5-§. Yuk ortish va tushirish ishlarida xavfsizlik talablari
139. Yuk ortish va tushirish ishlari va yuklarni joylashtirish Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning xavfsizligi qoidalari (ro‘yxat raqami 1582, 2006-yil 13-iyun) talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
140. Yuk ortish va tushirish ishlari qoidaga ko‘ra mexanizatsiyalangan bo‘lishi lozim.
141. Yuk ortish va tushirish ishlarining mexanik usuli vazni 50 kg dan ortiq va kam vaznli yuklarni 3 m dan yuqoriga ko‘targanda maqsadga muvofiq hisoblanadi. Faqatgina yagona yuklar tashilganda bu talablarga rioya qilmaslikka yo‘l qo‘yiladi.
142. Og‘ir va ulkan yagona yuklarni tashish yuk ortish va tushirishning xavfsiz usullari ustidan kuzatishi lozim bo‘lgan ma’muriy-texnik xodimlardan maxsus ajratilgan shaxs rahbarligi ostida amalga oshirilishi lozim.
143. Ombor yoki yuk saqlash uchun maydonchalar hududiga kiraverishda harakat yo‘nalishi, yuklash-tushirish joyi yoki transport vositalarining to‘xtab turish joyini ko‘rsatuvchi chizma osilgan bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |