiladi, issiq suv bilan yuvilib, dezinfeksiya qilinadi.yana bir marotaba suv bilan chayqalib, qurigunicha artiladi.Xuddi shunday usulda unitaz,bide va vanna tozalanadi.Vanna shlang va kranlari latta bilan artiladi, teshigi tozalanadi.Ushbu jarayonda tuz kislotasidan foydalanish mumkin emas, vanna va rakovina yuzasi qorayadi. Devordagi kafel plitalar har kunlik joriy tozalashda oq toza latta bilan yaxshilab artib olinadi.Tubdan tozalashda barcha joydagi kafellar yuviladi.Unitaz eng oxirida tozalanada.Bunda gornichni maxsus rezin qo‘lqopdan foydalanadi. Avval issiq suv bilan unitazning ichki devorlari chayqaladi, so‘ng yorsh yordamida tozalash pastasi bilan yuviladi.Issiq suv bilan yana chayqalib , dezinfeksiya qilinadi.Eshik qo‘lchasi, unitaz qopqog‘i, qog‘oz ilgich xlorka aralashmasi bilan artib olinadi.Dushdagi rezina gilamcha avval issiq suvda keyin sovuq suvda chayqalib, xlorka bilan artiladi. Yuqori kategoriyali nomerlar vannaxonasida yengil dezinfeksiya qoplamali taburetka va poyafzal tozalash uchun podstavka bo‘lishi shart.Bular ham nam latta bilan artilib, dezinfeksiya qilinadi. Tozalash ishlari tugaganidan so‘ng, qog‘oz va firma sovuni borligini, rozetkalar ishlashini, sochiqlar ahvolini tekshiradi. Nosozliklar aniqlanganda gornichni katta gornichniga yoki qavat bo‘yicha navbatchiga xabar beradi. Download 87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling