6-§. Xamir qorish mashinasiga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
279. Uzluksiz va davriy ishlaydigan ko‘chmas qorish sig‘imli xamir qorish mashinalari yuqori qismidan qopqoqlar bilan berkitilishi va qorish moslamasi uzatmasi bilan blokrovka qilingan bo‘lishi kerak.
280. Xamir qorish mashinasining ishchi organlari, uzatish mexanizmining aylanish qismi blokirovkali to‘siqlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
281. Xamir qorish mashinasiga o‘rnatilgan blokirovka yordamida xamir qorish kamerasi qopqog‘i ochilganda, to‘siqlar echib olinganda elektr tarmoqdan uzilib, dvigatellari to‘xtashi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |