Nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti
MARKETING XIZMATINI TASHKIL
Download 377.31 Kb. Pdf ko'rish
|
KICHIK BIZNES
- Bu sahifa navigatsiya:
- TASHKILIY STRUKTURASINING YANGI TASHKILIY FORMALARI
MARKETING XIZMATINI TASHKIL
QILISHDAGI YANGI YO‘NALISHLAR . Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, biror bir biznes jarayonga moslashish, turli ishchi gruhlar tuzish va informatsion texnologiyalardan foydalanish kompaniya tashkiliy strukturasini o‘zgartirishga olib keladi. Quyida ushbu faktorlarni kompaniyaning odatdagi vertikal tashkiliy strukturasi ta’siri va yangi strukturadagi marketing bo‘limlarini ko‘rib chiqamiz. Kompaniya tashkiliy strukturasini ayrim funksional yig‘indisi deb emas, bir biriga bog‘lik biror bir faoliyat olib boruvchi jarayon deb qarash lozim. Masalan, biror bir buyurtma olish va uni bajarish jarayonini ko‘rib chiqsak, bunda asosan ishlab chiqarish va marketing bo‘limlari faoliyat ko‘rsatadi. Bu vazifani bajaruvchi guruh tomonidan ushbu faoliyat monitoringi tuziladi, tahlil qilinib, tuzatishlar kiritiladi. . 1990 yilga kelib jahon miqyosida ko‘pgina tashkiliy struktura bo‘layotgan o‘zgarishlar kompaniyaning bozor ehtiyojiga to‘laroq moslashish intilishidan kelib chiqmoqda. BULAR QUYIDAGILARDIR: 1. Tashqi muhit tahlili. 2. Vaziyatli tahlil. 3. Bozor istiqbolini belgilash. 4. Korxona imkoniyatlarini aniqlash. 5. Bozordagi maqsad va strategiyani ishlab chiqish. 6. Konkret vaziyatda korxonaning marketing maqsadlarini rejalashtirish. 7. Marketing – miks rejasini ishlab chiqish. 8. Marketing rejasini amalga oshirish, tashkil etish, boshqarish, nazorat va natijani baholash. TASHKILIY STRUKTURASINING YANGI TASHKILIY FORMALARI Yangi tashkiliy formalardan biri “bozor koalitsiyasi” strukturasi boshqarish markazi va bir necha maxsus kompaniyalarning gorizontal formada birlashishidan tashkil topadi. Bu strukturaning yadrosini barcha funksional bo‘limlar, ya’ni ishlab chiqarish, texnik xizmat ko‘rsatish va boshqa bo‘limlarni faoliyatini muvofiqlashtirib turuvchi marketing bo‘limi tashkil qiladi. Bunday “bozor koalitsiyasi” struktasi asosida tuzilgan kompaniyalar shakli ko‘p tarqalgan emas. Ba’zi yapon kompaniyalarida ushbu yangi tashkiliy formaning elementari mavjud. AQSH chakana savdo shaxobchalariga tovar yetkazib beruvchi “Vomboy Company” tashkiliy strukturasi bozor koalitsiyasi asosida tashkil qilingan. Bu kompaniya mebel qo‘shimcha qismlarini yetkazib beruvchilarni o‘zida birlashtirgan. Mebelni barcha qismlarini turli ishlab chiqaruvchilar yig‘uvchi sexga yetkazib beradilar, u yerda yig‘ilib, so‘ngra magazinlarga topshiriladi. XULOSA Kichik biznes subyektlarini kundalik amaliyotida marketingni strategik masalalarini amalga oshirishni quyidagi yo‘nalishlarida olib boradi: bozor muhiti to‘g‘risida axborotni o‘z vaqtida olish va uni to‘g‘ri tahlil qilish; marketing maqsadlarini to‘g‘ri qo‘yish va ularga erishishning asosiy yo‘llari; resurslarni maqsadlar bilan, maqsadlarni esa iste’molchilar talabi bilan maqbul birlashtirish. “Bozor koalitsiyasi”asosidagi marketing tashkiliy struktura bir maqsadni amalga oshirish uchun birlashgan mustaqil kompaniyalar birlashmasidan iborat bo‘lib, ular o‘z ichiga ushbu kompaniyalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi koordinator va ma’lum maxsus funksiyalarni bajaruvchi elementlarni oladi. ASOSIY ADABIYOTLAR 1. Кревенс Д. Стратегический маркетинг. 6-изд. М.:Вилямс-2003.395 2. Кичик тадбиркорликда маркетинг 3-қисм: Ўқув амалий қўлланма / Б.Ю.Ходиев, Ғ.А.Самадов,М.С. Юсупов ва бошқалар – Тошкент.: ЙЕҲ ТЕМПУС дасури “Матодор-2000”лойиҳаси, 2004.–144 3. Менежмент малого бизнеса:Учебник/Под. Ред. Проф. М.М.Максимцова и проф. В.Я.Горфинкеля.-М.:Вузовский учебник, 2004.-269с. 4. http://www.spc.gov.uz/ru/esupport/mdex3.htm 5. http://www.spc.gov.uz/ru/spmanagement/gppredp.html Download 377.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling