Nomoddiy aktivlarning hisobi
Savdo markasi, savdo belgilari va sanoat namunalari-
Download 21.29 Kb.
|
Nomoddiy aktivlar hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dasturiy ta‟minot
- Tashkiliy harajatlar
- Nomoddiy aktivlar hisobining vazifalari
Savdo markasi, savdo belgilari va sanoat namunalari-bu korxona tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulot yoki xizmat uchun berilgan nomlar yoxud ramzlar, masalan «Koka-Kola», «Neksiya», «Soni», «Xon» va shu kabilar. Egalik qilish maqsadida ushbu savdo markalari, savdo belgilari va sanoat namunalari davlat ro’yxatidan o’tqazilishi mumkin. Ro’yxatdan o’tqazilgan belgilar, ramzlar bo’yicha egalik huquqi qonun asosida himoyalanadi.
Dasturiy ta‟minot - bu zamonaviy kompyuterlarda texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni olib borish bo’yicha yaratilgan dasturlar, algoritmlar to’plami. kitoblarni olib borish bo’yicha yaratilgan dasturlar, algoritmlar to’plami. Franchayzlar –bu yangi formula va algoritmlarni, texnologiyalarni, tashqi ko’rinish va belgilarni qullash bo’yicha huquq. Ushbu huquq franchayzga (foydalanish huquqini oluvchi) franchayzor (foydalanish huquqini beruvchi) tomonidan maxsus franchayz shartnomasi asosida beriladi. Masalan, ketchup ishlab chiqarish texnologiyasidan foydalanish huquqini «Baltimor-Chelek» qushma korxonasiga «Baltimor» xolding kompaniyasidan franchayz shartnomasi asosida olgan. Gudvil-bu korxonaning sof aktivlarini sotib olish qiymati va bozor qiymati (yoki haqqoniy hisob qiymati) o’rtasidagi farq bo’lib, u faqat birinchi qiymat ikkinchisidan ortiq bo’lganda vujudga keladi. Masalan, sotib olingan korxonaning qiymati 40 mln. So’m, uning aktivlarining bozor qiymati yoki haqqoniy hisob qiymati –45 mln. So’m, korxonaning majburiyatlari –8 mln. So’m. Bu holda, sotib olinayotgan korxonaning sof aktivlarining haqqoniy (bozor) qiymati –37 mln so’m (45-8) bo’ladi. O’rtadagi 3 mln. So’mlik (40 –37) farq sotib oluvchi korxona uchun gudvil hisoblanadi. Gudvil yuqori Tashkiliy harajatlar–bu korxona ta‘sischilarining uni tashkil etish bo’yicha sarflagan harajatlari, masalan korxonani ta‘sis hujjatlarini ishlab chiqish, davlat ro’yxatidan o’tqazish, muhr va shtampni tayerlash, bankdagi hisob raqamini ochish va boshka shu kabi tashkiliy ishlarga sarflangan harajatlar. Bu harajatlar , odatda, ta‘sischi (lar ) ning shaxsiy mablag’lari evaziga korxona ish faoliyatini boshlagunga qadar qilinadi. Qonun hujjatlariga muvofiq tashkiliy harajatlar ta‘sischilarning ustav kapitaliga hissasi sifatida tan olinishi va qabul qilinishi mumkin. Yuqorida nomlari va tavsifi keltirilgan nomoddiy aktivlarning barchasi (gudvil va tashkiliy harajatlardan tashqari) sotish, almashtirish, berish ob‘ekti bo’lib hisoblananishi mumkin. Nomoddiy aktivlar hisobining vazifalari. Nomoddiy aktivlar bo’yicha buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: Nomoddiy aktivlarni ularning mohiyatini ochib beruvchi mezonlariga mos ravishda hisobga olish; Nomoddiy aktivlarni to’g’ri turkumlash va guruhlarga ajratish; Nomoddiy aktivlarni to’g’ri baholash; Nomoddiy aktivlar holati va harakatini to’g’ri, o’z vaqtida tegishli boshlang’ich hujjatlar bilan rasmiylashtirish va hisob registrlarida aks ettirish; Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi (eskirishi)ni belgilangan usul va me‘yorlar bo’yicha to’g’ri hisoblash; Nomoddiy aktivlarni Soliq Kodeksiga muvofiq soliqga tortilishini ta‘minlash; Nomoddiy aktivlar butligini ta‘minlash, buning uchun ularni belgilangan muddatlarda qayta ro’yxatdan o’tqazish (inventarizatsiya qilish), uning natijalarini to’g’ri aniqlash va hisobga olish; Mavjud nomoddiy aktivlardan unumli foydalanish, keraksiz nomoddiy aktivlarni likvidatsiya kilish, bepul berish yoki sotish natijalarini to’g’ri hisobga olish; Nomoddiy aktivlarga qilingan qo’shimcha harajatlarni (kapital quyilmalarni) to’g’ri hisobga olish. Download 21.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling