Noorganik va organik birikmmalarning suyuqlanmalaridan va qattiq fazada sintez qilish. Reja
Download 28.96 Kb.
|
Noorganik va organik birikmmalarning suyuqlanmalaridan va qattiq fazada sintez qilish
Anorganik kimyo (yun. an – inkor qoʻshimchasi va organik kimyo) – kimyoviy elementlar va ulardan hosil boʻlgan bi-rikmalar haqidagi fan (faqat uglerod birikmalarini organik kimyo, uglerod-536ning bir necha oddiy birikmalarinigi-na Anorganik kimyo oʻrganadi). Anorganik moddalar, xususan ogir metallar – oltin, kumush, mis, temir, qoʻrgʻoshin, simob va qalay, metallmaslardan uglerod va oltingugurt qadim zamonlardan ma’lum. Milodning boshlarida kimyo Misrda taraqqiy etib, xlorid, sulfat, nitrat kislotalar, er-kin holda margimush, surma, fosfor, shuningdek bir qancha ishqor va tuzlar hosil qilingan. Turkistonda ham kimyoning qadimdan mavjudligini arxeolo-gik qazishlar natijasida topilgan mod-diy-madaniy yodgorliklar tasdiklaydi. Turkistonda koʻpgina kimyogar olimlar yetishib chiqqan. Ulardan eng mashxurlari Abu Bakr ar-Roziy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf al-Kotib al-Xorazmiy, Abdulhakim ibn Abdulmalik al-Kosiy, Abu Ali ibn Sino va boshqa (qarang Alkimyo). Anorganik moddalar haqidagi ma’lumotlarni alohida oʻrganish gʻoyasini fransuz kimyogari N. Lemeri ilgari surgan. U 1675-yilda kimyo fani oʻrganadigan mod-dalarni kelib chiqishiga koʻra mineral moddalarga, oʻsimliklar va xayvonlardan hosil boʻladigan moddalarga boʻlgan edi. 19-asr oxirida fizika va boshqa fan so-xalaridagi katta kashfiyotlar (1869-yilda D. I. Mendeleyev davriy qonunni kashf etishi va hokazo) Anorganik kimyo taraqkiyotida muhim rol oʻynadi. Bu davrda davriy sistemada oʻrin qoldirilgan elementlarning barchasi topilib, davriy sistema toʻldirildi va transuran elementlar kashf etildi. Anorganik kimyoda kimyoviy tekshirishning ik-kinchi usuli: analiz va sintez keng qoʻllaniladi. 18-asr oxirida kimyoning vazifasi moddalar tarkibini aniqlash, ya’ni ularni analiz qilish deb hisoblan-gan boʻlsa, 19-asrning boshida kimyogarlar yangi moddalarni sintez qilishga ham tobora koʻproq ahamiyat berdilar. 20-asrda anorganik sintez taraqqiyotiga eksperi-mental texnikaning erishgan yutuklari juda katta yordam berdi. 20-asr boshigacha Ak.ning asosiy vazifasi koʻproq bi-rikmalar hosil qilish deb hisoblangan boʻlsa, hozir bu fan, asosan, birikmalarning hosil boʻlishi va parchalanishi sha-roitini, ularning fizik va kimyoviy xos-salari va tuzilishini urganadi. Bu hol Anorganik kimyo sohasidagi tadkiqotlarning ilmiy va amaliy ahamiyatini gʻoyatda oshirib yubordi. 20-asrning 30-yillarida adabiyotda bayon etilgan anorganik birikmalar soni 50-60 ming edi. Elementlarning kislo-rod bilan hosil qilgan birikmalari – gi-dridlar; galogen bilan hosil qilgan birik-malari – galogenidlar; oltingugurt bilan hosil qilgan birikmalari – sulfidlar; azot bilan hosil qilgan birikmalari – nitridlar; uglerod bilan hosil qilgan birikmalari – karbidlar, kislotalar, asoslar, tuzlar, kompleks birikmalar Anorganik kimyoda oʻrganiladi. Anorganik kimyoning hozirgi bosh va-zifasi yuqori harorat va bosim, mexanik va kimyoviy ta’sirlarga chidamli boʻlgan, boshqa koʻpgina talablarga javob bera-digan yangi sun’iy anorganik moddalar tayyorlash va boshqadir. Bu borada koʻpgina tadqiqot ishlari oʻtkazildi. Mas, texnikaning yangi materiallar sofligiga talabi juda yuqori (yarim oʻtkazgichlar va yadro energetikasi materiallarida qoʻshimchalar miqdori 10-6% dan oshmas-ligi kerak), shuningdek mustahkamlik, olovbardoshlik, agressiv muhitlarga chi-damlilik (yadro energetikasi, raketa texnikasi, kimyo va qurilish ma-teriallari sanoatida) kabi xossalarga talab oshdi va yaqin vaqtlargacha metallar tarkibida turli masofalarda tartibsiz joylashgan oksidlar boʻlishi nuqson deb hisoblan-gan boʻlsa, hozir angestremdan kichik iplardan toʻrlar yasab, hosil boʻlgan ka-takchalar ichiga metallni joylashtirib qizdirib yangi tipdagi metallar olish texnologiyasi keng joriy kilindi. Bu maqsadlar uchun faqat yuqori temperaturalarga chidamli oksidlar (karbidlar, boridlar va silitsidlar) ishlatiladi. Anorganik texnologiyaning qadimgi sohasi shisha ishlab chiqarishda ham katta yutuqlarga erishildi. Odatda shisha tarkibida kristallar paydo bul-sa, shisha mahsulotlari chiqitga chiqarib yuborilardi. Ke-yinchalik shishaning butunlay mayda tarkibli kristallar-537dan iborat yangi turlarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Yuqori ekspluatatsion xossalarga ega bulgan sun’iy olmosni ham sintez qilishga erishildi. Yuqoridagi tadqiqotlarda Anorganik kimyoning roli katta. U kimyo sanoatining ilmiy asosi sifa-tida ogʻir sanoatni rivojlantirishda va qishloq xoʻjaligini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Download 28.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling