Nomidagi toshkent davlat texnika universiteti
Download 83.64 Kb.
|
amaliyot hisobot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korxonadagi texnologik jarayonlar(qisqacha tasnif)
Ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish koeffitsienti 2018 yilda 76 % ni tashkil etdi Kaliyli oʼgʼit tarkibida xlor boʼlsa-da, tuproqni zararlamaydi. Shoʼr tuproqli yerlar uchun ham, mevali daraxtlar uchun ham foydali. Dunyoning taraqqiy etgan mamlakatlarida unga talab katta. Kuzatishlar shuni koʼrsatganki, kaliyli oʼgʼit solingan paxtazorning 1 gektarida hosildorlik 7-8 va gʼallada 14-15 sentnergacha oshadi. Jamiyat xoʼjalik faoliyati doirasida ishlab chiqarish ehtiyoji uchun zarur boʼladigan tovar (ish, xizmat) larning xaridlari Oʼzbekiston Respublikasining «Davlat xaridlari toʼgʼrisida»gi Qonuni, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi»ning 2018 yil 15 maydagi 185, 186-sonli buyruqlari bilan tasdiqlangan «Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va oʼtkazish tartibi toʼgʼrisida» gi va «Maxsus axborot portali operatorining davlat xaridlarini tashkil etish hamda oʼtkazish borasidagi faoliyati toʼgʼrisida»gi nizomlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 sentyabrdagi “Oʼzbekiston Respublikasining «Davlat xaridlari toʼgʼrisida»gi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” gi Qarori talablariga asosan amalga oshirib kelinmoqda. Korxonadagi texnologik jarayonlar(qisqacha tasnif) Dehqonobod kaliy zavodida KCL o`g`iti flotatsion usulda ajratib olinadi. Qayta ishlash majmuasiga xomashyo silvinit rudasi Tepaqo`ton tuz konidan tashib keltiriladi . Keltirilgan ruda qayta ishlash majmuasida yani KO`ICH sexida qayta ishlanadi . Ruda xomashyo omboriga to`kilib undan lentali konveyrlar orqali bolg`ali maydalagichga beriladi . Undan o`tgan ruda yana konveyrlar orqali asosiy ishlab chiqarish binosiga uzatiladi . Yanchish , flotatsiya va konsentratni filtrlash bo`linmasiga kelgan ruda yoysimon elaklar elaklar orqali tasniflanib elak ustki qismi M0302 sterjenli tegirmonga yo`naltiriladi . M0302 Sterjenli tegirmon ish rejimi to`liq avtomatik tarzda olib boriladi . Tegirmon boshqaruv shkafida 16 ta nazorat kontrolleri mavjud .Bu nazorat kontrollerlari tegirmonni ishga qo`shish jarayonida kichik kamchilik yuzaga kelsa ham blokka tushib tegirmon qo`shilishiga yo`l qoymaydi. Tegirmondan yanchilib o`tgan pulpa M0304 va M0305 gidrosiklonlarida pesok (quyuq) va silif (suyuq)qismlarga ajratiladi . Pesok qismi X0301 asosiy flotamshinasiga uzatiladi. Bu yerda pulpaga yig`uvchi reagenti beriladi. Flotatsiya usulida ajralib chiqqan konsentrat X0302-03-04 qayta tozalash foltamashinalarida qayta ishlanib F 0301A-B filtrlarida uzatiladi . Filtrdan o`tgan konsentrat Quritish va sovutish bo`linmasiga uzatiladi. Quritish va sovutish bo`linmasida D0701 quritish barabani mahsulotni quritib E0701 sovutish barabaniga uzatadi . sovutish barbanidan o`tgan mahsulot lentali konver orqali Qadoqlash bo`linmasiga uzatiladi . Qadoqlash bo`linmasida tayyor mahsulot 50 va 1000 kglik qoplarga qadoqlanadi. Qayta ishlash majmuasida bir qancha o`lchov priborlari va nazorat kontrollerlari mavjud . Ishlab chiqarish jarayoniga berilayotgan matochnik , pulpa, reagentlarning sarfi ovalsimon shesternali sarf o`lchagichlar yordamida o`lchanadi. Bu sarf o`lchagich ishlashi shesternalar oqimning kirishiga ko`ra bir birini ketma ket harakatga keltiradi. Ular aylanganda shesternya ovali va o`lchash kamerasi devori bilan cheklangan suyuqlikning muayyan hajmi cgiqarib yuboriladi.Shesternyaning bir marta to`liq aylanishiga hisoblagich o`lchov kamerasining hajmi yig`indisiga teng bo`lgan to`rtta ma`lim hajmdagi suyuqlik oqib o`tadi. Hisoblagichdan o`tgan suyuqlik miqdori shesternyalar aylanish soniga ko`ra aniqlanadi. Mahsulotni saqlash va uzatish baklari sathi asosan ultratovushli, difmanometrik sath o`lchagichlar yordamida nazorat qilinadi . Difmanometrik sath o`lchagichlar ikki suyuqlik ustuni bosimi farqi o`lchashga asoslanib ishlaydi. Bu sath o`lchagich gidrostatik sath o`lchagichlar turiga kiradi. Ultratovushli sath o`lchagichlar suyuqlik chegarasidan tovush to`lqinlari qaytish prinsipiga asoslangan. Reagent xo`jaligida tayyorlanayotgan reagentlar harorati manometrik termome-trlar yordamida o`lchanadi . Manometrik termometlar berk idishdagi modda bosimining harorat ta`sirida o`zgarishiga asoslangan . Gidrosiklonlar bosimi qalqovichli difmanometrik bosim o`lchash vositalari orqali aniqlanadi . Bosimni o`lchashda kosadagi suyuqlik sathining o`zgarishi natijasida qalchovichning siljishidan foydalaniladi. Uzatish qurilmasi yordamida qalqovich siljishi strelkaga uzatiladi. Bu ko`pincha bosimning o`zgarishini o`lchash uchun ishlatiladi. Shuningdek ishlab chiqarish jarayoni masofaviy boshqaruv pulti orqali to`liq nazorat qilib boriladi . Xulosa Zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarida avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari muhim ahamiyat kasb etadi . Bu ishlab chiqarish jarayonini inson aralashuvisiz bevosita nazorat qilish imkonini beradi. Shuningdek insonlar mehnatini yengillashtirishga ham yordam beradi. Ishlab chiqarishda o`lchov priborlaridan foydalanish ishning me`yorda borishini va ko`zlangan natijaga erishishni ta`minlaydi. Ya`niki ishlab chiqarish jarayoniga berilayotgan xomashyolar miqdori, sarfi, bosimi va bir qator parametrlari bir me`yorda ushlab turilmasa tayyor bo`lgan mahsulot sifati past bo`lishi, miqdori kam mumkin. Download 83.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling