Nooziq-ovqat sanoatida standart talablari


Download 394.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana18.06.2023
Hajmi394.63 Kb.
#1568867
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Nooziq-ovqat sanoatida standart talablari

Shirin ta'm- Ta'mni sezish xemoresepsiyaga misol bo'lishi mumkin. 
Xayvonlarda ta'm organlari og'iz qismida joylashgan, lekin ba'zi xayvonlar 
ta'mni oyog'i bilan sezishadi, baliqlarni butun tanasi xemoreseptorlar bilan 
qoplangan. Insonni og'iz qismida xemoreseptorlarni ko'p qismi harakatlanuvchi 
mushaklar to'qimasida joylashgan, u til deb ataladi. 


Insonning tili 10 sm bo'lsa, uni tarkibida 900 ta 
ta'm sezuvchi so'rg'ichlari bo'ladi, ularning har biri 50 
dan 100 tagacha maxsus epitelial to'qimalardan iborat.
Voyaga 
yetgan 
insonlarda 
ta'm 
sezish 
so'rg'ichlari tilning chetlarida joylashgan, uning 
miqdori yosh o'tishi bilan kamayib boradi, ayniqsa 45 
yoshdan keyin. Yosh bolani tili tam sezish so'rg'ichlari bilan to'liq qoplangan 
bo'ladi.
Tilni har xil qismlari to'rtta asosiy tamni ajratadi, bu shirin, nordan, achchiq, 
sho'r. Shirin tam tilni oldingi qismida seziladi.
Insonni shirin tamni yaxshi ko'rish va achchiq ta'mni yomon ko'rishi 
evalyusiya jarayonida paydo bo'lgan. Ta'mni sezuvchanlik bu xali ham katta 
jumboq bo'lib turibdi. Bitta modda har xil insonlar uchun tami bo'yicha har xil 
sezilishi mumkin. 
Osh tuzi eritmasini ham ozgina shirin tami bor. Benzoy kislotasining 
natriyli tuzi ayrim kishilarga shirin, boshqalarga nordon, uchinchilarga - achchiq, 
to'rtinchilarga - ta'msiz seziladi. 
Lekin ko'pincha shirin moddalar ko'pchilik uchun bir hil seziladi. Shu 
moddalarni tami uning molekulalaridagi atomlarning joylanishiga qarab 
belgilanadi. Shirin ta'm uchun javob beruvchi zarrachalar glyukofora deb ataladi, 
glyukoforaning strukturasi, reseptor oqsilining strukturasi bilan bir xil bo'lib, u 
tilning oldingi qismida joylashgan bo'ladi. Qachon shirin molekula oqsil bilan 
bog'lansa, miyaga signal jo'natiladi. 
Glyukoforaning bir necha modellari taklif etilgan. Shu modellarni yaratish 
vazifasi, ma'lum atomlarning spesifik joylashishini aniqlash, oxir oqibatda shirin 
ta'mni sezilishini bildiradi. Shunday qilib glyukofora, bu “molekulyar kalit” bo'lsa, 
oqsil reseptori molekulasi esa - “qulf” hisoblanadi.


Fruktoza- siklik holatda joylashgan bo'lsa, u shakardan shirin bo'ladi. 
Saxaroza- glyukozadan 1,5 martagacha shirin bo'ladi. Bu saxaroza molekulasida 
ikkita glyukofora joylashganligi bilan bog'liq. Biroq, tarkibida glyukofora mavjud 
bo'lsa ham kraxmal umuman shirin emas. 
Moddalarning shirin va boshqa ta'mlari to'g'risidagi savollar xali to'la yechilmagan. 

Download 394.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling