Non va makaron mahsulotlarining xavfsizlik talablari
Download 31.55 Kb. Pdf ko'rish
|
\'uzdon uz.pdf\' (1)
"O`zdonmahsulot" AK Non va makaron mahsulotlarining xavfsizlik talablari Non o‘zbek xalqi tomonidan asrlar mobaynida eng aziz ne'mat, rizq-ro‘z manbai, xonadonning to‘kin-sochinligi barakasi ramzi sifatida qadrlanib kelinadi. Dasturxon yozilganda eng avvalo non qo‘yilishida ham o‘ziga xos ramziy ma'no mujassam. Kundalik eng ko‘p iste'mol qiladigan ozuqa manbaimiz bo‘lgan non, makaron va qandolot mahsulotlari avvalo, salomatligimiz uchun xavfsiz, sifat talablariga to‘liq javob bera olishi, shu bilan bir qatorda, inson tanasi uchun foydali moddalar, mikroelementlarga ega bo‘lishi lozim. Ayni shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasining «Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq, 2017 yil 27 martida «Non va makaron maxsulotlarining xavfsizligi to‘g‘risida» gi maxsus texnik reglament «O‘zstandart» Agentligining MTR-8 sonli Qaroriga asosan tasdiqlangan. Reglament 2018 yil 1 sentyabrdan qonuniy kuchga kiradi. Reglamentni ishlab chiqishdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalaga chiqariladigan non va makaron maxsulotlarini qo‘llash va bajarish uchun yagona va majburiy bo‘lgan xavfsizlik talablarini o‘rnatilishini ta'minlashdan iborat. Shuningdek, inson hayoti, sog‘ligi va xavfsizligini ta'minlash, davlat, yuridik va jismoniy shaxslar mulkini, atrof-muhitni muhofaza qilish, non va makaron maxsulotlarini qo‘llash va xavfsizligi xususida iste'molchilarni chalg‘ituvchi harakatlarning oldini olishdan iborat. Maxsus texnik reglament Respublika hududida muomalaga chiqariladigan 13 turdagi non-bulka mahsulotlariga, 3 turdagi yarimtayyor non-bulka mahsulotlariga, talqon, kuruq non kvasi va 2 turdagi makaron mahsulotlariga taaluqli. «O‘zdonmahsulot» Aksiyadorlik Kompaniyasi tomonidan don maxsulotlari sohasiga tegishli barcha me'yoriy - huquqiy hujjatlarni reglament bilan muvofiqlikka keltirish bo‘yicha ishlari olib borilmoqda. Reglament yagona va majburiy bo‘lgan xavfsizlik talablarini qo‘llash va bajarish uchun, shuningdek respublika hududida muomalaga chiqariladigan non va makaron maxsulotlarining ishlab chikarish, saqlash, tashish, tamg‘alash, muomalaga chiqarish va utilizatsiya qilish jarayonlariga bo‘lgan xavfsizlik talablarini o‘rnatadi. Kompaniya tomonidan «O‘zstandart» Agentligi boshchiligida o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan non va makaron mahsulotlari xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglamentning joriy etilgan kundan boshlab, maxsulotlarga majburiy talablarni o‘rnatuvchi standartlashtirish bo‘yicha me'yoriy xujjatlarni qo‘llanilishida majburiy xarakterini bekor qilish va ixtiyoriylikni ta'minlash borasida ishlar olib borilmoqda. Reglamentda non va makaron mahsulotlari tarkibidagi toksik elementlar, mikotoksinlar, pestitsidlar, radionuklidlar, metallomagnit aralashmalar, zararkunandalar bilan zararlanganlik, hamda mikrobiologik ko‘rsatkichlarning chegaraviy ruxsat etiladigan darajalari belgilab berildi. Bundan tashqari, non va makaron mahsulotlarining namlik va nordonlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha ruxsat etilgan me'yorlari o‘rnatilgan. Mazkr reglamentda shuningdek, non va makaron mahsulotlarini tashuvchi transport vositalari, yuk konstruksiyalari va bo‘limlariga xavfsizlik talablari ham inobatga olingan. Bugungi kunda «O‘zdonmahsulot» Aksiyadorlik Kompaniyasi tizimidagi 44 ta korxonada qabul qilingan maxsus texnik reglamentning maqsadi, mazmuni va uni qo‘llash tartibi to‘g‘risida axborotlar va tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Maxsus texnik reglament qonuniy kuchga kirgandan so‘ng non va makaron mahsulotlarini ishlab chikarish, saqlash, tashish, muomalaga chiqarish va utilizatsiya qilish jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan xavf darajasi kamayadi. Reglament natijasida, tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilar uchun maxsus reglamentda o‘rnatilgan talablarga javob beruvchi sifatli va xavfsiz mahsulotlarni ishlab chiqarishni modernizatsiyalashtirish va rivojlantirishlari uchun sharoit yaratildi va shunga muvofiq raviishda maxsulotning sifatini va raqobatbardoshligini oshirishga imkoniyat paydo bo‘ldi. Ishlab chiqarish jarayonlarida xavfli vaziyatlarning yuzaga kelishini minimallashtirishda va savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etishga yordam berib, sifatli va xavfsiz mahsulot tayyorlashda, eksport va importni har tomonlama tartibga solishda tadbirkor va ishlab chikaruvchilarga bir kator kulayliklar yaratiladi. Bundan tashkari reglament respublika hududida xavfli non va makaron mahsulotlarining muomalaga chiqishini oldini olishga xizmat kiladi. Axborot xizmati. 27.03.2018 Download 31.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling