38-son BHXS bo‘yicha nomoddiy aktivlarni xarid qilishning asosiy 4 ta yo‘nalishi keltirilgan:
Alohida xarid qilish;
Biznes boshqaruv doirasida xarid qilish;
Aktivlarni ayriboshlash orqali xarid qilish;
Tashkilotning o‘zida yaratilgan nomoddiy aktivlar.
Nomoddiy aktivni alohida xarid qilish Bevosita sarflarga quyidagilar misol bo‘ladi: (a) aktivni ishchi holatga keltirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan, hodimlar daromadlariga sarflar (ushbu atama 19-son BHXSda ta’riflangandek); (b) aktivni ishchi holatga keltirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan professional xizmatlarni to‘lash bo‘yicha sarflar; va (v) aktivning to‘g‘ri ishlayotganligini tekshirish sarflari.
Xarid qilingan nomoddiy aktiv boshlang‘ich qiymat bo‘yicha baholanadi. Boshlang‘ich qiymat quyidagilarni o‘z ichiga oladi;
(a) sotib olish narxi, shuningdek savdo chegirmalari va qisman qaytarishlar (ribeyt) chiqarib tashlagan holda import bojlari va qoplanmaydigan soliq summasi; va
(b) aktivni belgilangan maqsadda foydalanishga tayyorlash bilan bog‘liq barcha bevosita sarflar.
Nomoddiy aktivning dastlabki qiymatiga kiritilmaydigan sarflar: Nomoddiy aktivning dastlabki qiymatiga kiritilmaydigan sarflar: - yangi mahsulot yoki xizmatlarni namoyish etish bilan bog‘liq sarflar (reklama va ularni namoyish etish bilan bog‘liq tadbirlarni o‘tkazish sarflarini o‘z ichiga olgan holda);
- yangi joyda yoki haridorlarning yangi sinfi bilan tijorat faoliyatini yuritish bilan bog‘liq sarflar (xodimlarni o‘qitish bilan bog‘liq sarflarini o‘z ichiga olgan holda);
- ma’muriy va boshqa umumiy ustama xarajatlar;
- aktivning raxbariyat tomonidan nazarda tutilgan tarzda foydalanishga yaroqli bo‘lgan, lekin foydalanishga topshirilmagan paytda amalga oshirilgan sarflar; va dastlabki operatsion zararlar, masalan mazkur aktiv yordamida amalga oshirilayotgan ishlab chiqarishga bozor talabini shakillantirish davrida ko‘rilgan operatsion zararlar
Nomoddiy aktivni tan olish (alohida holatlar)
Agar NA davlat granti asosida olingan bo’lsa,
Do'stlaringiz bilan baham: |