Noorganik kimyo fanidan kurs ishi mavzu


KUCHSIZ NITRAT KISLOTASINI QUYULTIRISH


Download 95.5 Kb.
bet8/10
Sana07.05.2023
Hajmi95.5 Kb.
#1437353
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Safarova Zarima

KUCHSIZ NITRAT KISLOTASINI QUYULTIRISH.
Halq xujaligining bir qator saholarida va mudoafaa maqsadlarda nitrat kislotasining yuqori quyuqlikdagi eritmasini ishlatish bilan bog‘liqdir. Kuchsiz nitrat kislotasini suvdagi eritmasini bevosita bug‘latish yuli bilan, uning quyuqligini 60-65%gacha yetkazish mumkindir, amaliyotda undan oshirib bo‘lmaydi, chunki u tarkib 68,4% nitrat kislota va 31,6% suvdan iborat aziatron tarkibiga juda yaqindir. Shuning uchun , kuchsiz azot kislotasiga 93-95% sulfat kislota eritmasi (kuporos moyi), magniy nitrat tuzining 72% eritmasi va boshka Uziga suv yutib oluvchi moddalar qo‘shib nitrat kislotani kuchini oshirish mumkindir, chunki sulfat kislotani qaynash harorati nitrat kislotanikiga qaraganda ancha yuqoridir. Agarda nitrat kislota-suv-sulfat kislota aralashmasi 358K(85оС)da qizdirilsa, bug‘ qatlamda nitrat kislota bug‘lari, suyuqlikda esa sulfat kislota va suv aralashmasi, ya’ni sulfat kislotani suvdagi eritmasi qoladi:
НNО3*(Н2О)nQН24=НNО3(б)24*(Н2О)n (11)
Nitrat kislotani bunday quyultirish jarayonida, uning bir qismi parchalanib, azot oksidlari hosil qiladi, ular esa sulfat kislota bilan nitrozil sulfat kislotasi NНSО5ni hosil qiladi va uni suv bug‘i bilan parchalab, sulfat kislota va azot oksidlari hosil bo‘ladi:
2НNSО52О(б)=2Н24QN2О3-Q (2.)
Sanoatda azot kislotasining kuchsiz eritmasini sulfat kislota bilan quyultirish barbotaj tarelkali ustunsimon minoralarda amalga oshirilida. Bu minoraning yuqorisidan chiqayotgan nitrat kislota bug‘lari suvli sovutgichlarida suyultirilib, 98%li nitrat kislotasi olinadi, 68%gacha suyulib qolgan sulfat kislota eritmasi denitratsiya jarayonidan keyin bug‘latilib, 92-93%li sulfat kislota olinadi va u qayta nitrat kislotani quyultirishda yopiq sikl ravishda ishlatiladi va bu jarayonda sulfat kislotani bir ozgina qismi parchalanib, yuqolishi mumkin. Kuchsiz nitsrat kislotani 72%li magniy nitrati bilan quyultirishda sulfat kislota qullashga qaraganda 30-40% kapital chiqimlar, kundalik chiqimlar ham kamayadi va tarkibida sulfat kislota umuman bulmagan nitrat kislota olinadi.



Download 95.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling