38
Nazorat savollari:
1.Indikatorlar nima?
2.pH ko’rsatkich deganda nimani tushunasiz?
3.Suvning ion ko’paytmasi qanchaga teng?
8-LABORATORIYA ISHI
Tuzlar gidrolizi. Gidrolizga uchraydigan tuz eritmalaridagi muhit reaksiyalari.
Gidroliz darajasiga temperaturaning ta’siri.
1. Alyuminiy atsetatning gidrolizi.(Gidroliz natijasida asosli
va nordon tuzlarning hosil
bo‘lishi.)
Ishning maqsadi: Tuzlar gidrolizi haqida tushunchaga ega bo’lish,gidrolizning bosqichlarini
o’rganish.
Kerakli reaktiv va asboblar: AlCl
3
eritmasi, CH
3
COONa eritmasi, Na
2
SO
4
kristallari,KCl,Na
2
CO
3
,NH
4
CO
3
; Shtativ,mikroshpatel,suv hammomi,qizdirish
asbobi,pipetka,kimyoviy stakanlar,probirkalar va probirkalar shtativi,shisha tayoqcha,indikator
qog’ozi,lakmus.
Ishning mazmuni: Probirkaga 7-8 tomchi alyuminiy xlorid
eritmasidan va shuncha hajm
natriy atsetat eritmasidan quying. Probirkani shtativga o‘rnating va uni qaynaguncha qizdirilgan
suv hammomiga tushiring. Asosli Al(OH)2 CH3 COO tuzi cho‘kmasi tushishini qayd qiling.
Alyuminiy atsetat tuzining hosil bo‘lishining molekulyar reaksiyasini
va uning gidrolizining
ionli tenglamasini yozing. Hosil bo‘lgan asosli cho‘kma gidrolizning
qaysi bosqichining
mahsuloti bo‘la oladi? Qaysi tuzlarning gidrolizi natijagida asosli tuzlar hosil bo‘ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: