Noodatiy fikrlash asoslaari (qutichadan tashqarida fikrlash)
Download 11.47 Kb.
|
Kreativ fikrlash referat.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.2. Noodatiy fikrlashni shakllantirish.(Behruzbek)
- Noodatiy fikrlash mazmuni
Noodatiy fikrlash asoslaari (qutichadan tashqarida fikrlash)EK-64 talabalari: A.Nutfullayev, B.Qadamboyev, S.Normuxammatov, J.Sayfiddinov Date 1 Noodatiy fikrlashNoodatiy fikrlash (qutichadan tashqarida fikrlash) 4.1. Noodatiy fikrlashning mazmun va mohiyati.(Amirbek)4.2. Noodatiy fikrlashni shakllantirish.(Behruzbek)4.3. Noodatiy fikrlash usullari. (Sardorbek)Reja:EK-64 talabasiNutfullayev AmirbekNoodatiy fikrlash mazmuni va mohiyati@amir15.07.2004 Noodatiy fikrlash mazmuni:Noodatiy fikrlash – bu ixtiyoriy vaziyatdan chiqish maqsadida noizchil va hatto, mantiqsiz usullar orqali noodatiy, yangi, eng ma’qul qarorlarni izlab topa olish qobiliyatidir.Noodatiy fikrlash kishilarning odatiy fikrlash tarziga nomuvofiq, g‘ayrioddiy fikrlashi, noodatiy usul va yo‘llar bilan xulosalar chiqarishi;vaziyatdan chiqishning hatto g‘ayritabiiy, ammo eng maqbul muqobillarini izlab topish, masalalar va hodisalarga nisbatan har doim ijodiy fikrlash orqali yondashish ko‘nikmasidir. Har qanday kuchli iqtidor egasi noodatiy fikrlash tarzi mahsulidir. Odatiy fikrlash tarzi kishidagi iqtidorni yuzaga chiqarmaydi, uning ijodiy, intellektual va ilmiy salohiyatining rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Oqibatda, qanchalik iqtidor va salohiyat egasi bo‘lmasin, odatiy fikrlash tarziga ko‘nikkan inson nari borsa boy informatsion bazaga ega “bilimli o‘quvchi” yoki “xodim”dan nariga o‘ta olmaydi. Noodatiy fikrlay olish yaxshi xislat. Noodatiy fikrlovchi kishi o‘z faoliyatida va oldingi natijalarda ham qoqilmaydi. U o‘zigacha hech kim qo‘llamagan, boshqalar uchun g‘ayrioddiy va mantiqsiz tuyulgan yangicha yo‘llar, metodlar va usullarni qidiradi. U faqat kelajak bilan yashaydi. Butun taraqqiyot shunday kishilar hisobiga amalga oshadi. Biroq bunday kishilar kamdan-kam uchraydi. Barcha insonlar ma’lum ma’noda noodatiy fikrlashga ega bo‘lishi mumkin. Diqqat! O‘z kelajagingiz haqida bir lahza o‘ylab ko‘ring. Sizni o‘z kelajagingiz qanday bo‘lishi o‘ylantiryaptimi? O‘ziga xos hayot kechirishshni istaysizmi? “Boshqalardan farqli” daromad egasi bo‘lishni hohlaysizmi? Noyob kasb egasi bo‘lmoqchimisiz? Ko‘pchilik erisha olmagan narsalarga erishish istagidamisiz? Demak, sizning tafakkuringiz siz o‘zib ketmoqchi bo‘lgan kishilarning standart, o‘rtamiyona fikrlaridan farq qilmog‘i zarur.A.Eynshteyn faraz qilish ko‘nikmasini bilimdonlikning eng yuqori pog‘onasi deb hisoblagan, farazsiz yangilik ochish mumkin emasligiga ishongan.Bas, balki oramizda insoniyat hayotini o‘zgartirishga qodir, buyuk nimadir yaratish istagida bo‘lgan kishilar bordir. Hech bo‘lmaganda, o‘z hayotini engillashtirishga uringan kishilar bo‘lishi mumkin.Unday bo‘lsa, buyuk olim xitoblariga amal qilib, darhol o‘z tasavvuringizni rivojlantirishga kirishishingiz darkor. Xo‘sh, nima uchun biz noodatiy tafakkurni shakllantirishimiz zarur? 1.siz tanlagan har bir ishda muvaffaqiyatga erishish; 2.hayotingiz yorqin, qiziqarli va baxtga yo‘g‘rilgan bo‘lishi; 3.ko‘pchilik topa olmagan ixtiyoriy mushkul vaziyatdan chiqish yo‘lini topa olish (Stiven Spilbergning “Indiana Jons” filmini eslang, unda bosh qahramon unga xiyonat qilganlarida ham yoki qo‘lga tushganida ham doim g‘olib chiquvchi sayohatchi va arxeolog bo‘ladi); 4.doimo hazil-mutoyiba qilish va doim ko‘tarinki kayfiyatda yurish imkoniga ega bo‘lish; 5.osongina millioner bo‘lish, mayli, hech bo‘lmasa, shunchaki, boy bo‘lish(hayotda, asosan, boy kishilar noodatiy fikr yuritadilar); Amir 6.yaqin do‘stlar qurshovida bo‘lish (xuddi shunday noodatiy tafakkur bilan). Menimcha, odamlar kimning noodatiy tafakkuri kuchli bo‘lsa, shunday kishilarga intiladilar. Download 11.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling