Nomoddiy akтivlar hisobi


Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash tartibi


Download 134 Kb.
bet8/12
Sana20.09.2023
Hajmi134 Kb.
#1682663
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1407758597 58448

Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash tartibi.


Buxgalteriya hisobiningmilliy standartlarida ko’rsatilganidek, nomoddiy aktivlarning qiymati uning xizmat muddati mobaynida, biroq xo’jalik yurituvchi sub’ektning faoliyat ko’rsatish muddatidan ko’p bo’lmagan muddat mobaynida mun-tazam ravishda hisobdan chiqarilib borishi kerak. Bu jarayon nomoddiy aktiv-larning amortizatsiyasi deb ataladi. Nomoddiy aktivning taxmin qilinayotgan xizmat qilish muddati noaniq bo’lsa, unga amortizatsiya 5 yil davomida hisob-lanadi.


Хizmat qilish muddatining o’zgarishi nomoddiy aktivlar hisobiga ta’sir qiladi. Agar xizmat muddati o’zaytirilgan bo’lsa, amortizatsiya qilinmay kolgan qiymat qolgan davr davomida amortizatsiya qilinadi.
Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash turli usullar yordamida amalga oshirilishi mumkin. Ularga quyidagilar kiradi, bir tekisda (to’g’ri chiziqli), ka-mayib boruvchi qoldiq usuli va ishlab chiqarish (bajarilgan ish hajmiga mu-tanosib ravishda) usuli. Biz oldingi mavzuda asosiy vositalarga eskirish hi-soblash usullariga batafsil to’xtalib o’tganligimiz va bu usullar nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblashda ham farq qilmaganligi sababli, qayta ko’rib chiqishni maqsadga muvofiq deb topmadik.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, amortizatsiya hisoblash usulini tan-lashda, albatta nomoddiy aktivning iste’mol hususiyatini hisobga olish va davrlar mobaynida imkoni boricha bir hil usuldan foydalanish ma’qul. No-moddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash uchun ko’proq bir tekisda hisobdan chiqa-rish usuli tavsiya qilinadi. Agar bordiyu, amortizatsiya hisoblash usuli o’zgara-digan bo’lsa, u holda joriy davr uchun hisoblangan amortizatsiya uchun taaluqli tuza-tishlar qilish lozim.
Nomoddiy aktivlar orasida «gudvill» amortizatsiya hisoblashning o’ziga xosligi bilan ajrab turadi. Gudvilni asta-sekinlik bilan emirilishini hisobga olgan holda, foydali xizmat ko’rsatish muddati davomida undan iqtisodiy samara olish davrida amortizatsiya qilinishi lozim. Amortizatsiya daromadlar va xara-jatlarni oqilona tarzda mos tushishiga olib keladi deb hisoblanadi. Afsuski, gudvillning xizmat qilish muddatini hisoblash ancha mushkul holatdir. Shuning uchun gudvilni 20 yil muddat ichida amortizatsiya qilish tavsiya etiladi.
Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi hisobi "Nomoddiy aktivlar amor-tizatsiyasi hisobi hisobvaraqlari»"da olib boriladi. Asosiy vositalarga eskirish hisoblanishi singari nomoddiy aktivlarga ham eskirishni hisoblash aktivlar ishga tushirilgan oydan keyingi oyning 1 kunidan boshlanadi va aktivlar hisob-dan chiqarilgan oydan keyingi oyning 1 kunidan boshlab amortizatsiya hisob-lanishi to’xtatiladi. Shuningdek, hisobdan chiqarilgan nomoddiy aktivlar bo’yicha amortizatsiya hisoblanmaydi.
Nomoddiy aktivlarga amotizatsiya hisoblaganda quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari beriladi:



Download 134 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling