6-bob. Ishlar xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
354. Tashkilotlarni (sexlarni) loyihalashtirishda, qurishda (montaj qilishda) mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
355. Mansabdor shaxslar va xodimlar xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
7-bob. Yakuniy qoida
356. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qo‘rilish qo‘mitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi hamda Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |