Nominal va real valyuta kursi


Download 194 Kb.
bet4/9
Sana19.06.2023
Hajmi194 Kb.
#1608330
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
fMAKROIQTISODIY MUVOZANATNING REAL VALYUTA KURSI DINIMIKASIGA TA’SIRI3

Savdo siyosati. Valuta bozoriga ta‘sir ko`rsatishning boshqa tadbirlariga savdo va moliyaviy oqimlar ustidan to`g`ridan-to`g`ri nazorat qilishni kiritish mumkin. Masalan, AQSh dollarining etishmasligi sharoitida valuta kursini tegishli darajada importni cheklash hisobiga ushlab turish mumkin. Xususan import hajmi boj yoki import kvotalarini kiritish bilan qisqarishi mumkin. Boshqa tomondan mamlakat hukumati eksport uchun milliy ishlab chiqaruvchilarga subsidiya berib, shu orqali xorijiy valuta taklifini ko`paytirishi mumkin. Bu tadbirlardan foydalanishda vujudga keladigan asosiy muammo shundan iboratki, u jahon savdosi hajmini qisqartiradi, uning tarkibini va savdo aloqalarini o`zgartirib yuboradi, iqtisodiy maqsadga muvofiqlikning buzilishiga hissasini qo`shadi. Buning oqibatlarini hisobga olmaslik mumkin emas.

  • Valuta nazorati. Boshqa muqobil variant valuta nazorati hisoblanadi. Valuta nazorati sharoitida hukumat milliy eksportyorlar olgan barcha tegishli chet el valutalarini davlatga sotish talabi bilan ularning etishmasligi muammosini hal qilishi mumkin. Keyin, hukumat o`z navbatida chet el valutasining bu zahirasini turli milliy importyorlar o`rtasida taqsimlaydi. Shu yo`l bilan hukumat milliy importni, milliy eksport hisobidan olingan chet el valutasi miqdoriga cheklaydi.

    Valuta nazorati tizimi bir qator kamchiliklarga ega. Birinchidan, savdo cheklashlari (boj, kvota, eksportga subsidiya) kabi valuta nazorati nisbiy ustunlik tamoiliga asoslangan xalqaro savdoning tarkib topgan aloqalarini buzadi. Ikkinchidan, etarli bo`lmagan valuta resurslari ustidan valuta nazorati jarayoni, so`zsiz, alohida importyorlarni kamsitilishi bilan bog`liq. Uchinchidan, nazorat tadbirlari iste‘molchining tanlash erkinligiga tajovuz qilish hisoblanadi.

    1. Ichki makroiqtisodiy tartibga solish. Valuta kursi barqarorligini ushlab turishning oxirgi vositasi ichki soliq yoki pul siyosatidan shunday foydalanish hisoblanadiki, bunda tegishli chet el valutasining etishmasligi bartaraf qilinadi. Masalan, cheklovchi soliq va pul kredit siyosati tadbirlari mamlakat milliy daromadini boshqa bir davlat milliy daromadiga nisbatan pasaytiradi. Chunki, import miqyosi milliy daromad darajasiga to`g`ridan-to`g`ri bog`liq bo`lib, bu o`sha boshqa davlat buyumlariga va demak, xorijiy valutaga talabning cheklanishiga olib keladi.


    Download 194 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling