Noorganik kimyo kafedrasi noorganikkimyo
konsentrasiyasi qancha katta bo’lsa,uning zichligi ham shuncha katta bo’ladi
Download 2.3 Mb. Pdf ko'rish
|
Noorganik kimyodan Laboratoriya ishlari
konsentrasiyasi qancha katta bo’lsa,uning zichligi ham shuncha katta bo’ladi. Eritma
konsentrasiyasiga bog’liq bo’lgan zichligi ma’lumotlarda jadval shaklida beriladi: Jadval: Tuz eritmalarining zichligi 20 0 C (g/ml) C (%) konsentrasiya NaCl (NH 4 ) 2 SO 4 BaCl 2 NaNO 3 HCl H 2 SO 4 1 1,005 1,004 1,005 1,001 2 1,012 1,010 1,016 1,012 1,004 3 1,027 1,022 1,084 1,025 1,014 1,020 6 1,041 1,034 1,058 1,039 1,029 1,041 8 1,056 1,046 1,072 1,053 1,039 1,055 10 1,071 1,057 1,092 1,067 1,049 1,069 12 1,086 1,069 1,118 1,082 1,059 1,088 14 1,101 1,081 1,134 1,097 1,069 1,098 16 1,116 1,092 1,156 1,112 1,079 1,113 18 1,132 1,104 1,179 1,127 1,089 1,128 20 1,148 1,115 1,203 1,148 1,099 1,148 24 1,180 1,138 1,258 1,175 1,121 1,174 30 28 1,161 1,209 1,141 1,206 35 1,2 1,270 1,178 1,265 40 1,307 60 1,503 80 1,782 96 1,84 Eritma zichligini areometr bilan o’lchagandan keyin jadvaldan shu zichlikka to’g’ri kelgan % konsentrasiyasi topiladi.Agar jadvalda o’lchangan zichlikning qiymati bo’lmasa, konsentrasiyani shu zichlikka yaqinroq turgan 2ta sondan foydalanib, interpolyasiya yo’li bilan topiladi.Buning uchun jadvaldantopilgan zichlikning qiymatidan ko’ra kattaroq va kichikroq zichliklarni va shularga mos keladigan konsentrasiyalar qiymatlari topiladi va ularning farqlari hisoblanadi. Agar eritmaning zichligi ma’lum bo’lsa, miqdoriy konsentrasiyadan hajmiy konsentrasiyaga va hajmiy konsentrasiyadan miqdoriy konsentrasiyaga o’tishi mumkin. Har bir talaba yuqoridagi moddalardan foiz konsentrasiya,molyar va normal konsentrasiyali eritmalar tayyorlab,o’qituvchiga ko’rsatishadi(o’qituvchininh topshirig’iga ko’ra).Tayyorlagan va kuzatgan ishi bo’yicha xulosa yoziladi. Nazorat uchun savollar: 1.Eritma va uning konsentrasiyalari haqida ma’lumot bering. 2.Foiz va molyar konsentrasiyani zichlikka bo’g’liklik formulalarini yozing. 3.Eruvchanlik nima? 4.Massasi 5,6g bo’lgan KOH suvda eritildi va hajmi 100ml gacha yetkazildi.Hosil bo’lgan eritmaning molyar konsentrasiyasini aniqlang. 5.Kislotali sharoitda KI eritmasiga 80ml 0,15 n li KMnO 4 eritmasi qo’shilganda necha gramm yod ajraladi? ERITMALARNING OSMOTIK BOSIMINI ANIQLASH Qisqacha nazariy ma‘lumot. Biror moddaning bitta erituvchida ikki xil kontsentratsiyali eritmasidan olib, ularni o’zaro yarim o’tkazgich parda (to’siq) bilan ajratilsa, bunday parda erituvchi molekulalarni o’tkazib, erigan modda molekulalarini tutib qoladi. Ko’pgina hayvon va o’simlik to’qimalari ana shunday parda vazifasini o’tay oladi. Erituvchi molekulalari past kontsentratsiyali eritmadan (yoki toza erituvchidan) yuqori kontsentratsiyali eritmaga o’tganida eritmaning hajmi ortadi va kontsentratsiyasi pasayadi. Bu hodisa (erituvchining parda orqali eritmaga o’tishi) osmos Download 2.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling