Noorganik kimyo fanidan kurs ishi mavzu
Download 95.5 Kb.
|
Safarova Zarima
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo kafedrasi Noorganik kimyo fanidan KURS ISHI Mavzu: Konsentrlangan nitrat kislota olish Bajardi: Kamolov M. Qabul qildi: Ismoilov M. Farg’ona-2020 Mavzu : Konsentrlangan nitrat kislota olish Reja: 1)Nitrat kislotaning eng muhim xossalari 2)Nitrat kislotaning kimyoviy xossalari va tarqalishi. 3)Nitrat kislota ishlab chiqarishning nazariy asoslari 4)Nitrat kislot olish tarixi 5)Yuqori bosimda ishlovchi qurilmada nitrat kislota ishlab chiqarish 6)Konsentrlangan nitrat kislotaning to`g`ri sintezi 7)Qurama (Kombinatsiyalangan) usulda nitrat kislota ishlab chiqarish 8)Kuchsiz nitrat kislotasini quyultirish. 9)Kuchli nitrat kislotasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri sintez qilish. 10)Nitrat kislotaning tabiatda tarqalgan eng muhim birikmalari Xossalari. Kimyoviy toza, suvsiz 100 %li nitrat kislota,- rangsiz suyuqlik, o`tkir hidli, zichligi 1,52 g/sm3, +82,60S da qaynaydi, 41,60Sda muzlaydi. Suv bilan har qanday nisbatlarda aralasha oladi. Suyultirilganda issiqlik chiqishi gidratlar hosil bo`lishidan dalolat beradi (HNO3·H2O, HNO3·2H2O). 68,4 %li nitrat kislotasi esa azeotrop aralashma bo`lib 121,90S da qaynaydi (65-rasm), bunda u suv bilan birga qo`shilib haydaladi. Nitrat islota issiqlik va yorug`lik ta`sirida parchalanadi. 4HNO3 = 2H2O + 4NO2+ O2 Ajralib chiqqan azot (IV) - oksidi kislotada erib, uni qo`ng`ir yoki qizil ( erigan NO2 ning miqdoriga qarab) rangga bo`yaydi. SHuningdek nitrat kislota kuchli oksidlovchidir. U oltin, platina, tantal, radiy, iridiydan boshqa barcha metallarni eritib tegishli nitratlar yoki oksidlarga aylantira oladi. Kontsentrlangan nitrat kislota ayrim metallarni passivlashtiradi. (U sovuq holda temirni passivlashtirishini Lomonov aniqlagan edi.) masalan, temir, xrom, alyuminiylar o`z yuzasini yupqa oksid parda hosil qilib, metalni nitrat kislotasining takror ta`siridan himoya qiladi. SHu xossasidan foydalanib, kontsentrlangan nitrat kislotasi po`lat va alyuminiy bochkalarda yoki rezervuarlarda tashiladi va shu xildagi idishlarda saqlanadi. Download 95.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling