1.5. Makroiqtisodiy siyosatning nominal va real valuta kurslariga ta‘siri
Real valuta kurslari jamg`arma va sarmoyalar o`rtasidagi farqni ko`rsatuvchi vertikal to`g`ri chiziq va sof eksport miqdorini ko`rsatuvchi, o`ngdan pastga egilgan egri chiziq kesishgan nuqtada tenglikka erishadi (1.2-rasm). Ushbu nuqtada xorijga kredit berish sifatida ko`rsatilgan milliy valuta taklifi, xorijliklarning ushbu mamlakatdan sof eksportni sotib olishi uchun zarur bo`ladigan milliy valuta talabi bilan kesishadi. Bu shuni bildiradiki, real valuta kursi kapital bilan bo`ladigan operatsiyalar bo`yicha milliy valuta taklifini joriy operatsiyalar uchun unga bo`lgan talabni tenglashtiradi.
1.2 - rasm. Real almashinuv kursidagi muvozanat2
Davlat xarajatlarining oshishi (yoki soliqlarning kamayishi) milliy jamg`armalarni kamaytiradi va (S-I) egri chiziq chapga suriladi (1.3-rasm). Bu siljishlar xorijiy investitsiyalar uchun milliy valuta taklifining kamayishini ko`rsatadi.
Valuta taklifining qisqarishi uning real almashtirish kursini oshiradi. Natijada, milliy mahsulotlar xorijliklarnikiga nisbatan qimmatlashadi. Bu esa, o`z navbatida, eksportning qisqarishiga va importning oshishiga olib keladi. Oqibatda joriy operatsiyalar hisobida taqchillik paydo bo`ladi.Agarda, soliqlarning kamayishi investitsiyalarning oshishiga olib kelsa, milliy jamg`armalar hajmi o`zgarmasa ham (S-I) egri chizig`i yana chapga siljiydi.
1.3-rasm. Valuta taklifidagi o`zgarishlarning real almashtirish
kursiga ta‘siri
Investitsion soliq kreditlari ushbu mamlakatga investitsiyalar kiritishni xorijiy sarmoyadorlar uchun foydali bo`lishiga olib keladi. Bu esa muvozanatli real valuta kursini oshiradi va to`lov balansida taqchillikni keltirib chiqaradi.
Chet mamlakatlardagi rag`batlantiruvchi budjet-soliq siyosati bu mamlakatlardagi jamg`armalar darajasini kamayishiga olib keladi. Bu esa xalqaro foiz stavkasini oshiradi va kichik ochiq iqtisodiyotdagi investitsiyalar darajasini kamaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |