Non pishirish xodimlari uchun ishlar xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash haqida


-§. Non pishirish pechlarida ishlashda xavfsizlik talablari


Download 128 Kb.
bet38/42
Sana08.01.2022
Hajmi128 Kb.
#251843
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
2672 13.05.2015

9-§. Non pishirish pechlarida ishlashda xavfsizlik talablari

290. Non pishirish pechlari texnologik rejim va yoqilg‘ining yonish jarayonini nazorat qilish uchun nazorat o‘lchov asboblari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.

291. Non pishirish pechlari, unda gaz va suyuq yoqilg‘i bosimi belgilangan darajadan oshganda, alanga o‘chib qolganda, havo berish to‘xtab qolganda, elektr tarmog‘idan avariya holatida uzib qo‘yilganda gaz va suyuq yoqilg‘i berilishini avtomatik ravishda uzib qo‘yishni ta’minlaydigan xavfsizlik moslamasi bilan ta’minlanishi kerak.

292. Isitish kanali bo‘lgan pechlarda portlashdan saqlash klapanlari nazarda tutilishi kerak.

293. Portlashdan saqlash klapanlari o‘choq va gaz yo‘llarining yuqori qismida, gaz to‘planishi mumkin bo‘lgan joylarda o‘rnatilishi lozim. Portlashdan saqlash klapanlarning soni va o‘rnatish joyi loyihada belgilanadi. Bunda bitta portlashdan saqlash klapanining yuzasi 0,05 m2 dan kam bo‘lmasligi kerak.

294. Pechlarning tashqi devori yuzasining harorati 45° S dan oshmasligi kerak.

295. Non pishirish pechlarining konstruksiyasi ta’mirlash, xizmat ko‘rsatish, pishirish kamerasini ta’mirlash va ko‘rish uchun qulay bo‘lishini ta’minlashi kerak.

296. Non pishirish pechlari texnologik rejimning parametrlarini (pishirish kamerasidagi harorat, namlashga beriladigan bug‘ning bosimi, pishirish vaqti) va yonish jarayonining parametrlari (gaz yoki suyuq) yoqilg‘i bosimi, goryelka oldidagi havo bosimi, alanganing mavjudligini nazorat qilish va o‘lchash uchun nazorat-o‘lchov asboblari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.

297. Elektr non pishirish pechlari normal rejim buzilishini ogohlantiruvchi blokirovka tizimlari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Elektr pechlarni boshqarish qutilarida qizdirish elementlariga kuchlanish berilganligini yoki uzib qo‘yilganligini ko‘rsatuvchi “Qizdirish ulangan!” degan signal chirog‘i bo‘lishi kerak. Elektr non pishirish pechlarining boshqarish qutilari hamma tomonlaridan to‘liq to‘silgan bo‘lishi kerak.

298. Non pishirish pechlarini ko‘rikdan o‘tkazish va ta’mirlash bo‘yicha ishlar non pishirish pechlarini davriy ta’mirlash me’yorini hisobga olib, bosh muhandis tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan reja-jadval asosida amalga oshirilishi kerak.




Download 128 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling