Nomoddiy akтivlar hisobi
Y er va tabiiy resurslardan foydalanish huquqi
Download 65.71 Kb.
|
NOMODDIY AKTIVLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nomoddiy aktivlarni turkumlanishi "Nou-xau"
- Sanoat namunalarini ro`yxatdan o`tkazish
Y er va tabiiy resurslardan foydalanish huquqi - yer maydonlari, tabiiy resurslarni qazib olish maydonlari va ushbu maydonlar haqidagi geologik va boshqa axborotlarga egalik qilish huquqidir.
Alohida mulk bilan birga bеriladigan Idеntifika siyalanmaydigan Birgalikda sotib olingan Inson yoki iqtisodiy omillariga boğliq Nomoddiy aktivlarni turkumlanishi "Nou-xau" - texnik tashkil qilish, hizmat ko`rsatish va tijorat xususiyatiga ega axborot bo`lib, u boshqa shaxslarga noma`lumligi sababli, haqiqiy yoki poten-tsial tijorat qiymatiga ega bo`ladi. Qonuniy asoslarga ko`ra, axborotlarga erishib bo`lmaydi va bu axborotga ega bo`lgan shaxs uning sirliligini ta`minlashga mas`ul-dir. Sanoat mulklari boshqa ob`ektlardan farqli ravishda "nou-xau" ro`yxatiga olinmaydi. "Nou-xau"ni topshirish haqidagi shartnoma asosida "nou-xau"ning o`zi topshiriladi, uni ishlatish huquqi emas. "Nou-xau"ni topshirish shartnomasining majburiy elementlari: ob`ektning hamma xususiyatlari tavsifi, uni sir saqlash bilan bog`liq tartiblar va "nou-xau"ning uni amaliyotga qo`llashdagi hamkorligi. Sanoat namunalarini ro`yxatdan o`tkazish - bu ishlab chiqarilgan buyumning shakli, namunasi yoki bezaklariga nisbatan berilgan patentga o`xshashdir. Sanoat namunasini ro`yxatdan o`tkazishda tashqi ko`rinish himoya vositasining vazifasini bajarsa, patent xizmat ko`rsatishni himoya kila oladi. Masalan, kompaniya terminalining yangi dizaynni ruyxatdan o`tkazish bilan himoyalanadi. Kompьyuter esa patent bilan himoyalanadi. Sanoat namunasining patentga ega bo`lishi zarurligi uning o`ziga xosligi va sanoatda qo`llanila olishligidir. Sanoat namunasiga patent 10 yilga beriladi va yana 5 yil muddatga o`zaytirilishi mumkin. Gudvill - noaniq nomoddiy aktiv hisoblanadi. Hisobga olish maqsadida gudvill - kompaniyaning sotib olingan haqiqiy bahosi bilan identifikatsiya-lanadigan sof aktivlarning bozordagi bahosi o`rtasidagi farqdir. U eng ko`p tar-qalgan va muhim nomoddiy aktiv hisoblanadi. Gudvill kompaniyaning ijobiy tavsiflaridan kelib chiqadigan qiymat bo`lib, kompaniyaning aniq aktivlaridan kutilayotgan daromadlarning qo`shimcha ravishda ko`paytirishga xizmat qiladi. Kompaniyaning o`zi tomonidan yuzaga keltirilgan gudvill aktiv sifatida aks ettirilmaydi. Chunki bu kompaniya sotib olinayotganda sotib olish bahosi va kompaniya aktivlarining haqiqiy bahosi o`rtasidagi farq sifatida yuzaga chiqadi. Gudvill asosan kompaniyaning oddiy ko`rsatkichlaridan yukori bo`lgan moliyaviy ko`rsatkichlarining taxmin qilinayotgan qiymatini aks ettiradi. Bu taxminlar kompaniya yoki uning operatsion muhitiga aloqador bo`lgan nomoddiy ijobiy tavsiflar yoki omillar bunday daromadlar olishiga ishonch tugdiradi. Ular kompaniyalar uchun o`rtachadan yuqori bo`ladi. Yuqori darajadagi rahbar jamoasi, sotish jarayonini a`lo darajada tashkil qilinishi, o`ta samarali reklama, ishlab chiqishdagi maxfiy jarayon, mutlaq dara-jada yaxshi mehnat munosabatlari, yuqori ishonch reytingi, xodimlarni tayyor-lashning ilg`or dasturi va hokazolar gudvillni yuzaga keltiruvchi sabablar bo`lib hisoblanadi. Salbiy gudvill - sotib olingan sof aktivlarning xaqqoniy qiymati korxonaning harid qiymatidan yuqori bo`lsa, paydo bo`ladigan farq sifatida namoyon bo`ladi. Bu sotib olayotgan korxona uchun qulay hariddir. Bunday hollarda moddiy aktivlar qiymatlari shu darajaga kamaytirilishi lozimki, bunda salbiy gudvillga o`rin kolmasligi kerak. Yuqorida ko`rib chiqilgan nomoddiy aktivlarning ayrimlari, almashtirishga tegishli nomoddiy aktivlar bo`lib, ular firmaning boshqa aktivlaridan alohida identifikatsiyalashtiriladigan va alohida sotilishi mumkin Masalan, patentlar, mualliflik huquqlari, franchayzing va savdo markalari. Ular sotib olingan yoki firma ichida ishlab chiqarilgan bo`lishi mumkin. Nomoddiy aktivlarning boshqa bir turlari esa, almashtirishga tegishli bo`lmagan identifikatsiyalanadigan nomoddiy aktivlar bo`lib, ular firmaning boshqa aktivlari bilan birga yoki alohida idetifikatsiyalanishi mumkin, lekin ular alohida sotilishi mumkin emas. Almashtirishga tegishli bo`lmagan nomoddiy aktivlarga gudvill, tashkiliy xarajatlar kabilarni misol keltirish mumkin. Download 65.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling