Nomoddiy akтivlar hisobi
Download 134 Kb.
|
1407758597 58448
Gudvill - noaniq nomoddiy aktiv hisoblanadi. Hisobga olish maqsadida gudvill - kompaniyaning sotib olingan haqiqiy bahosi bilan identifikatsiya-lanadigan sof aktivlarning bozordagi bahosi o’rtasidagi farqdir. U eng ko’p tar-qalgan va muhim nomoddiy aktiv hisoblanadi. Gudvill kompaniyaning ijobiy tavsiflaridan kelib chiqadigan qiymat bo’lib, kompaniyaning aniq aktivlaridan kutilayotgan daromadlarning qo’shimcha ravishda ko’paytirishga xizmat qiladi. Kompaniyaning o’zi tomonidan yuzaga keltirilgan gudvill aktiv sifatida aks ettirilmaydi. Chunki bu kompaniya sotib olinayotganda sotib olish bahosi va kompaniya aktivlarining haqiqiy bahosi o’rtasidagi farq sifatida yuzaga chiqadi. Gudvill asosan kompaniyaning oddiy ko’rsatkichlaridan yukori bo’lgan moliyaviy ko’rsatkichlarining taxmin qilinayotgan qiymatini aks ettiradi. Bu taxminlar kompaniya yoki uning operatsion muhitiga aloqador bo’lgan nomoddiy ijobiy tavsiflar yoki omillar bunday daromadlar olishiga ishonch tugdiradi. Ular kompaniyalar uchun o’rtachadan yuqori bo’ladi.
Yuqori darajadagi rahbar jamoasi, sotish jarayonini a’lo darajada tashkil qilinishi, o’ta samarali reklama, ishlab chiqishdagi maxfiy jarayon, mutlaq dara-jada yaxshi mehnat munosabatlari, yuqori ishonch reytingi, xodimlarni tayyor-lashning ilg’or dasturi va hokazolar gudvillni yuzaga keltiruvchi sabablar bo’lib hisoblanadi. Salbiy gudvill - sotib olingan sof aktivlarning xaqqoniy qiymati korxonaning harid qiymatidan yuqori bo’lsa, paydo bo’ladigan farq sifatida namoyon bo’ladi. Bu sotib olayotgan korxona uchun qulay hariddir. Bunday hollarda moddiy aktivlar qiymatlari shu darajaga kamaytirilishi lozimki, bunda salbiy gudvillga o’rin kolmasligi kerak. Yuqorida ko’rib chiqilgan nomoddiy aktivlarning ayrimlari, almashtirishga tegishli nomoddiy aktivlar bo’lib, ular firmaning boshqa aktivlaridan alohida identifikatsiyalashtiriladigan va alohida sotilishi mumkin Masalan, patentlar, mualliflik huquqlari, franchayzing va savdo markalari. Ular sotib olingan yoki firma ichida ishlab chiqarilgan bo’lishi mumkin. Nomoddiy aktivlarning boshqa bir turlari esa, almashtirishga tegishli bo’lmagan identifikatsiyalanadigan nomoddiy aktivlar bo’lib, ular firmaning boshqa aktivlari bilan birga yoki alohida idetifikatsiyalanishi mumkin, lekin ular alohida sotilishi mumkin emas. Almashtirishga tegishli bo’lmagan nomoddiy aktivlarga gudvill, tashkiliy xarajatlar kabilarni misol keltirish mumkin. Download 134 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling