Nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


MARKETING XIZMATINI TASHKIL


Download 377.31 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana27.01.2023
Hajmi377.31 Kb.
#1131894
1   2   3
Bog'liq
KICHIK BIZNES

MARKETING XIZMATINI TASHKIL 
QILISHDAGI YANGI YO‘NALISHLAR .
Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, biror bir biznes jarayonga moslashish, turli
ishchi gruhlar tuzish va informatsion texnologiyalardan foydalanish kompaniya tashkiliy
strukturasini o‘zgartirishga olib keladi. Quyida ushbu faktorlarni kompaniyaning
odatdagi vertikal tashkiliy strukturasi ta’siri va yangi strukturadagi marketing
bo‘limlarini ko‘rib chiqamiz.
Kompaniya tashkiliy strukturasini ayrim funksional yig‘indisi deb emas, bir
biriga bog‘lik biror bir faoliyat olib boruvchi jarayon deb qarash lozim. Masalan, biror
bir buyurtma olish va uni bajarish jarayonini ko‘rib chiqsak, bunda asosan ishlab
chiqarish va marketing bo‘limlari faoliyat ko‘rsatadi. Bu vazifani bajaruvchi guruh
tomonidan ushbu faoliyat monitoringi tuziladi, tahlil qilinib, tuzatishlar kiritiladi. .
1990 yilga kelib jahon miqyosida ko‘pgina tashkiliy struktura bo‘layotgan
o‘zgarishlar kompaniyaning bozor ehtiyojiga to‘laroq moslashish intilishidan kelib
chiqmoqda.


BULAR QUYIDAGILARDIR:
1. Tashqi muhit tahlili.
2. Vaziyatli tahlil.
3. Bozor istiqbolini belgilash.
4. Korxona imkoniyatlarini aniqlash.
5. Bozordagi maqsad va strategiyani ishlab chiqish.
6. Konkret vaziyatda korxonaning marketing maqsadlarini rejalashtirish.
7. Marketing – miks rejasini ishlab chiqish.
8. Marketing rejasini amalga oshirish, tashkil etish, boshqarish, nazorat va natijani 
baholash.


TASHKILIY STRUKTURASINING YANGI 
TASHKILIY FORMALARI
Yangi tashkiliy formalardan biri “bozor koalitsiyasi” strukturasi boshqarish
markazi va bir necha maxsus kompaniyalarning gorizontal formada birlashishidan
tashkil topadi. Bu strukturaning yadrosini barcha funksional bo‘limlar, ya’ni ishlab
chiqarish, texnik xizmat ko‘rsatish va boshqa bo‘limlarni faoliyatini muvofiqlashtirib
turuvchi marketing bo‘limi tashkil qiladi.
Bunday “bozor koalitsiyasi” struktasi asosida tuzilgan kompaniyalar shakli
ko‘p tarqalgan emas. Ba’zi yapon kompaniyalarida ushbu yangi tashkiliy formaning
elementari mavjud. AQSH chakana savdo shaxobchalariga tovar yetkazib beruvchi
“Vomboy Company” tashkiliy strukturasi bozor koalitsiyasi asosida tashkil qilingan. Bu
kompaniya mebel qo‘shimcha qismlarini yetkazib beruvchilarni o‘zida birlashtirgan.
Mebelni barcha qismlarini turli ishlab chiqaruvchilar yig‘uvchi sexga yetkazib beradilar,
u yerda yig‘ilib, so‘ngra magazinlarga topshiriladi.


XULOSA
Kichik biznes subyektlarini kundalik amaliyotida marketingni strategik
masalalarini amalga oshirishni quyidagi yo‘nalishlarida olib boradi: bozor muhiti
to‘g‘risida axborotni o‘z vaqtida olish va uni to‘g‘ri tahlil qilish; marketing
maqsadlarini to‘g‘ri qo‘yish va ularga erishishning asosiy yo‘llari; resurslarni maqsadlar
bilan, maqsadlarni esa iste’molchilar talabi bilan maqbul birlashtirish.
“Bozor koalitsiyasi”asosidagi marketing tashkiliy struktura bir maqsadni
amalga oshirish uchun birlashgan mustaqil kompaniyalar birlashmasidan iborat bo‘lib,
ular o‘z ichiga ushbu kompaniyalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi koordinator va
ma’lum maxsus funksiyalarni bajaruvchi elementlarni oladi.


ASOSIY ADABIYOTLAR
1. Кревенс Д. Стратегический маркетинг. 6-изд. М.:Вилямс-2003.395
2. Кичик тадбиркорликда маркетинг 3-қисм: Ўқув амалий қўлланма / Б.Ю.Ходиев, 
Ғ.А.Самадов,М.С. Юсупов ва бошқалар – Тошкент.: ЙЕҲ ТЕМПУС дасури
“Матодор-2000”лойиҳаси, 2004.–144
3. Менежмент малого бизнеса:Учебник/Под. Ред. Проф. М.М.Максимцова и 
проф. В.Я.Горфинкеля.-М.:Вузовский учебник, 2004.-269с.
4. http://www.spc.gov.uz/ru/esupport/mdex3.htm
5. http://www.spc.gov.uz/ru/spmanagement/gppredp.html

Download 377.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling