Noorganik kimyo fanidan kurs ishi mavzu
Download 95.5 Kb.
|
Safarova Zarima
2NО(г)QО2(г)=2NО2(г)QQ (а)
Bu ekzotermik reaksiya hisobiga nitroza gazlari yanada isiydi. Shu munosabat bilan, nitroza gazlarini sovutish maqsadida, nitroza gazlari havoni isitish (6) va sovutgich (7)larga yuboriladi, va ularda 320Kgacha sovutiladi. Bu vaqtda nitroza gazlari tarkibidagi bug‘ning asosiy qismi kondensatsiyalanib, suyuqlikka o‘tadi. Bu vaqtda qisman konsentratsiya 40% bo‘lgan nitrat kislotasi ham xosil bo‘ladi: 3NО2(г)QН2О(с)=2НNО3(с)QNО(г)QQ (6.) So‘ng nitroza gazlari separator (8)ga yuboriladi. U yerda hosil bo‘lgan kondensat nitroza gazidan ajratiladi. Azot oksidlari deyarli to‘liq nitrat kislotasiga aylanishiga erishish uchun nitroza gazlari absorbsion minora (9)ning pastki qismiga yuboriladi. Bu minoraning tepa qismidan esa texnologik suv beriladi. Separator (8)dan chiqayotgan kondensat, ya’ni 40%lik nitrat kislota eritmasi absorbsion minora (9)ning o‘rtarog‘ida joylashgan, taxminan 47%li nitrat kislotasi hosil bo‘ladigan liqobga (tarelkaga) yuboriladi. (31.b.) reaksiya geterogen bo‘lgani azot oksidlari bilan suvni uchrashish yuzasini oshirishga erishish uchun absorbsion minora (9) ichida 50ta tursimon liqobga qo‘llanadi. To‘rning diametri 2mm, absorbsion minora diametri 3,2m, balandligi esa 44m ni tashkil etadi. Azot oksidlarining absorbsiyalanish darajasi 99-99,5%ni tashkil etadi. Natijada konsentratsiyasi 56-60% bo‘lgan nitrat kislotasi olinadi. Bu hosil bo‘lgan nitrat kislotasi puflash minorasi (10)ga yuboriladi. U yerda 0,73Mpagacha siqilgan 400K haroratdagi atmosfera havosi bilan puflanib, nitrat kislotasi tarkibidagi oshiqcha fizik absorbsiyalangan NO2gazlari kislota tarkibidan chiqazib tashlanadi. Tozalangan bu nitrat kislotasi omborxonaga, azot oksidlari esa absorbsion minoraning o‘rta qismiga yuboriladi. Absorbsion minoraning tag qismidan ham 400 haroratdagi siqilgan havo berib turiladi, nitroza gazlaridan foydalanish darajasini oshirishga erishish uchun. Reaksiyaga kirishaolmay qolgan nitroza gazlari absorbsion minora (9)dan aralashtirgich (5)ga yuboriladi. U yerda turbokompressor (2)dan kelayotgan sikilgan havoning uchdan bir qismi, so‘ng tabiiy gaz bilan aralashib, reaktor (4)ga yuboriladi. U yerda tabiiy gaz havodagi kislorod bilan ekzotermik reaksiyaga kirishadi: Download 95.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling