Noorganik kimyo


Geliy va sakkizinchi guruhning p-elementlari


Download 226.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana09.11.2023
Hajmi226.19 Kb.
#1759444
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
02.00.01-Ноорганик кимё

 
Geliy va sakkizinchi guruhning p-elementlari. Elementlarning umumiy 
tavsifi. Atomlarining tuzilishi, valentlik va oksidlanish darajasini namoyon qilish 
imkoniyatlari. Guruh bo’yicha atom radiusi va ionlanish potensialining o’zgarishi. 
Kimyoviy inertlik sabablari. 
 
Metallarning umumiy sharhi 
Metallarning umumiy tavsifi. Metall bog’ va uning o’ziga xosligi. Zonalar 
nazariyasi asosida metall bog’, o’tkazgichlar, yarim o’tkazgichlar va dielektriklar. 
Metallarning umumiy olinish usullari. Pirometallurgiya. Gidrometallurgiya. 
Elektrometallurgiya. Metallar korroziyasi. Kimyoviy va elektrokimyoviy 
korroziya. Oksidlanish-qaytarilish sistemalari. Elektrod potensiallar. Nernst 
tenglamasi.
 
s-elementlar 
Vodorod atomi tuzilishining o’ziga xosligi. Vodorodning birikmalari, 
fizikaviy va kimyoviy xossalari. 
Ishqoriy metallar. Birinchi guruh s-elementlarining umumiy tavsifi. 
Atomlarining tuzilishi. Birikmalarda kimyoviy bog’larning tabiati. Metallarning 
kimyoviy aktivligi. Litiy-seziy gidroksidlari qatorida asos kuchining o’zgarishi. 
Magniy. Davriy sistemadagi o’rni, tabiatda tarqalishi, izotoplari. Fizikaviy 
va kimyoviy xossalari. Oksid va gidroksidlari, xossalari.
Ishqoriy-yer metallari. Kalsiy, stronsiy, bariy atomlarining tuzilishi, izotop 
tarkibi, tabiatda tarqalishi. Fizikaviy va kimyoviy xossalari. Oksid va gidroksidlari, 
xossalari. Suvning qattiqligi. Vaqtinchalik va doimiy qattiqlik. 
 
Kompleks birikmalar 
Vernerning koordinasion nazariyasi. Koordinasion nazariyaning asosiy 
holatlari: markaziy atom va addendlar (ligandlar), tashqi va ichki sfera, 


koordinasion son. Kompleks yadrosi va uning asosiy va qo’shimcha valentliklari. 
Kompleks birikmalardagi izomeriya. Tuzilish izomeriyasi va stereoizomeriya.
Kompleks birikmalarda kimyoviy bog’ning tabiati, markaziy ionning 
ligandlar bilan elektrostatik va kovalent ta’sirlashishi. Kompleks birikmalarning 
tuzilishini valent bog’lanishlar nuqtai nazaridan tushuntirish. Kristall maydon 
nazariyasi. Oktaedr, tekis kvadrat va tetraedr tuzilishli komplekslar. Kompleks 
birikmalarning rangi. Past spinli va yuqori spinli komplekslar. Spektrokimyoviy 
qator. Kompleks birikmalarning magnit xossalari.

Download 226.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling