Noniusli burchak o’lchagich bilan o’lchash ishlarini bajarish detal yuzalarining shaql og‘ishlarini aniqlash
Download 25.25 Kb.
|
3-Mavzu Noniusli burchak
- Bu sahifa navigatsiya:
- Burchak oʻlchagich
Burchak oʻlchagich — mashina detallari, keskich va oʻlchov asboblarining ikki tekisligi orasidagi burchakni oʻlchaydigan asbob. Nonius (qoʻshimcha shkala)li va optik xillari bor. N o niusli B.oʻ. 0° dan 120°gacha darajalarga boʻlingan yarim doyra 2, qoʻzgʻalmas chizgʻich /, vintli oʻq 8 da aylanadigan chizgich 6 dan iborat (rasm). Harakatlanuvchi chizgʻichga yarim doyra aylanasida sirpanuvchi nonius 5 mahkamlangan. Mahkamlagichlar 3 va 4 yordamida noniusli chizgʻich kerakli vaziyatda mahkamlanadi.
90°dan 180° gacha burchaklarni oʻlchash uchun tekshirilayotgan buyumning oʻlchanayotgan burchagi tekisligiga chizgʻich 1 va 6 lar toʻgʻrilanadi. Burchakning katgaligi yarim doyra va nonius shkalalaridan aniqlanadi. 0° dan 90° gacha burchaklarni oʻlchash uchun harakatlanuvchi chizgʻich 6 ga qoʻshimcha burchaklik kiygiziladi. Bu holda oʻlchanayotgan burchak tekisligiga qoʻzgʻalmas chizgich / bilan burchaklik 7ning tomonlari toʻgʻrilanadi. Optik B.oʻ. (mas, oʻlchash mikroskoplari)da burchak geometrik optika qonunqoidalariga asoslanib oʻlchanadi.
Download 25.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling