Nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti
Download 377,31 Kb. Pdf ko'rish
|
KICHIK BIZNES
- Bu sahifa navigatsiya:
- KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHDA MARKETING TAMOYILLARIDAN FOYDALANISH
- MARKETING Marketing
MUSTAQIL ISHI “NIZOMIY” NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI “TARIX” FAKULTETI 201MM- TALABASI MANSUROVA SHOHSANAMNING “KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK” FANIDAN MARKETING_TAMOYILLARIDAN_FOYDALANISH'>KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHDA MARKETING TAMOYILLARIDAN FOYDALANISH REJA: ❑ Kichik biznesda marketing maqsad va vazifalari. ❑ Bozorga moslashish. va strategiyani shakllantirish ❑ Kichik biznes korxonasi marketing bo‘limlari tashkiliy strukturasining turlari MARKETING Marketing sizning mahsulotlaringiz yoki xizmatlaringizdagi qiziqarli mijozlar va mijozlar jarayonidir. Ushbu marketing ta'rifidagi kalit so'z "jarayon"; marketing mahsulotlarni yoki xizmatlarni tadqiqot, reklama qilish, sotish va tarqatishni o'z ichiga oladi. Bu juda katta mavzu, shuning uchun marketing bo'yicha tomlar bor va nima uchun to'rt yillik marketing darajasini olishingiz mumkin. Lekin asosan marketing sizning potentsial mijozlaringiz va mahsulotingiz yoki xizmatingizni birgalikda olish uchun qilayotgan har bir narsani o'z ichiga oladi. Marketing - iste’molchilar muammolarini anglash va bozor faoliyatini tartibga solishga va maksadga yo‘naltirishga jarayon xisoblanadi. Turli xil mulk shaklidagi kichik biznes korxonalari ishlab chikarish, sotish faoliyati marketing rejasi bilan o‘zaro yaqindan bog‘langan bo‘lishi kerak. Marketing konsepsiyasi bozorda kichik biznes korxonasining umumiy yutuqlarini ta’minlash nuqtai nazaridan uning faoliyatining barcha soxalarida qarorlar qabul qilishini ko‘zda tutadi. Bu xolat tashkiliy, boshqaruv va sotish ishlarining xar xil turlarida o‘z aksini topishi kerak. Kichik biznesdagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar har doim aniq haridorni mo‘ljal qilib quyidagi savollarga javob topishlari kerak: Qancha? Kay darajada sifatli? Nimadan? Qachon mahsulot ishlab chiqarilishi kerak? Bundan ma’lumki kichik tadbirkorlik tarkiblari soni, sifati va vaqt o‘lchamlari bo‘yicha cheklanganligidan kelib chiqadi. Ular bozorni egallash uchun amalga oshirayotgan xo‘jalik operatsiyalarining harajatlarini haridorlar uchun olib boriladigan raqobat kurashida yutib chiqish uchun kamaytirib borishlari zarur. Natijada potensial haridor uning taklif etgan tovarini harid qiladi. Bu muammoni yechishda marketing muhim dastak hisoblanadi. Marketing (inglizchadan market - bozor) - bu mahsulotni ishlab chiqarishdan boshlab toki uni sotishni tashkil etilishigacha bo‘lgan majmuaviy tizimdir. U aniq haridorlarni talabini qondirish, bozorni o‘rganish va oldindan ko‘ra bilish asosida foyda olishga mo‘ljallangan. Kichik biznes korxonalarining bozorga chiqargan maxsulotlari xolatiga qarab marketingning quyidagi turlari qo‘llanilishi mumkin: konversion marketing, remarketing, qo‘llovchi, taraqqiyot toptiruvchi, rag‘batlantiruvchi, sinxron marketing. Kichik biznesda marketingni samarali ishlash shartlari quyidagilardan iborat: taraqqiy topgan bozorni mavjudligi, ishlab chiqaruvchini erkinligi, axborot to‘plash tizimini barcha uchun tushunarligi, tadbirkorlarning tayyorlanganligi va xokazo. Kichik shakldagi xo‘jalik yuritish subyektlarini kundalik amaliyotida marketingni strategik masalalarini amalga oshirishni quyidagi yo‘nalishlarida olib boradi: eng ko‘p axborotni bozorni egallab turgan muhit to‘g‘risida o‘z vaqtida olish va uni to‘g‘ri tahlil qilish; marketing maqsadlarini to‘g‘ri qo‘yish va ularga erishishning asosiy yo‘llari; resurslarni maqsadlar bilan, maqsadlarni esa iste’molchilar talabi bilan maqbul birlashtirish; mahsulot turi va assortimentini bozor talabini yuqori darajada qondirish uchun shakllantirish; jamoa bilan ishlash, shaxsiy tadbirkorlik faoliyatini potensial haridorlar, ishlovchilar orasida tan olish va qo‘llashga erishish uchun tashviqot ishlarni olib borish; bozorda sotish tarmog‘ini bunyod etish orqali, reklamalar, sotuvni rag‘batlantiruvchi tadbirlarni o‘tkazish, sotuvchi vositachilarni, o‘z haridorlarini va bozor maydonini topish uchun harakat qilish; marketing tizimini yangi firma sharoitiga moslashtirish uchun kundalik boshqaruv ishini tashkil etish Bozorga yo’nalganlik(moslashish) birinchidan, bozorning o‘zi xaqida tushunchaga ega bo‘lishga va ikkinchidan, bozorga yo’nalgan strategiyani shakllantirish uchun asos yaratishga imkon beradi. Kichik korxona o’z mahsulotlarini kirgiza olgan bozor va u yerdagi insonlarni to’liq o’rganib chiqsagina, u bozorga moslasha oladi. Bozorga moslashish jarayoni quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi: iste’molchilar, raqobatchilar, bozorlar to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plash va bu ma’lumotlarni tahlil qilish. Bunda biznesning istiqbolini, iste’molchilar ongida tovar qiymatini yuqori darajaga ko‘tarish va uni iste’molchilarga taqdim qilish tadbirlarini ishlab chiqish hisobga olinishi lozim. Bozorga moslashish raxbariyatga kompaniyaning asosiy vakolatlari aniqlashga, shuningdek xaridorlarning qaysi extiyojlari shu omillar bilan yuqori darajada qondirilishi mumkinligi imkonini beradi. Kompaniyaning bozorga moslashish strategiyasi uning xaridorlari bilan o‘zaro munosabatida juda muhimdir. Biznesning barcha kuchlari iste’molchilik qiymatini yaratishga qaratilgan bo‘lsagina, u bozorga moslashish hisoblanadi. Download 377,31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling