Noorganik kimyo kafedrasi noorganikkimyo
Download 2.3 Mb. Pdf ko'rish
|
Noorganik kimyodan Laboratoriya ishlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Turli tuzlar eritmalaridagi muhit reaksiyalari.
Ishning borishi; Natriy sulfat tuzining gidrolizi.
Probirkaning 1/3 hajmigacha suv quying. Ustiga 1-2 mikroshpatel natriy sulfat kristallaridan soling va shisha tayoqcha bilan aralashtiring. Olingan eritmadan ikki tomchisini indikator qog‘oziga tomchilating va pH qiymatini aniqlang. Topilgan pH eritmada qaysi ionlarning mavjudligidan dalolat beradi? Qaysi jarayon natijasida bu ionlar vujudga keladi? Sulfid angidrid gazi hidining yo‘qligiga asoslanib, sulfrt kislota hosil bo‘lganiga ishonch hosil qiling. Natriy sulfrt gidrolizi asosan qaysi bosqichda sodir bo‘ladi? Gidroliz mahsuloti qaysi tuz bo‘ladi? Natriy sulfat tuzining gidrolizi reaksiyasining molekulyar va ionli tenglamalarini yozing. Qanday tuzlar gidrolizi natijasida nordon tuzlar olinadi? 2.Turli tuzlar eritmalaridagi muhit reaksiyalari. 6 ta probirka olib, 1/3 hajmgacha lakmusning neytral eritmasidan quying. Bir probirkani kontrol sifatida qoldirib, qolganlariga bir mikroshpateldan quyidagi tuzlar kristallaridan soling: birinchisiga natriy atsetat, ikkinchisiga alyuminiy xlorid, uchinchisiga natriy karbonat, to‘rtinchisiga ammoniy karbonat, beshinchisiga kaliy xlorid. Eritmalarni shisha tayoqcha bilan aralashtiring (shisha tayoqchalarni bir eritmadan ikknichisiga tushirmang). Lakmus rangining 39 o‘zgarishiga qarab, har bir tuz eritmalaridagi muhit reaksiyalari to‘g‘risida xulosa chiqaring. Olingan natijalarni quyidagi jadvalga yozing: Tuz formulasi Lakmus rangining o‘zgarishi Reaksiya muhiti Eritma muhiti. pH >7 pH = 7 pH <7 Tekshirilgan tuzlarning qaysilari gidrolizga uchraydi? Eritmada sodir bo‘layotgan gidroliz jarayonini ifodalaydigan molekulyar va ionli tenglamalarni tuzing. Qaysi tuz eritmasida gidroliz oddiy yoki bosqichli boradi? Ko‘p bosqichda boradigan tuzlar gidrolizining faqat birinchi bosqichini yozing, chunki konsentirlangan eritmalarda keyingi bosqichlar juda sekin boradi. Tuzlar eritmalaridagi muhit reaksiyalari to‘g‘risidagi umumiy xulosalar qiling: a) kuchli asos va kuchgiz kislotadan hosil bo‘lgan tuzlar: b) kuchsiz asos va kuchli kislotadan hosil bo‘lgan tuzlar: c) kuchgiz asos va kuchsiz kislotadan hosil bo‘lgan tuzlar: d) kuchli asos va kuchli kislotadan hosil bo‘lgan tuzlar. 7> Download 2.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling