Noorganik kimyo kafedrasi noorganikkimyo
Download 2.3 Mb. Pdf ko'rish
|
Noorganik kimyodan Laboratoriya ishlari
Tortish qoidalari. Tarozini bir joydan ikkinchi joyga kо‘chirish ruxsat etilmaydi. Tarozi
yuqorida aytilganidek muvozanatga keltirilganidan so’ng tortishga kirishiladi: tortilishi kerak bо‘lgan narsa tarozining chap pallasiga qо‘yiladi, о‘ng pallasiga esa toshlar qо‘yiladi. Tortiladigan narsa temperaturasi, tarozi temperaturasi bilan bir xil bо‘lishi kerak. Toshlar solingan quticha tarozining о‘ng tomoniga qо‘yiladi. Toshlar faqat spirt yordamida, malum tartibda qо‘yiladi: avval toshlarning kattasi, so’ng kichikrog’i va shutartibda qо‘yib boriladi. Toshlar tarozi arretirlab qо‘yilgan holdagina qо‘yilishi va olinishi kerak. Aks holda prizmaning qirrasi tez yoyilib, tarozining aniqligi kamayadi, tarozi strelkasi kuzatiladi, agar strelkaning ogishi chap va о‘ng tomonga bir xil bо‘lsa yoki bir darajasiga farq qilsa, tortilayotgan narsa va toshlar muvozanatga kelgan hisoblanadi. Tortilayotgan modda tо‘gridan-tо‘gri taroziga qо‘yilmasdan og‘irligi ma’lum bо‘lgan soat oynasiga, byuks yoki stakanchalarga solib tortiladi. Suyuqliklarni tortishda uning tomchilari tarozi pallasiga tushmasligi kerak. Texno-kimyoviy tarozida tortishda 0,01 g tosh yengil, 0,02 g qо‘yilganda og’irlik qilsa tortish tugallangan hisoblanadi. Analitik tarozilarda 0,0002 g aniqlik bilan tortish mumkin. Gramning mingdan va yuzmingdan bir ulushlari maxsus og’irlik-yengil bukilsa sim - 0.01 1 og’irlik yordamida aniqlanadi. U maxsus sterjen yordamida tarozining yuqori shkalasida harakatga keltiradi. Agar reyxter shkalaning eng oxirgi darajasida, noldan о‘ngda tursa, bu tarozining о‘ng pallasiga 10 mg tosh qо‘yiladi degan ma’noni bildiradi. Tortish tugatilgandan keyin topilgan og’irlik jurnalga yoziladi va toshlarni tartib bо‘yicha joylashtirib qо‘yiladi va topilgan og’irlik yana tekshirib kо‘riladi. Hech qachon tarozida belgilangandan og’ir moddani tortish mumkin emas. Bir tajribani oxirigacha bajarishda bitta tarozi va bitta qutichadagi toshlardan foydalanish tavsiya etiladi. Tortish tugagandan sо‘ng tarozining arretirini burab, g’ilofning eshikchasini berkitish zarur. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling