Nomoddiy akтivlar hisobi
Dt. Nomoddiy aktivlarni sotib olish (turlari bo’yicha)
Download 134 Kb.
|
1407758597 58448
Dt. Nomoddiy aktivlarni sotib olish (turlari bo’yicha)
Kt. Mol etkazib beruvchi va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraq «Nomoddiy aktivlarni sotib olish» hisobvarag’ining debet aylanmasi nomoddiy aktivlarni sotib olish, o’rnatish va montaji bilan bog’liq bo’lgan barcha xarajatlarni ko’rsatadi, kredit aylanmasi esa foydalanishga berilgan nomoddiy aktivlar qiymatini aks ettiradi. Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga pul to’langanda: Dt Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar Kt Hisob-kitob hisobvarag’i Nomoddiy aktivlarni foydalanishga berilgan vaqtida: Dt Nomoddiy aktivlar (turlari bo’yicha) Kt Nomoddiy aktivlarni sotib olish (turlari bo’yicha) Ba’zi hollarda nomoddiy aktivlar ta’sischilar tomonidan korxona nizom kapitaliga ulushlar sifatida ham qo’yilishi mumkin: Dt Nomoddiy aktivlar hisob-kitob varag’i Kt Ustav kapitaliga badallar bo’yicha ta’sischilarning qarzi Bu erda ikkala aktiv hisobvaraqlarni o’tkazmada ishtirok etishiga sabab, korxona ustavi» tasdiqlangan vaqtida ustav kapitali hajmiga ta’sischilar qarz qilib quyidagi o’tkazma berilganligi hammamizga ma’lum, ya’ni Dt Ustav kapitaliga badallar bo’yicha ta’sischilarning qarzi Kt Ustav kapitali hisobvarag’i 3.Nomoddiy aktivlarni hisobga olish tamoyillariNomoddiy aktivlarning buxgalteriya hisobi er, bino, jihozlar kabi mod-diy aktivlarga qo’llaniladigan aynan bir xil tamoyil va jarayonlarni o’z ichiga oladi. Bu tamoyillar quyidagilardan iborat: xarid qilib olishda tannarx tamoyilini qo’llash; foydalanish davrida muvofiqlik tamoyilini qo’llash; hisobdan chiqarilayotganda daromadni e’tirof etish. Nomoddiy aktivlar harid qilib olinishida tannarx tamoyilini qo’llanilishi hisobda ularning tannarxini to’g’ri aniqlash imkonini beradi. Shuningdek, tannarxning tarkibiga asossiz xarajatlarni kiritilishini oldini oladi. Nomoddiy aktivlarni hisobga olishda ularni asosiy turlari bo’yicha quyi-dagi guruhlarga ajratiladi: patentlar, litsenziyalar va «nou-xau»; savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalari; dasturiy ta’minot; er va tabiiy resurslardan foydalanish huquqlari; tashkiliy xarajatlar; franchayz; mualliflik huquqi; gudvill; boshqa nomoddiy aktivlar. Nomoddiy aktivning foydalanish muddati davomida u bo’yicha qilinayotgan xarajatlar va olinayotgan daromadlar o’z vaqtida muvofiqlik tamoyiliga asosan hisobga olinishi kerak. Nomoddiy aktivni hisobdan chikarilayotganda u bo’yicha olinayotgan foyda yoki zarar e’tirof etilishi kerak. Olinadigan foyda yoki zarar hisobdan chiqarish natijasida kelib tushgan pul mablag’i bilan nomoddiy aktivning balans qiymati o’rtasidagi farqdan iborat. Download 134 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling