Nomoddiy akтivlar hisobi
Emiriladigan aktivlar bo’yicha xarajatlarni hisobga olish
Download 134 Kb.
|
1407758597 58448
- Bu sahifa navigatsiya:
- Emirilish bazasi
7. Emiriladigan aktivlar bo’yicha xarajatlarni hisobga olishEmiriladigan aktivlar deganda, odatda, foydalanish jarayonida jismoniy hajmi kamayib, tugab boruvchi tabiiy resurslar tushuniladi. Bunday aktivlar jumlasiga o’rmonzorlar, neft, tabiiy gaz, oltin, kumush, mis va mineral qazilma turlari kiritilishi mumkin. Тabiiy boyliklarni hisobga olishda yuzaga keladigan asosiy muammolar bo’lib: ishlab chiqarilayotgan tabiiy resurslar qiymatini aniqlash; moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda qiymatini hisobdan chiqarish (amortizatsiya) Birinchi muammo bevosita tabiiy resurslar qiymatini aks ettirishi uchun nomoddiy aktivga qanday aniq xarajatlar sarmoyalanishi kerakligini aniqlash masalasini hal qilishni talab qiladi. Ikkinchi muammo esa nomoddiy aktivga amortizatsiya hisoblash uchun belgilanadigan stavkani aniqlash bilan bog’liq. Hisobot davri davomida ishla-tiladigan tabiiy resurslar qiymati uni emirilishi deb ataladi va u resurslar foydalanish darajasini bildiradi. Emirilish bazasi - bu tabiiy resurslarni qazib olish davomida amortizatsiya qilinadigan va nomoddiy aktivlar sifatida sarmoyalangan pul summasidir. Sarmoyalangan qiymatining bu summasi tabiiy resurslarni qazib olish davrining oxirigacha koplanmaydi va qoldiq qiymat aktivning bazasini aniqlashga ta’sir qiladi. Qoldiq qiymat ijobiy yoki salbiy bo’lishi mumkin. Ijobiy qoldiq qiymati aktivning emirilish bazasini aniqlashda sarmoyalangan qiymatdan chiqarib tashlanadi. Salbiy qoldiq qiymati esa, aktivning emirilish bazasi aniqlangandan keyin, kilinadigan qo’shimcha xarajatlardan tashkil topadi (masalan, o’rmonzor-larni qirqib olingandan keyin o’rniga nixollarni ekish xarajatlari, qazilma boyliklari qazib olingandan keyin uning o’rnini foydalanishga yaroqli holatga keltirib qo’yish va shunga o’xshashlar). Тabiiy resurslarga emirilishning umumiy usuli bo’lib – ularning qazib olingan birligi usuli hisoblanadi. Uni hisoblash uchun kazib olingan tabiiy resurslar birligining smeta qiymati va emirilish birligi haqidagi axborotlarga asoslanib qo’yidagi formuladan foydalanamiz: Eb Ne = ------------ Sk Bu erda Ne – emirilish birligi me’yori; Eb – e mirilish bazasi; Sk– qidirib topilgan foydali qazilmaning smeta qiymati. Тabiiy resurslardan foydalanish hisobini tushuntirish uchun quyidagi misolni keltiramiz. Faraz qilaylik, Bo’z tumanida joylashgan «o’rmonzor» o’rniga bog’ yaratish maqsadida tugatilmoqchi. Shu sababli bu tumandagi «Bo’z yigit» fir-masi daraxtlarini kesib olish huquqini sotib oldi. O’rmonni kesib olish huquqi 1000,0 mln so’mni tashkil qildi. Тuzilgan kontraktga binoan, erni kesilgan daraxtlardan tozalab olgandan keyin 1000 ming dona nihol ekish talab qilinadi va unga 200,0 mln so’m sarflanadi. Agar firma «o’rmonzor»ni 5000.000 kv.metrini kesish va uni materiallarini ishlatishni rejalashtirgan bo’lsa, har kv.metrga to’g’ri keladigan emirilish bir-ligi quyidagicha bo’ladi: 1200.000.000 Ne = ------------------ = 240 so’m/kv.m 5000.000 Ma’lumki, emirilayotgan aktivni ishlanmaga tayyorlash jarayonida qilina-digan har qanday chiqim emirilish bazasiga qo’shiladi. «Bo’z yigit» firmasi birinchi yili 1000000 kv.m., ikkinchi yili 2500000 kv.m., 1500000kv.m. o’rmonni kesib oldi. Unda quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari beriladi: Daraxtlarni kesib olish huquqini sotib olinishiga: Download 134 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling