Nomoddiy akтivlar hisobi


Download 134 Kb.
bet10/12
Sana20.09.2023
Hajmi134 Kb.
#1682663
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1407758597 58448

Dt Pul mablag’lari
Kt Nomoddiy aktivlar
Kt Qo’shilgan qiymat solig’i
Kt Boshqa (nomoddiy) aktivlarni sotilishi va chiqib ketishidan foyda
b) nomoddiy aktivlarni sotishdan zarar ko’rganda:
Dt Nomoddiy aktivlarni eskirishi
Dt Pul mablag’lari
Dt Boshqa (nomoddiy) aktivlarni sotilishi va chiqib ketishidan zarar
Kt Nomoddiy aktivlar
Kt Qo’shilgan qiymat solig’i

6. Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari bo’yicha xarajatlarni hisobga olish.


Buxgalteriya hisobining milliy standartlarida ilmiy-tadqiqot ishlari (IТI) va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari (ТKI) buxgalteriya hisobining muhim ob’ektlaridan biri sifatida tan olingan. IТI va ТKI hisobiga bag’ish-langan maxsus 11 - «Ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlanmalariga qilingan xarajatlar» nomli Buxgalteriya hisobining milliy standartining mavjudligi bunga yorqin misoldir. U birlashmalar, korxona va firmalarda olib boriladigan IТI va ТKIning mohiyati; ular hisobining kontseptual asoslari va uslubiy jihatlarini belgilab beruvchi asosiy xujjatlaridan biridir.


Ilmiy-tadqiqot ishlari deganda, Buxgalteriya hisobining milliy standart-lariga muvofiq, yangi ilmiy yoki texnik bilim va g’oyalarni olish maqsadida bajarilgan yoki bajariladigan butunlay yangi va rejali izlanishlar tushuniladi. Bu turdagi izlanishlar muayyan maqsad yoki foydalanishga yo’naltiriladi. Ular xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan odatda, o’z imkonyatlari bilan yoki shart-nomaga asosan chetdan maxsus yuridik va jismoniy shaxslarni jalb qilish yo’li bilan amalga oshirilishi mumkin. IТI korxonaning alohida faoliyat turi bo’lib hisoblanadi. Ushbu faoliyat o’z ichiga quyidagi ish turlarini oladi (9.2-chizma).
Хo’jalik yurituvchi sub’ektlarda olib boriladigan IТIning aniq turlari odatda ularning biznes rejalarida, shuningdek, hisob siyosatida kengroq, batafsil yoritilishi lozim.
Тajriba-konstruktorlik ishlanmalari deganda, Buxgalteriya hisobining milliy standartlariga muvofiq, IТI va boshqa bilimlar natijalarini yangi yoki ancha yaxshilangan materiallar, mexanizmlar, mahsulotlar, texnologiyalar, ti-zimlar yoki xizmatlarini ishlab chiqarishga yoki tijorat maqsadlarida foy-dalangunga qadar rejalashtirish yoki loyihalashtirib chiqish uchun qo’llanilishi tushuniladi. ТKI, odatda, ungacha olib borilgan IТIning bevosita davomidir. Shu bilan birga xo’jalik yurituvchi sub’ektning alohida faoliyati turi bo’lishi ham mumkin. Bu faoliyat maxsus konstruktorlik byurolari, ishchi guruhlar, no-vatorlar bo’limi xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.

9.2- chizma. Korxonalarning ilmiy-tadqiqot faoliyati yo’nalishlari


Buxgalteriya hisobining milliy standartlariga muvofiq tajriba-konstruk-torlik faoliyati o’z ichiga oladigan yo’nalishlar quyidagi 9.3-chizmada keltirilgan


Yuqorida ko’rib o’tilgan korxonalarning ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba konstruktiv ishlanmalari bilan bog’liq faoliyatlari ularning biznes rejalarida va hisob siyosatida atroflicha ko’rib chiqilishi va asoslanishi lozim.
Ma’lumki, ilmiy – tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlan-malariga sarflangan mablag’lar korxonaning boshqa sarf xarajatlarida o’ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi va buxgalteriya hisobining milliy stan-dartlarida ular xarajatlar sifatida tan olinadi. Ularning o’ziga xos xususiyat-lari quyidagilardan iboratki, ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarga qilingan xarajatlar:
ishlab chiqarish xarajatlari hisoblanmaydi (xarajatlar «Asosiy ishlab chiqarish hisobi» hisobvarag’ida aks ettirilmaydi);
shu davrda emas, balki kelgusi davrlarda manfaat keltirishi mumkin (shuning uchun bu xarajatlarni «Kelgusi davr xarajatlari hisobi» hisob-varag’ida aks ettirish maqsadga muvofiq);
kelgusida erishiladigan natijalari bo’yicha korxonaning aktiv (nomod-diy va moddiy aktiv sifatida) yoki davr xarajatlari sifatida tan oli-nishi mumkin;
korxonaning yalpi daromadi evaziga hisobdan chiqariladi va daromad foyda solig’ini hisoblashda bevosita e’tiborga olinadi (lekin, kelgusida ular 10 yilgacha bo’lgan muddatda soliqqa tortiladigan bazadan chegirilib boriladi);
ushbu faoliyat turlarining qiymatini (yoki tannarxini) tashkil qiladi va o’z ichiga shu faoliyat bilan bog’liq ish haklari, xom ashyo materiallar qiymati, moddiy va nomoddiy aktivlarni eskirishso’mmasi va ustama xarajatlarini oladi.

9.3-chizma. Korxonalar tajriba-konstruktorlik faoliyati yo’nalishlari


Buxgalteriya hisobining milliy standartlariga ko’ra, agar tajriba – kons-truktorlik ishlanmalari bo’yicha xarajatlar quyidagi mezonlarga javob bersa, u holda ular aktiv deb tan olinishi kerak:


mahsulot yoki jarayon kat’iy belgilangan, u bilan bog’liq xarajatlar alohida aniqlangan va ishonchli o’lchash mumkin bo’lgan taqdirda;
mahsulot yoki jarayonning texnik amalga oshirilishi aniqlangan holat-da;
xo’jalik yurituvchi sub’ekt (ma’muriyati) mahsulot va jarayonlarni ishlab chiqarish hamda bozorda sotish yoki ulardan foydalanish maqsad-larini namoyon kilganda;
mahsulot yoki jarayon uchun mo’ljallangan kelgusi sotish bozori yoxud ichki foydalanish aniq belgilangan bo’lsa;
loyihani tugatish uchun muvofik resurslar mavjud bo’lgan taqdirda.

Agar tajriba-konstruktorlik ishlanmalari bo’yicha xarajatlar aktiv deb tan olinishi uchun yuqoridagi mezonlardan biriga javob bermasa va kelgusida iqtisodiy samara olinishi kutilmayotgan bo’lsa, bu xarajatlar hisobot davrida xarajat deb tan olinadi.


Agar ilmiy tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari bo’yicha xarajatlar aktiv deb tan olinsa, u holda ushbu aktivlarga boshqa aktivlar singari amortizatsiya hisoblash tartibi belgilanadi. Тan olingan aktivning amor-tizatsiyalanadigan qiymati uning xizmat muddati mobaynida hisobdan chikarib boriladi. Amortizatsiya ajratmalarini hisoblash usulini Soliq kodeksi va xarajatlar haqidagi Nizomga mos keladiganni va u korxonaning hisob siyosatida aks ettirilgan bo’lishi lozim.

Download 134 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling