Noorganik kimyo kafedrasi noorganikkimyo
Download 2.3 Mb. Pdf ko'rish
|
Noorganik kimyodan Laboratoriya ishlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gaz gorelkasi bilan ishlash
5-LABORATORIYA ISHI
Gazlar bilan ishlash. Gazlar bilan ishlashning umumiy uslublari. Laboratoriya qizdirish asboblari. Laboratoriyada turli qizdirish asboblari: spirt va gaz gorelkalari, elektroplitkalari, elektr qum va suv hammomlari, mufel pechlari, quritish shkaflari ishlatiladi. Gaz gorelkasi bilan ishlash: Laboratoriyada issiqlik manbai sifatida tabiiy gazdan foydalaniladi, Uning tarkibi asosan 93-98 % metan (CH 4 )dan. iborat. Laboratoriya praktikasida qizdirish uchun amalda Bunzen gorelkasi (muftali) va Teklyu gorelkasi (diskali) ishlatiladi (23-rasm). rasm - 23.Gorelkalar: а) Spirtli,b) Bunzen, v) Teklu gorelkalari 25 Bu gorelkalar metalldan tayyorlangan naycha va taglikdan iborat. Taglikda yonaki gaz kirish nayi bo‘lib, u rezina shlang vositasida metall naychaning pastki qismidagi doira shaklidagi teshik orqali havo beriladi (havoning berilishi mufta yordamida boshqariladi). Qizdirish asboblarining ancha qulay va takomillashgan chunki u havonigina emas, balki gazning ham kelishini aniqroq tartibga solib turishga imkon beradi. Teklyu gorelkasida nayning voronkasimon qismi bilan vintli disk orasida tirqish hosil bo‘ladi va bu tirqish orqali gorelkaga havo o‘tadi: diskni burab tirqishni kengaytirish yoki toraytirish va gorelkaga kiradigan havo miqdorini o‘zgartirish mumkin. Gorelkada havo yetishmay qolsa gaz chala yonadi va tutash alanga hosil bo‘ladi. Havo kirishini kuchaytirib yorug’lanmaydigan alanga olinadi. Gaz alangasining yorug’larini nima bilan tushuntiriladi? Alanganing qaysi qismi ko‘proq issiqlik beradi (darslikka qarang). Gorelkada havo yetishmay qolsa, gaz chala yonadi va dudli alanga gaz havoga chiqib, atrofni zaharlashi mumkin. Agar gorelkaga havo to‘la kirayotganda gaz yuborilsa va xuddi shu vaqtda chaqilgan gugurt yaqinlashtirilsa, u holda, ba’zan alanganing otilib alanga yorug’ bo‘ladi va tutaydi. Gorelka nayi juda qizib ketadi va yoritgich gazning chala yonishidan ko‘p miqdorda is gazi (CO) hosil bo‘ladi va qo‘lansa hid chiqadi. Alanganing "otilib chiqishi" xavfli oqibatga - gaz keluvchi rezina shlankaning yonishi, stolning buzilishi, qo‘lning kuyishi kabilarga olib kelishi mumkin. Alanganing "otilib chiqishi" yuz bersa darhol gaz kranni yopish, gorelka nayi soviguncha kutib turish, shundan keyin esa gazni yuqorida ko‘rsatilgandek yoqish kerak. Gaz gorelkalari buyumlarga yaqin bo‘lmasligi kerak. Kavsharlash gorelkasi yuqori temperaturali alanga olish uchun ishlatiladi Kavsharlash gorelkasi oddiy gaz gorelkasidan pastki qismida jumrakli ikkita nayi borligi bilan farq qiladi. Bu naylarning biridan (1) havo puflagich yordamida havo, ikkinchisidan (2) esa gaz yuboriladi. Gorelkani ishlatish uchun oddiy 2-naydagi gaz jumragi ochib yoqiladi va asta-sekin havo yuboriladi. Havo va gaz yuborishni tartibga solib, kerakli kattalikdagi alanga va temperatura olinadi. Gorelkaning har doim toza bo‘lishi va naylarga biror narsaning tushmaganligi kuzatib turiladi. Vaqti-vaqti bilan gorelka burab olinadi va tozalab turiladi. 100-300°C temperatura intervallarida qizdirish uchun turli xil hammomlardan foydalaniladi. Suv hammomi metalldan qilingan idishlar. Hammom bir-biri ustiga tushib turadigan har xil diametrli yassi xalqalar bilan berkitiladi (24 -rasm). 26 24-a ,b -rasm. Suv hammomlari. Hammomdan foydalanishda uning hajmining 2/3 qismigacha suv qo’yiladi va suv hammomiga moslashtirilgan uch oyoqqa yoki shtativ halqasiga qo‘yib, gaz gorelkasi alangasida qaynaguncha qizdiriladi. Bunda suvning qaynab, qurib ketmasligiga qarab turiladi. Laboratoriyada bundan tashqari elektr toki yordamida isitiladigan suv hammomidan ham foydalaniladi. Suv hammomi issiq, par yordamida qizdirishda qo‘llaniladi. Odatda bu maqsad uchun qora jestdan yasalgan voronkadan foydalaniladi. Voronkaning yuqori keng chetida bir qancha teshiklar mavjud (24-rasm,a). Uning ichida pastki teshikda ma’lum masofada asbestlangan to‘r o‘rnatilgan. Devorlariga asbest qatlamlar qo‘yilgan. Qizdiriladigan idish razmeriga mos qilib tanlangan voronka uch oyoqqa yoki shtativ halqasiga o‘rnatiladi. Qizdiriladigan idish voronkaning ichiga asbestlangan to‘rga tegmaydigan, ammo asbest qatlamlarga tegadigan qilib joylashtiriladi. Gorelka qo‘yilib asbestlangan to‘r qizdiriladi, idish esa issiq havodan qiziydi. Laboratoriyada elektr toki bilan qizdiriladigan havo hammomi ham ishlatiladi (24-rasm.b). 600- 1000 0 C temperatura olish uchun elektr pechlaridan foydalaniladi. Qum hammomi ham laboratoriyada sekin, bir tekisda qizdirish va yuqori temperatura (200- 300°C) olish uchun foydalaniladi. Qum hammomi ichiga toza va quruq qum to‘ldirilgan, metall kosacha yoki tovadan iborat. Qumni kosachaga (tovaga) solishdan oldin yaxshilab qizdirib, organik qo‘shimchalardan tozalaniladi. Qizdirish gaz gorelkasida olib boriladi. Mufel pechi (25-rasm,a.) o‘tga chidamli materialdan yasalgan bir tomonida eshikchasi bo‘lgan to‘rt burchakli yoki gorizontal qutidan iborat. Mufel pechi yuqori temperaturada moddalarni kuydirishda va tigellarda boradigan reaksiyalarni o‘tkazishda xizmat qiladi. Bu maqsadlar uchun tigel pechlari (25-rasm,b) ham ishlatiladi. Naysimon pech (25-rasm,v) yuqori temperaturada kvars, chinni yoki issiqqa chidamli naylarda olib boriladigan tajribalar o‘tkazishda qo‘llaniladi. 25- a,b,v - rasm. Elektr pechlari. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling