Nomidagi toshkent davlat texnika universiteti
Dehqonobod kaliy zavodining 1-navbati
Download 83.64 Kb.
|
amaliyot hisobot
Dehqonobod kaliy zavodining 1-navbati
"Dehqonobod kaliy zavodi" aksiyadorlik jamiyati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 17-dekabrdagi “Tepaqoʼton kaliyli tuzlar koni negizida Dehqonobod kaliyli oʼgʼitlar zavodini qurish” toʻgʻrisidagi PQ-748-sonli qaroriga asosan qurilishi boshlandi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-iyuldagi zavodni foydalanishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasini tuzish toʻgʻrisidagi 432-f-sonli va 2011-yil 27-oktabrdagi “Davlat komissiyasi aktini tasdiqlash haqida”gi 684-F-sonli Farmoyishlariga asosan “Dehqonobod kaliyli oʼgʼitlar zavodi” unitar korxonasi maqomini olib, 1321 yangi ish oʻrinlari bilan rasman faoliyatini boshladi. Dehqonobod kaliy zavodi oʻrnida Tepaqoʻton kaliy tuzlari koni boʻlgan. Zavod ushbu kon negizida barpo etilgan. Dehqonobod kaliy zavodini qurish uchun "O'zkimyosanoat" DAKning qurilayotgan Dehqonobod kaliy oʻgʻitlari zavodi Direksiyasi tomonidan oʻtkazilgan tender va keyingi toʻgʻridan toʻgʻrimuzokaralar natijalari boʻyicha tayyor holda topshirish sharti bilan ikkita shartnoma imzolangan: Qayta ishlash majmuasi qurilishiga 43,9 mln. dollar miqdorida — “Citic” (XXR) kompaniyasi bilan; Togʻ-kon majmuasi qurilishiga 56,0 mln. dollar miqdorida — “ZUMK-Injiniring” (Rossiya) kompaniyasi bilan. Qayta ishlash majmuasi qurilishi uchun 41,7 mln. AQSh dollari miqdoridagi kredit Xitoy hukumatining imtiyozli kredit liniyasi doirasida Xitoy Xalq Respublikasi Eksimbanki tomonidan ajratilgan. Kredit shartlari 5 yil imtiyozli davrni hisobga olgan holda, muddati 20 yil boʻlgan yillik foiz stavkasi 2,0 foiz boʻlgan. Ushbu kredit mablagʻlari Oʻzbekiston hududida "O'zsanoatqurilishbank" ATB tomonidan tasarruf qilingan. Qayta ishlash majmuasi qurilishi shartnomasining 5 foiz miqdoridagi mablagʻ — 2,195 mln. dollar "O'zsanoatqurilishbank" ATB tomonidan qayta moliyalashtiriladigan shartda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan berilgan. Dehqonobod kaliy zavodi qurilishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi umumiy hisobda 61,994 mln. dollar mablagʻ ajratgan. ushbu kredit mablagʻi 3 yil imtiyozli davri bilan 10 yil muddatga, yillik 2,0 foiz stavkada berilgan. Bu mablagʻlarning 2,195 mln. dollari qayta ishlash majmuasini qurish uchun, 56,0 mln. dollari togʻ-kon majmuasi qurish uchun, 3,8 mln. dollari 2008-2009-yillarda texnologik transport-karyer agʻdarma mashinalari xarid qilish uchun ajratilgan. Shuningdek, zavod ishga tushirilgunga qadar uskunalar xarid qilish, qurilish-montaj ishlari va foizlarni, komissiyalarni hamda XXR Eksimbanki kreditlari va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi qarz mablagʻlarini toʻlash bilan bogʻliq boʻlgan boshqa xarajatlar uchun Oʻzkimyosanoat” DAK huzuridagi Kimyo sanoatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 19,97 mln. dollar miqdorida mablagʻ ajratilgan. Loyihaga koʻra, Dehqonobod kaliy zavodi yiliga 200 ming tonna oʻgʻitni ishlab chiqarishga moʻljallangan. Dehqonobod kaliy zavodi 2013-yil 1-yanvargacha yer osti boyliklaridan foydalanish soligʻi va yer soligʻi toʻlashdan ozod qilingan. Download 83.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling