6-§. Non ishlab chiqarish tashkilotlarida chiqindilar saqlash joylariga bo‘lgan xavfsizlik talablari
144. Chiqindi yig‘ish o‘ralarining atrofi to‘liq holda kamida 1,2 metr balandlikda to‘siqlar bilan o‘ralishi, balandligi 1,2 metr panjarasi bo‘lgan mustahkam o‘tish ko‘prikchalari bilan jihozlanishi va pastdan ular kamida 0,15 metr balandlikkacha yoppasiga devor bilan yopilishi kerak.
145. Xodimlarni o‘raga tushirishdan avval o‘ralar shamollatib, zararli gazlar kyetkazilishi kerak.
146. Uglekislota gazining yo‘qligi kanalizatsiya tubiga yonib turgan shamni tushirish yo‘li bilan tekshiriladi.
147. Chiqindilardan bo‘shatilgan o‘ralar taxta shitlar bilan yopilishi kerak.
148. Chiqindilarni ruxsat etilmagan joylarda saqlash, qayta ishlash va ko‘mib tashlash taqiqlanadi.
149. Tashkilotlarda chiqindilar bilan ishlashga oid yo‘riqnomalar ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim.
150. Chiqindilarni yig‘ish joyi sexlardan kamida 50 m uzoqlikda bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |