Nooziq-ovqat sanoatida standart talablari
Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish korxonalarida yangi texnologiyalarni
Download 394.63 Kb. Pdf ko'rish
|
Nooziq-ovqat sanoatida standart talablari
Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish korxonalarida yangi texnologiyalarni
qo‘llash va ularning ahamiyati Ma’lumki, sanoat tarmoqlari texnologiyasi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasiga ilmiy yangiliklarni joriy etish har bir biznesning iqtisodiy samaradorligining muhim shartidir. Innovatsiyalarni qo‘llash ko‘p holatlarda texnologik jarayonlarni intensifikatlashga samaradorligini oshirishga va tayyor mahsulotning sifatini yaxshilash, shuningdek xomashyodan ratsional foydalanishga yordam beradi. Elektrotexnika, kimyo, fizika va biologiya sohasidagi progressiv ishlanmalar go‘sht, sut, qandolat, meva-sabzavot, mahsulotlarini ishlab chiqarish va saqlashda keng qo‘llanilmoqda. Quyida ana shu ilg‘or texnologik usullar haqida ma’lumotlarni keltiramiz. Sun’iy dudlash usuli. Bu ishlanma tabiiy o‘tinning chala yonishidan hosil bo‘lgan tutun bilan dudlashga muqobil usulsifatida ishlab chiqilgan. Bu usulning asosiy afzalligi dudlash uchun sarf bo‘ladigan xarajatlarni va dudlash vaqtini tejalishidadir. Bunday dudlash uchun asosiy vosita koptil suyuqligi hisoblanadi. Koptil suyuqligi ziravorlar bilan birgalikda to‘g‘ridang‘to‘g‘ri go‘sht xomashyosiga qo‘shiladi. Bunda suyuqlikning go‘shti xom ashyoga singdirilishini tezlatish uchun elektr maydonidan foydalaniladi. Shunday qilib go‘sht mahsulotlarini klassik usulda dudlash uchun bir necha sutka zarur bo‘lsa, bu usulda dudlash uchun atigi 4-6 daqiqa yetarlidir. Mahsulotlarni radioaktiv nurlanish bilan ishlov berish. Bu usulni radurizatsiya usuli deb ham ataladi. Bu usuldan oziq-ovqat mahsulotlarida mavjud bo‘lgan patogen bakteriyalarning rivojlanishini susaytirish, mevalarning yetilishi jarayonlarini sekinlashtirish va ba’zi sabzavotlarning o‘sishini oldini olish uchun foydalaniladi. Shuningdek, bu usul mahsuldotlarni quritish va qoqlashda ham qo‘llaniladi. Radurizatsiya mahsulotlarga termik ishlov berishdagi singari mahsulotning tashqi ko‘rinishi va ta’m ko‘rsatkichlarini o‘zgartirmasdan ularning saqlanish muddatini oshiradi. Shu narsa juda muhimki, butun dunyo sog‘liqni saqlash tashkiloti va BMT tamonidan o‘tkazilgan ko‘pgina xalqaro tadqiqotlarda mahsulotning tashqi ko‘rinishi va ta’m ko‘rsatkichlarini o‘zgartirmasdan ularning saqlanish muddatini oshiradi. Shu narsa juda muhimki butun dunyo sog‘liqni saqlash tashkiloti va BMT tamonidan o‘tkazilgan ko‘pgina halqaro tadqiqotlarda bu usullarning inson organizmiga salbiy ta’siri yo‘qligi ko‘rsatib o‘tiladi. Ultrabinafsha nurlar bilan ishlov berish. Bu usul ko‘pincha sut mahsulotlari, suv va donador mahsulotlarda mavjud mikroorganizmlarni, xususan bakteriyalar, viruslar, drojlar, zambrug‘larning halokatiga yuz tutish uchun o‘tkaziladi. Ikkinchidan, bu usul bilan konvervalash atrof-muhitga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Eng asosiysi bu usul kimyoviy reagentlarni qo‘llashdagidan farq qilib, mahsulotlarda toksinlarni hosil qilmayda va ularning kimyoviy tarkibina ham deyarli o‘zgartirmaydi. Ultrabinafsha nurlarning samaraligi 265 nm (nano metr) to‘lqin uzunligida namoyon bo‘ladi. Ultrabinafsha nurlar xujayra membralari orqali o‘tib DNKni jarohatlaydi. Niderlandiya pishloq zavodida o‘tkazilgan oxirgi tadqiqotlar shundan dalolat beradiki, ultrabinafsha nurlar bilan ishlov berish termofil bakteriyalarning miqdorini 99,3% ga bakteriofaglarni esa 99,99 % ga kamaytirgan. Infraqizil (IK-nagrev) qizdirish. Bu usul oziq-ovqat mahsulotlarini pishirish, quritish, qovurish, dudlash va biokimyoviy jarayonlarni tezlashtirishda qo‘llaniladi. Bunday ishlov berishda mahsulotdagi vitaminlar boshqa biologik faol moddalar 80-90 foizga saqlanib qoladi. Shuningdek mahsulotlarning tabiiy rangi va ta’mi ham o‘zgarmasdan qoladi. Bu usul konservantlar va boshqa kimyoviy reagentlarda foydalanmaslik uchun imkoniyat yaratib beradi. Bu usul bilan quritilgan mahsulotlarni suvda ivitganda ular dastlabki organoleptik va fizik-kimyoviy xossalarini tiklaydi. Mahsulotlarni ultrayuqori (UVCH) juda yuqori chastotali (SVCH) toklar yordamida konservalash. Bunday ishlov berish o‘zgaruvchan tokning yuqori chastotali elektromagnit maydoniga joylashtirilgan mahsulotning zaryadlangan qismlarining tez harakati natijasida haroratning 100° S va undan yuqori haroratgacha ko‘tarilishiga asoslanadi.Bunday ishlov berishning issiklik yordamida strilizatsiya qilishdan frqi shundaki, bunda mahsulotning hamma qismlarida harorat birdaniga ko‘tariladi va va haroratning tezligi mahsulotning issiqlik o‘tkazuvchanligiga bog‘liq bo‘lmaydi. Ikkinchidan, mikroorganizmlarning halokati bu usulda tezroq ro‘y beradi. Shuningdek, so‘nggi yillarda oziq-ovqat mahsulotlariga boyituvchi xomashyolar qo‘shib organoliptik va fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarini yaxshilash borasida ham ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Dunyoning xar bir mamlakati o‘zining saloxiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqqan xolda o‘z xalqini turli tuman xildagi va assortimentdagi oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqaradi va taʼminlaydi.O‘zbekistonda xam qadim- qadimdan zamon va makon talablaridan kelib chiqqan xolda oziq-ovqat maxsulotlari ishlab chiqarilgan xamda xalqimizga uning isteʼmoli uchun tuxfa qilingan. Oziq-ovqat maxsulotlari xillari va asartimentlarini tayorlashda va isteʼmolga yo‘naltirishda asosiy xom-ashyo va resurslar bazasi qishloq xo‘jaligida yetishtiriladigan turli xil o‘simlik va xayvon xom-ashyolari va resurslari xisoblanadi. Keyingi yillarda jaxonda shu qatori O‘zbekistonda xam oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarish va uning sifati va xavfsizligiga katta axamiyat berilmoqda.Bu borada dunyodagi nufuzli ilmiy-tadqiqot institutlarini labaratoriyalarida xamma oliy taʼlim tasarrufidagi kafedralarni professor-o‘qituvchilari tomonidan xar-xil yo‘nalishdagi ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha nazariy va amaliy ishlar bajarilmoqda. Olingan ijobiy natijalar xalq xo‘jaligida ishlab chiqarishga yo‘naltirilmoqda. Oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan o‘simlik (qishloq xo‘jaligi yerlarida yetishtirilgan yoki tabiatda o‘sadigan o‘simliklar va xayvonot organizmlaridan tayyorlangan xom-ashyo va resurslari xamda kimyoviy sintez orqali olingan o‘simlik xayvonot xom-ashyolaridan va minerallardan olinadigan kimyoviy moddalarni analoglari ( o‘xshashliklari ) xisoblanadi. Bulardan tashqari oziq-ovqat maxsulotlarini tayyorlashda foydalaniladigan resurslarga suv xayvonlari , suv o‘tlari , mikroorganizmlar (achitqilar, mikroorganizmlar, fermentlar) foydalaniladi. Oziq-ovqat maxsulotlari klassifikatsiyasi bo‘yicha quyidagi guruxlarga bo‘linadi va xalq xo‘jaligida maxsus talablar asosida ishlab chiqariladi. 1. Don, un, non, makaron maxsulotlari; 2. Meva va sabzavot maxsulotlari; 3. Qandolat maxsulotlari; 4. Maza beruvchi maxsulotlar; 5. Go‘sht va go‘sht maxsulotlari; 6. Baliq va baliq maxsulotlari; 7. Sut va sut maxsulotlari; 8. Oziq-ovqat yog‘lari; 9. Tuxum va tuxum maxsulotlari; Bu maxsulotlarni tayyoorlashda qishloq xo‘jaliklarida yetishtirilgan xom- ashyo resurslariga, ularni tayyorlashga, saqlashga, jo‘natishga, qabul qilib olishga, kalibrlashga, joylashga, va boshqa talablarga qo‘yiladigan standart-normativ davlat tashkilotlari tomonidan reyestrga kiritilgan va tasdiqlangan xujjatlar bo‘yicha xom- ashyolarni sifati va xavfsizligini tasdiqlovchi muvofiqlik va sanitar-gigiyenik sertifikatlarni talablari bo‘yicha qabul qilinadi va ularni ishlab chiqarishga yo‘naltiriladi. Bu ishlarni bajarishda qishloq xo‘jalik universitetini va institutini tamomlagan shu soxaga ixtisoslashga oliy maʼlumotli agranom mutaxasislar maʼsul xisoblanadi. Keyingi etap oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarish. Oziq-ovqat maxsulotlarini klasifikatsiya bo‘yicha ular asosan 9 guruxga bo‘lingan. Xar bir guruxga oid oziq-ovqat maxsulotlarini tayyorlash uchun shu soxani bitirgan injener mutaxasislar masʼul bo‘ladi. Soxa mutaxasislari shu yo‘nalishda bo‘ladigan texnologik ishlarni bajaruvchi asbob , uskuna va mexanizmlarni ishlash usullarini, texnik talablarini, sozlash, ulardan unumli foydalanish va tayyorlanadigan maxsulotlarni davlat tomonidan tasdiqlangan normativ-mexanik talablarga mosligini taʼminlash bo‘yicha ishlab chiqarilgan tovarga masʼul xisoblanadilar. Ular ishlab chiqarilgan tovarlarni sifati va xavfsizliktalablari bo‘yicha, saqlash va tashish davridagi uni joylash, (upakovka) , saqlash (xroneniya) va isteʼmolchiga yetkazib berishdagi talablarga maʼsul bo‘ladilar. O‘zbekistonda bu soxa mutaxasislarni tayyorlovchi oliy dargox Toshkent kimyo- texnologiya instituti, Buxoro kimyo-texnika instituti va Forg‘ona politexnika instituti “Oziq-ovqat maxsulotlari texnologiyasi”fakultetlari va kafedrasi. Lekin bu oliygoxlarda yuqorida keltirilgan klassifikatiyadagi mutaxasisliklarni faqat baʼzilari tayyorlanadi.(menimchya don, meva, o‘simlik moylari va ichimliklar bo‘yicha mutaxasislar tayyorlanadi, qolgan mutaxasisliklarni men yaxshi bilmayman! Oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqaruvchi tashkilotlar ularni isteʼmolchilarga yo‘llashlari ishlab chiqarilgan maxsulotlarni assortiment guruxlari va navlari bo‘yicha davlat tomonidan reyestrga kirgazilgan va tasdiqlangan normativ-texnik standart talablarga mosligi bo‘yicha labaratoriyalarida fizik-kimyoviy va organolentik tekshiruvlarini o‘tkazib, ularni sertifikatlarini taqdim etish lozim. O‘zbekiston Respublikasi Qonun xujjatlarida xar bir isteʼmolchi xarid qilinayotgan tovarlarni sifati va xavfsizligi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni bilishlari lozimligi O‘zbekiston Respublikasini “Isteʼmolchilarni xuquqlarni ximoya qilish “ Qonunida takidlanganidek xar bir isteʼmolchi sifatli tovarlar va maxsulotlar bilan taʼminlanishi zarur. Xar qanday tovarlar guruxlari bo‘yicha standart talablari asosida markirovkalanadi (ishlab chiqarilgan vaqti va saqlash muddati ), shartli belgilar, shtrix kodlar, ishlab chiqarilgan tashkilotni rekvizitlari tashish usullari, shartalari va ishlab chiqarilgan tashkilot isteʼmolchilar oldidagi majburiyatlari (brak yoki sifatsiz maxsulotni xarid qilganlarga summasi qaytariladi yoki tovarni almashtiriladi va hokazolar). Oziq-ovqat tovarlari tovarshunosligi fanini nazariy va amaliy fan bo‘lgani uchun ijtimoiy, tabiiy, iqtisodiy, texnik fanlar bilan uzviy ravishda bog‘langan. Tovarlarni taxlil qilishda iqtisodiyot fani “tovar ishlab chiqarish”, “tovarni isteʼmol qiymati”, “tovarga bo‘lgan talab va taklif”, “savdoni xuquqiy va moliyaviy normalari xaqidagi normativ standart va qiymatni shakllanishi to‘g‘risidagi tushunchalarni ijtimoiy mag‘zini ochib beradi”. Oziq-ovqat tovarlarini isteʼmol qiymatiga baxo berishda matematika, kimyo, fizika, biologiya, meditsina, mikrobiologiya, texnik iqtisodiy axborotlar, kompyuter texnikasi va texnologiyasi, savdoda maxsulot sifatini kompleks boshqarish tizimini tashkil etish. Tovarlarni isteʼmol qiymatini o‘lchash mumkin, u baholanadi hamda davr va makon talablariga ko‘ra yangi texnika va texnologiyalarni bunyod etishiga ko‘ra doimo yangilanib, rivojlanib boradi hamda yuqori darajali isteʼmol qiymatga ega bo‘lgan xolda ishlab chiqariladi. Oziq-ovqat tovalari tovarshunosligi fani va uning nazariy va amaliy xususiyatlari tovarlarni isteʼmol xususiyatlarni o‘rganish, uni sifati va bahosini belgilovchi omillarni yaʼni xom-ashyo, standartlari va sertifikatlari, tayyorlash texnologiyasi, tovarlar klassifikatsiyasi, turi, navi, upakovkasi, tovar rekvezitlari, ishlab chiqarilgan va saqlash muddati, ishlab chiqarilgan tashkilotni adresi, telefoni ko‘rsatilishi lozim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling