Shaxsiy kompyuterlarning dasturiy ta’minoti
Download 62 Kb.
|
Axborot texnolo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot tizimlari qanday
AXBOROT TEXNOLOGIYALARNING APPARAT VA DASTURIY TAMINOTI Reja: EХM nima? Axborot tizimlari qanday? Dasturiy ta’minot nima? Operatsion tizimlar. Grafik muxarrirlar. Ma’lumotlar bazasi. EХM nima? EХM ma’lumotlarni qayta ishlovchi unversal qurilma hisoblanib, telefon, magnitafon yoki televizordan farqli o’laroq oldindan berilgan funksiyalarga asosan ixtiyoriy hajmda ma’lumotlarni qayta ishlash imkoniga ega. Buning uchun, ya’ni ma’lumotni qayta ishlashi uchun tushinarli va aniq bir tilda buyruqlar ketma-ketligini (dasturni) tuzish kerak. Тuzilgan aniq bir dasturga asosan kompyuterning bajaradigan vazifasini o’zgartirish mumkin. Masalan, kompyuterdagi dasturlarni o’zgartirish orqali hisobchi yoki konstruktor, stajist yoki agranomning avtomatlashtirilgan ishchi o’rnini tashkil etish hamda xujjatlarini taxrirlash yoki turli xil o’yinlarni uynash mumkin. Kompyuterda dasturni bajarilishi davomida ma’lumotlarni kiritish va chiqarish uchun turli xil qurilmalardan foydalanish mumkin. Shuning uchun kompyuterdan unumli foydalanish uchun zarur dastur ta’minotlarining vazifalarini va xususiyatlarini bilish zarur. Zamonaviy axborot texnologiyalarining gurkirab rivojlanishi va uni qo’llash sohasining kengayishi dasturiy ta’minotning (DТ) jadal rivojlanishiga olib keldi. Shuni ta’kidlash kerakki 1990 yilda jahon jamiyatida dasturiy ta’minotga 100 mln. AQSh dollaridan ziyot mablag’ sarflandi. Bunda DТ rivojlanishi yo’nalishi shuni ko’rsatadiki harakatlar tendensiyasi yiliga 20% o’sib bormoqda. Axborot tizimlari qanday? Axborot tizimlarining DТ deganda, hisoblash texnikasi vositalari bilan ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va ulardan foydalanish uchun dasturiy va xujjatli vositalarni jamlash tushiniladi. Dasturiy ta’minot nima? Dasturiy ta’minot tomonidan bajariladigan funksiyalarga bog’lik holda, uni ikki guruhga bo’lish mumkin: tizimli dasturiy ta’minot va amaliy dasturiy ta’minot. Тizimli dasturiy ta’minot kompyuterda axborotni qayta ishlash jarayonini tashkil etadi va amaliy dasturlar uchun me’yordagi ish muhitini ta’minlaydi. Amaliy DТ foydalanuvchining aniq vazifalarini hal etish va umuman axborot tizimining hisoblash jarayonini tashkil etish uchun mo’ljallangan. Тizimli DТ tarkibiga quyidagilar kiradi: -operatsion tizimlar; -servis dasturlar; -dasturlash tillari translyatorlari; -texnik xizmat dasturlari Download 62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling