Non pishirish xodimlari uchun ishlar xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash haqida


-§. Konveyyerlar bilan ishlashda xavfsizlik talablari


Download 128 Kb.
bet33/42
Sana08.01.2022
Hajmi128 Kb.
#251843
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   42
Bog'liq
2672 13.05.2015

4-§. Konveyyerlar bilan ishlashda xavfsizlik talablari

255. Konveyyerlarning tuzilishi, konveyyerlar, galereya va qurilish konstruksiyalari orasidagi o‘tish joylarining kengligi amaldagi me’yorlarga mos bo‘lishi kerak.

256. Konveyyerlarning o‘tish joylari uskunalar ustida joylashgan taqdirda, ularning pastki qismi sochilib ketgan materiallarning tushib ketishining oldini oluvchi yaxlit to‘siq bilan to‘silgan bo‘lishi kerak.

257. Konveyerdagi zanjirli, tasmali va tishli uzatgichlar, birlashtiruvchi muftalar, uzatma mexanizmlarning barabanlari, tarang tortib turuvchi qurilmalarning trosslari va yuklarning elementlari himoya to‘siqlari bilan to‘silgan bo‘lishi lozim. Himoya to‘siqlarining konstruksiyasi uni echib olmasdan turib, konveyer mexanizmlarini moylash va podshipniklarning qiziganligini tekshirib turish imkonini berishi kerak.

258. Tasmaning tasmali konveyer barabani bilan tutashuv joyi konveyerning uzunasi bo‘ylab yon tomonidan kamida 1 m hamda baraban radiusining yig‘indisiga teng bo‘lgan masofada to‘silgan bo‘lishi kerak.

259. Konveyerning tasmasi harakatlanayotgan paytida yon tomonga siljimasligi, baraban va tayanch roliklarining chekkasidan chiqib ketmasligi lozim. Tasmaning yon tomonga chiqib ketishining oldini olish uchun konveyyerlar tasmaning siljishiga yo‘l qo‘ymaydigan qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.

260. Tasmali konveyyerlar tasma yoki taranglovchi qurilmalar uzilib ketgan yoki bo‘shatuvchi tarnovlari to‘lib tiqilib qolgan taqdirda, konveyerning uzatmasini to‘xtatib qo‘yuvchi qurilmalar bilan jihozlanishi kerak.

261. Ko‘chmas konveyyerlar, ularning uzunligidan qat’i nazar, avariya vaziyatlarida ularning uzunasi bo‘ylab istalgan joydan turib konveyerning uzatmasini to‘xtatish imkonini beruvchi qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.

262. 6° dan ortiq qiyalikka ega bo‘lgan tasmali va plastinali konveyyerlar, ular to‘xtaganda yuk ortilgan tasmaning teskari tomonga qarab harakatlanishiga yo‘l qo‘ymaydigan qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.

263. Tasmali konveyyerlar tasma va barabanni yopishib qolgan materialdan mexanik ravishda tozalovchi moslamaga ega bo‘lishi kerak.

264. Ko‘chib yuruvchi konveyyerlar va ularni elektr manbai bilan ta’minlovchi kabellar foydalanishga qulay va o‘tish joylarini to‘sib qo‘ymaydigan qilib joylashtirilgan bo‘lishi kerak.

265. Tasmali konveyyerlar bilan quruq va changlanuvchan materiallar tashilayotgan paytda ularni ortish va tushirib olish joylari germetizatsiyalangan bo‘lishi va ish zonasi havosidagi changning miqdori ortmasligini ta’minlovchi boshqa choralar ko‘rilishi kerak.

266. Bir nechta ketma-ket o‘rnatilgan konveyyerlar yoki texnologik liniyaning boshqa uskunalari bilan bog‘langan konveyyerlar bir vaqtda ishlaydigan bo‘lsa, ularning elektr dvigatellari blokirovkalangan bo‘lishi kerak.

267. Metall parchalarini olib tashlash uchun konveyerda magnitli metall ajratgichlar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.

268. Tasmali konveyyerlar ostidan to‘kilgan materialni yig‘ishtirib olish mexanizatsiyalashtirilgan bo‘lishi lozim. Materiallarni qo‘lda yoki mexanizatsiya vositalarida yig‘ishtirib olishga faqat konveyer to‘xtatib qo‘yilgandagina ruxsat etiladi.

269. Konveyerni ishga tushirishdan oldin kamida 5 sekund davomida konveyerning butun uzunligi bo‘yicha eshitiluvchi ogohlantiruvchi tovushli signal berish vositasi bo‘lishi kerak.

270. Konveyyerlarning ustidan o‘tish uchun galereyalarda qo‘zg‘almaydigan ko‘prikchalar o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. O‘tish ko‘prikchalari yaxlit to‘shamali, yoritilgan va ularning balandligi kamida 1,8 metr bo‘lishi kerak.

271. Konveyer ishlayotgan paytda uning har qanday qismini qo‘lda ta’mirlash va tozalash, shuningdek tasmasining ustiga chiqish taqiqlanadi.




Download 128 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling