Nomoddiy aktivlarning hisobi


Nomoddiy aktivlarni baholash


Download 21.29 Kb.
bet3/3
Sana02.01.2023
Hajmi21.29 Kb.
#1075440
1   2   3
Bog'liq
Nomoddiy aktivlar hisobi

Nomoddiy aktivlarni baholash . Nomoddiy aktivlarni baholashda boshlang’ich qiymat, tiklangan qiymat, qoldiq qiymat, amortizatsiyalanadigan qiymat, sotish qiymati turlari ishlatilishi mumkin (BXMS № 7, p. 9-15). Ushbu qiymat turlarining mohiyati asosiy vositalarni baholashda qullaniladigan qiymat turlarining mohiyatiga to’liq o’xshashdir.
Nomoddiy aktivlarni hisobga olish qiymati bo’lib boshlang’ich qiymat hisoblanadi. Ushbu qiymat nomoddiy aktivlarni kelib tushish manbalariga qarab quyidagicha aniqlanadi:
Ta‘sischilardan ustav kapitaliga ta‘sis badali sifatida qabul qilinganda – ta‟sischilarni kelishuv shartnomasi bo’yicha;
Sotib olinganda – sotib olish bahosi plyus barcha ishlashga tayyor holatga keltirishga ketgan harajatlarni o’z ichiga olgan qiymat bo’yicha;
Bepul olinganda – ekspert yo’li bilan aniqlangan qiymat bo’yicha;
Ilmiy tadqiqot va izlanishlarning natijasi sifatida qabul qilinganda – haqiqiy tannarxi bo’yicha.
Tiklangan qiymat nomoddiyTiklangan qiymat nomoddiy aktivlarni qayta baholashdan keyingi yoki qo’shimcha kapital quyilmalardan keyingi vaqtinchalik qiymati bo’lib, u shu sanadan boshlab boshlang’ich qiymat hisoblanadi.
Qoldiq qiymat nomoddiy aktivlarni jamlangan eskirish summasi chegirib tashlangandan keyingi boshlang’ich qiymati bo’lib, asosan ularni balans qiymatini topishda ishlatiladi.
Sotish qiymati nomoddiy aktivlarni oluvchi va sotuvchi o’rtasidagi kelishuv qiymati bo’lib, u faqat sotish natijalarin hisobga olishda qo’llaniladi.
Amortizatsiyalanadigan qiymat boshlang’ich va likvidatsion qiymat o’rtasidagi farq bo’lib, u amortizatsiya (eskirish) summasini hisoblashda qo’llaniladi. hisoblashda quyidagi omillar asos qilib olinadi:
Foydali xizmat muddati;
Korxonaning ustav faoliyatining muddati;
Nomoddiy aktivning jismoniy va ma‘naviy eskirish harakteri;
Foydali xizmat muddatini hisoblash mumkin bo’lgan nomoddiy aktivlar uchun yillik eskirish summasi ularning amortizatsiyalanadigan qiymatini foydali xizmat yillar soniga bulish yo’li bilan topiladi. Topilgan summani 12 ga bo’lib, har oylik eskirish summasi harajatlar schyotlariga olib boriladi.
Foydali xizmat muddatini aniqlash qiyin bo’lgan nomoddiy aktivlar bo’yicha xizmat muddati eng ko’pi bilan 5 yil qilib, lekinda korxona ustav faoliyati muddatidan ko’p bo’lmagan mudddatga, belgilanadi (BXMS № 7, p. 39.2).
Xulosa
BXMS № 7 ga muvofiq (p.42-44), nomoddiy aktivlarga amortizatsiya (eskirish) hisoblash xuddi asosiy vositalar singari bir maromli, bajarilgan ish hajmiga proporsional, xizmat yillari sonlari yig’indisiga proporsional (kumulyativ) va kamayib boruvchi qoldiq qiymatdan hisoblab topish usullari bo’yicha amalga oshiriladi. Tanlangan usul (usullar) korxonaning hisob siyosatida ko’rsatilgan bo’lishi lozim. Asosiy vositalar kabi nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisoblashda Soliq Kodeksi negiziga bir maromda hisoblash usuli olingan, qolgan usullar bo’yicha hisob-kitoblarda aniqlangan me‘yordan ortiqcha summalar foyda solig’i bazasiga qayta qo’shiladi va shu yo’l bilan soliqga tortiladi.
Har hisobot yili oxirida nomoddiy aktivlarning foydali xizmat muddati qayta ko’rib chiqilishi va shunga mos ravishda amortizatsiya (eskirish) me‘yori o’zgartirilishi mumkin.Nomoddiy aktivlar bo’yicha amortizatsiya (eskirish) ni hisoblanishi ularning ishlatish maqsadiga ko’ra 0510-0590-schetlarning kreditida va harajatlar schetlarining ( 2010, 2310, 2510, 2710, 3110,9410,9420 ) debetida aks ettiriladi. 0510-0590 schetlarning debetida nomoddiy aktivlarni sotilishi, bepul berilishi, hisobdan chiqarilishi, kamomadlari va ta‘sis badali sifatida kiritilishi munosabati bilan ularga to’g’ri keladigan jamlangan eskirish summasini kamaytirish aks ettiriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar


1.O„zbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobi to„g„risida qonuni. 1996
yil 30 avgustda qabul qilingan.
2.Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun Konseptual asos. O„z.R. Adliya Vazirligidan 1998 yil 14 avgustda ro„yxatdan o„tgan, № 475.
3.BHMS № 1 «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot. O„z.R. Adliya Vazirligidan 1998 yil 14 avgustda ro„yxatdan o„tgan, № 474.
4. BHMS № 5 «Asosiy vositalar». O„z.R. Adliya Vazirligidan 2004 yil 20 yanvarda ro„yxatdan o„tgan, № 1299.
5. BHMS № 6 « Lizing hisobi». O„z.R. Adliya Vazirligidan 1998 yil 16 sentyabrda ro„yxatdan o„tgan, № 503.
6. BHMS № 7 « Nomoddiy aktivlar». O„z.R. Adliya Vazirligidan 1998 yil 20 sentyabrda ro„yxatdan o„tgan, № 506.
7. BHMS № 11 « Ilmiy - tadqiqot va malaka – konstruktorlik ishlanmalariga ketgan harajatlar». O„z.R. Adliya Vazirligidan 1998 yil 28 dekabrda ro„yxatdan o„tgan, № 581. 98
8. BXMS № 19 «Inventarizatsiyani tashkil qilish va o„tqazish ». O„z.R. Adliya Vazirligidan 1999 yil 2 noyabrda ro„yxatdan o„tgan, № 833.
9. BXMS № 21 «Xo„jalik yurituvchi sub‟ektlar moliyaviy xo„jaligi buxgalteriya hisobining schyotlar rejasi va uni qo„llash bo„yicha yo„riqnoma. O„z.R. Adliya Vazirligidan 2002 yil 23 oktyabrda ro„yxatdan o„tgan, № 1181.
Download 21.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling