Noorganik kimyo kafedrasi noorganikkimyo


Download 2.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/48
Sana23.09.2023
Hajmi2.3 Mb.
#1685867
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   48
Bog'liq
Noorganik kimyodan Laboratoriya ishlari

Savol va mashqlar 
1. 
0,001 m
3
gaz (n. sh. da) 0,0021 kg keladi. Gazning molekulyar massa-sini va 
havoga nisbatan zichligini hisoblang. Javobi: 47, 1, 62. 
2. 
2,24 l gazning massasi ( sh. da) 28 g keladi. Gazning molekulyar massasini
hisoblang. Javobi: 28. 
3. 
Gazning 27 * 10
21
ta molekulasi (n. sh. da) qanday hajmni egallaydi? Javobi: 1 l. 
4. 
Havoga nisbatan zichligi: a) 1,5; b) 2,7 ga teng bo‘lgan gazlarning molekulyar
massalarini hisoblang. 
5. 
0,5 l azot (n. sh. da) 0,6255 g keladi. Azotning vodorodga va havoga nisbatan 
zichligini hisoblang. 
6. 
1 kg havo 17°C temperatura va 101,33 kPa bosimda qanday hajmni egallaydi? 
Javobi: 820 l. 
7. 
200 ml atsetilen (n . sh. da) 0,232 g keladi. Atsetilenning molekulyar massasini 
toping. Javobi: 26. 
8. 
17°C da va 83,2 kPa bosimda 1 m
3
havoning massasi qancha bo‘ladi? Javobi: 1 kg. 
9. 
62°C da va 1,01 Pa bosimda modda bug‘ining massasi 87 -10~ m3 va, teng. 
Moddaning molekulyar massasini toping. Javobi: 76,1, 
 
Tarozi. Tarozi turlari va ularda tortish qoidalari. Tarozi va tortish qoidalari 
Tarozining tuzilishi. Kimyo laboratoriyasida ishlatiladigan eng muhim asboblaridan biri 
tarozidir. Shuning uchun har bir talaba tarozilar bilan ishlashni bilishi zarur. Laboratoriya 
amaliyotida turli aniqlikda pallali tarozilardan foydalaniladi. Pallali tarozilar 1-2 g- moddaning 
ortiq yoki kamligi ahamiyatga ega bо‘lmagan hollarda ishlatiladi. 0,01g aniqlik bilan tortish 
talab qilinganida, texnikaviy tarozilardan foydalaniladi. Moddalar 0,0001-0,0002 g aniqlikda 
analitik tarozilarda tortiladi (22- rasm h ). 
Texno-kimyoviy va analitik tarozilarning tuzilishi prinsiplari bir xil. Texno-kimyoviy 
tarozida (22-rasm a ) shayi deb ataladigan teng yoqali richag tayanch vazifasini о‘taydi, qolgan 
ikkitasi esa yuk kо‘tarish uchun xizmat qiladi, bu prizmalar yostiqchalarga о‘rnatilgan, 
yostiqchalarga esa halqa orqali tarozi pallalari osib qо‘yilgan. Tarozi pallasiga toshlar qо‘yishda 
yoki tarozi ishlamay turganda tebranishdan saqlash uchun о‘rtadagi prizmani yostiqchadan 
kо‘tarib qо‘yiladi. Buning uchun xizmat qiladigan moslama arretir deyiladi. 
Prizmaning yostiqchaga yotmaydigan holati tarozining arretirlangan holati deyiladi. Prizma 
va yostiqchalar qattiq pо‘latdan yasaladi. Analitik tarozilarda esa yostiqchalar agatdan 
tayyorlanadi. Shayining о‘rtasiga pastki tomoni uchli strelka о‘rnatilgan bо‘lib tarozi pallalari 
tebranib turganda bu strelkaning uchi pastki tomonga joylashtirilgan shkala bо‘ylab harakat 
qiladi. Shayi gorizontal holatda bо‘lsa strelka shkalaning nol belgisida turadi. Tarozida biron 
narsa tortishdan oldin uning tо‘g’ri ishlash va tо‘g’ri natija berishi tekshirib kо‘riladi. Buning 
uchun arretirn tushiriladi va strelkaning shkala bо‘ylab o’sishi kuzatiladi. Agar tarozi tо‘g’ri 
о‘rnatilgan va tо‘g’ri ishlayotgan bо‘lsa, strelka shkalaning о‘rtasidagi belgidan chap va о‘ng 
tomonga barobar og’adi, bu hol tarozi pallalarining muvozanatda ekanligini kо‘rsatadi. Agar 


23 
strelka biron tomonga kо‘proq og’sa, shayning uchiga о‘rnatilgan pasangilardan birini yoki 
о‘nga yoki chapga burab, tarozi muvozanatga keltiriladi. 
Analitik tarozilar oldingi devorni yuqoriga kо‘tariladigan va eshikchalari bо‘lgan oynalangan 
shkafchalarda bо‘ladi. Shkafcha aniq tortishda chang va havo qarshiligidan saqlaydi. Tortish 
paytida va tarozi ishlatilmaydigan paytda eshikchalar berkitilib qо‘yiladi. Har bir analitik tarozi 
uchun maxsus toshlar ishlatiladi. Bu toshlar maxsus qutichadagi alohida uyachalarga 
joylashtirilgan. Odatda toshlarning og’irligi quyidagacha bо‘ladi:
Gramlar - 50. 20. 10, 10, 5, 2,1. 
Milligramlar - 500, 200, 200, 100, 50, 20, 20, 10. 
Texno-kimyoviy tarozida tortish uchun yuqoridagidan osonroq toshlar ham ishlatiladi. 

Download 2.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling