9
7 –rasm. Shisha idishlar
Shisha idishlar bilan bir qatorda laboratoriyada chinnidan yasalgan idishlar ham
ishlatiladi. (8 -rasm).
Xavonchalar
8-rasm а) agatli, б) zaharli va tez changlanuvchi moddalarni maydalash uchun.
9 –rasm. Chinni idishlar
10
О‘LCHOV IDISHLARI
Anorganik kimyoda laboratoriya ishlarida suyuqliklarning hajmini о‘lchash uchun odatda
turli о‘lchov idishlari, о‘lchov
kolbalari va silindirlari, pipetkalar,
menzurkalar va byuretkalar
ishlatiladi.
Kolbalar. О‘lchov kolbalari (10-rasm) aniq konsentratsiyali eritmalar tayyorlash uchun
ishlatilib, uzun va bо‘gzi tor qilib yasaladi. Kolbaning bо‘g’ziga suyuqlik qayerigacha solinishi
kerakligi kо‘rsatadigan belgi qо‘yiladi. Kolbaga qо‘yilgan raqamlar ma’lum
temperaturada
uning millilitri bilan ifodalangan hajmini kо‘rsatadi. О‘lchov kolbalarining bо‘gzining tor
bо‘lishiga sabab, suyuqlik hajmining ozgina о‘zgarishi ham suyuqlik hajmini kо‘rsatuvchi
belgining holatiga sezilarli ta’sir qiladi. О‘lchov kolbalari shlifsiz va shliflangan probkali
bо‘ladi. Odatda о‘lchov kolbalarning hajmi har xil bо‘lib, 25, 50, 100, 200, 250, 500, 1000 ml va
2 l gacha bо‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: