Nooziq-ovqat sanoatida standart talablari


Oziq-ovqat sanoati texnologiyasi fanining predmeti, ahamiyati va bugungi


Download 394.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana18.06.2023
Hajmi394.63 Kb.
#1568867
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Nooziq-ovqat sanoatida standart talablari

  
Oziq-ovqat sanoati texnologiyasi fanining predmeti, ahamiyati va bugungi 
kundagi vazifalari 
  
Oziq-ovqat xom ashyolarini ishlab chiqarish, yetishtirish, ularni qayta ishlash, 
sifatini oshirish, tashish, aholiga yetkazib berish bugungi kun talabi darajasida 


amalga oshirishda nazariy va amaliy bilimlarni beradigan bir qancha fanlar 
qatorida “Oziq-ovqat sanoati texnologiyasi” fanining ham alohida o‘rni bor. 
Texnologiya atamasi fanga birinchi marta 1872 yilda kiritilgan bo‘lib, u grekcha 
“texnos”-san’at, hunar va “logos”-fan so‘zlaridan tashkil topgan. Demak uning 
lug‘aviy ma’nosi hunar o‘rgatuvchi fan degan ma’noni anglatadi.
“Oziq-ovqat sanoati texnologiyasi” fanining obyekti bo‘lib, o‘simlik 
xomashyolari va hayvonot xomashyolari hisoblanadi. Bu fanning predmeti esa 
o‘simlik xomashyolari va hayvonot xomashyolarini qayta ishlashda qo‘llaniladigan 
texnologik jarayonlar hisoblanadi. Ikkinchidan, bu fanning predmeti sifatida 
o‘simlik xomashyolari va hayvonot xomashyolari qayta ishlash natijasida 
olinadigan inson ehtiyojini qondirish uchun zarur bo‘ladigan tayyor 
mahsulotlarning iste’mol qiymati ham qaralishi mumkin.
Chunki xomashyolarga sanoatda ishlov berish natijasida ularning iste’mol 
qiymati shakllanadi.
Umuman olganda bu fan har xil xomashyolardan keng miqyosda halq iste’mol 
tovarlari ishlab chiqarish jarayonlarini o‘rgatadi.
Oziq-ovqat xomashyolariga qayta ishlov berishda boradigan jarayonlarni fizik-
mexanik va kimyoviy jarayonlarga bo‘lish mumkin. Shu sababli ham ishlab 
chiqarishning barcha turlari ikkita katta texnologiyaga, ya’ni mexanik 
texnologiyaga va kimyoviy texnologiyalarga bo‘lib o‘rgatiladi. Sanoat 
tarmoqlarida qo‘llaniladigan texnologiyaning asosiy vazifalari qo‘yidagilardan 
iborat:
a) texnologik jarayonlarning optimal variantlarini ishlab chiqish;
b) kam mablag‘lar sarflash hisobiga mahsulot miqdori va sifatini
oshiradigan asbob uskunalar, agregatlar yaratish;
v) mahsulotlar tayyorlash uchun zarur bo‘ladigan xomashyolarning sifatini
tekshirish va tanlash;
g) jarayonlarning texnologik sxemasini tuzish;
d) mazkur jarayonlarga mos keladigan texnik parametrlarni (harorat,
bosim, siklning uzluksizligi) tanlash va boshqalar.


Har qanday oziq-ovqat ishlab chiqarish korxonasining texnologik darajasi 
uning iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ta’sir ko‘rsatadi.
Shu sababli ham korxonaning iqtisodchilari hozirgi zamon texnologiyalari 
bo‘yicha yetarli darajada ma’lumotga ega bo‘lishi kerak.
Respublikamiz mustaqilikka erishgandan so‘ng oziq-ovqat sanoatida chuqur 
tashkiliy va iqtisodiy o‘zgarishlar amalaga oshirildi. Ko‘pgina korxonalar davlat 
tasarrufidan chiqarilib, ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi, tarmoq 
korxonalariga rahbarlik qilgan vazirliklar tugatilib “Oziq-ovqat sanoat” davlat 
aksiyadorlik 
konserni, 
“O‘zbekmevasabzavotxolding” 
kompaniyasi, 
“O‘zgo‘shtsanoat” davlat aksiyadorlik uyushmasi, “O‘zdonmahsulot”, “O‘zbaliq” 
davlat aksiyadorlik korporatsiyalari tashkil etildi.
Mamlakatda amalga oshirilgan tub islohatlar tufayli oziq-ovqat sanoatida ham 
qator ijobiy yutuqlarga erishildi. Masalan, 2019 yilning yanvar holatiga ko‘ra, 
Respublika buyicha yog‘-moy, meva sabzavot konservalari, go‘sht, sut, qandolat, 
makaron mahsulotlari, chanqoqbosdi ichimliklar va boshqa oziq-ovqatlar ishlab-
chiqaruvchi korxonalar soni 8927 taga yetdi. Mustaqillik yillarida bunday 
mahsulotlar ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlari har yili 8-10 foizga oshirilishi 
natijasida ichki bozor ehtiyojlari asosan o‘zimizda tayyorlangan mahsulotlar 
hisobiga qondirilmoqda.
Oziq-ovqat sanoati aholini oziqa mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirishga 
asoslangan korxonalarni o‘z ichiga oladi. Bu tarmoq boshqa tarmoqlarga 
qaraganda qishloq xo‘jaligi tarmog‘i bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, u qishloq 
xo‘jaligi tarmog‘idan don, sut, kartoshka, qand lavlagi va boshqa mahsulotlarni 
oladi. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘i agrosanoat kompleksining tarkibiga kiradi. 
Shuningdek, bu tarmoq mashinasozliq, energetika va boshqa sanoat tarmoqlari 
bilan o‘z aloqalarini o‘rnatgandir.

Download 394.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling